4
KIRISH
Ma’lumki, hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining barcha
sohalarida
ko‘plab
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
qo‘llanilmoqda. Ularni yaratish, faoliyat olib borish va keng
tarqalishidan
asosiy
maqsad
jamiyatning
axborotlashtirish
muammolarining еchimi hisoblanadi. Respublikamizning ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalari
muhim o‘rin egallashini nazarga tutgan holda hukumatimiz tomonidan
bir qator qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi
qarorlari hamda vazirlik va idoralar tomonidan sohaning
tashkiliyhuquqiy bazasini tashkil etuvchi me’yoriy hujjatlar ishlab
chiqilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi turli
tashkilot va korxonalarda axborot tizimlaridan foydalanish bilan uzviy
bog‘liq. Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalarini boshqaruv-
chilar, mutaxassislar, texnik xodimlar uchun axborotni qayta ishlash,
qarorlar qabul qilish hamda axborotlarni to‘liq va aniq ma’lumotlar
bilan ta’minlashga yordam beruvchi zamonaviy axborot tizimlarini
yaratish imkonini beradi.
Inson, jamoa va tashkilotning samarali faoliyati ko‘p jihatdan
axborotga egalik darajasi va undan samarali foydalanish imkoniyatiga
bog‘liq. Boshqacha aytganda, biror to‘g‘ri qarorni qabul qilishdan
avval axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish kerak. Istalgan
sohada to‘g‘ri qaror qabul qilishda katta hajmdagi axborotlarni qayta
ishlash zarurati mavjud, buni osonlashtirish uchun esa maxsus texnik
va dasturiy vositalarni jalb etish mumkin. Buning natijasida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tayangan yangi axborot
tizimlarini yaratishga talab ortib bormoqda. Tashkilot, korxona yoki
muassasalarning tashkiliy-huquqiy bazasidan qat’i nazar aynan
dolzarb va aniq axborotga egalik bilan bir qatorda, ularga mos
ravishda ushbu axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning
samarali usul va uslublaridan foydalanish muvafaqqiyatning asosiy
garovi hisoblanadi.
Qo‘llanmada axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy
elementlari va ularning faoliyatining nazariy jihatlari, ularning
axborot, texnik, dasturiy ta’minoti, tashkiliy ta’minoti, shuningdek,
axborot tizimlari va texnologiyalari iqtisodiyoti masalalari ochib
5
berilgan. Shuningdek, axborot xavfsizligi tushunchasi, tahdid turlari,
himoya qilish usullari va vositalari tavsiflangan.
Korxona va tashkilotlarning ma’lumot-huquqiy, boshqaruv,
moliyaviy
boshqaruv,
avtomatlashtirilgan
hujjat
aylanishi,
buxgalteriya hisobi, bank ishi kabi axborot tizimlarida zamonaviy
amaliy axborot texnologiyalarining tuzilishi, funksionalligi, foyda-
lanish imkoniyatlari ochib berilgan. Axborot texnologiyalari va
tizimlarini loyihalash, ularni axborot bilan ta’minlash, amaliy dasturiy
ta’minotni tanlashning asosiy masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘quv qo‘llanmadan talabalar axborot va boshqarish tizimlari
bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘rganish jarayonida foydalanish
mumkin. Taklif etilayotgan material korxonalarda axborot tizimlarini
joriy qilish bilan shug‘ullanadigan keng doiradagi mutaxassislar
uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.
|