Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/155
Sana14.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#232505
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
4.4. Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari
Boshqaruv tizimi modeli.
Boshqaruv tizimi o’zining tarkibiy nuqtai nazaridan 
ko’p sonli funktsional momentlardan (boshqaruv vazifalaridan) iborat bo’lib, 
boshqarishning to’liq davrini namoyon qiladi. Bular: boshqaruvni bashoratlash, 
rejalashtirish, dasturlash, tashkillashtirish, me’yorlash, qayd etish, nazorat, tahlil etish 
va tartibga solish (4.5-rasm). 
Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.
YUqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir istiqbolga 
mo’ljallangan asosiy yo’lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi. 
O’rta darajada berilgan strategik yo’nalishni amalga oshiruvchi tarkibi 
shakllanadi yoki ko’rinishini o’zgartiradi (tashkil etish konturi). Quyi darajada 
yuzaga kelgan og’ishlarni bartaraf etgan holda, tizimning tegishli rejimda bo’la 
olishini ta’minlaydi. 
Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv ob’ektining o’zaro aloqasi 
aniq nomoyon bo’ladi. Ular uch xil ko’rinishdagi buyruq oladi, ya’ni: hech bir 
ko’rsatmasiz bajariladigan dastur; ma’lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo’lgan 
hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof–muhitning taxminiy ta’siri va tizim 
faoliyatining me’yoriy rejimdan chalg’ish bilan bog’’liq bo’lgan boshqaruv 
buyruqlari. 
I(v) – tashqi muxitning statsionar shart–sharoitlari xaqidagi axborot; 
I(b) – tashqi ta’sirlar haqidagi axborotlar; 
I(R) – boshqariladigan ob’ekt harakatlari to’g’risidagi axborot;
I(i) – boshqariladigan ob’ekt holati to’g’risidagi axborot;


67 
I(a) – tahliliy axborot;
I(y) – hisobot axboroti;
I(q) – bashoratlash axboroti;
I(k) – nazorat axboroti; 
I(n) – me’yoriy axborot ; 
W(n) – reja axboroti;
W(m) – dasturiy axborot; 
W(p) – tartibga soluvchi axborot;
W(o) – tashkiliy axborot. 
Quyida to’liq boshqaruv davri faoliyatining amaliy mohiyatini ko’rib 
chiqamiz.
1. Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
holatini, 
boshqariladigan 
ob’ektning 
o’zini 
tutishini 
aniqlash 
maqsadida 
ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat.
2. Rejalashtirish – bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab 
chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag’larni 
taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat. Rejalashtirish maqsad va 
mezonlarni tanlashni o’z ichiga oladi. SHu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv 
samaradorligi baholanadi. 
3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algo-ritmini 
ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma–ketligi hamda o’zaro 
aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat. 
4. Tashkil etish – mustahkam (bardoshli) ob’ektlar yoki jarayonlar 
tuzilmasini o’zgartirishi yoki ko’rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida bosh-
qariladigan ob’ektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalanila-digan u yoki bu 
qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o’zgartirish demakdir. 
5. Me’yorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik 
ma’lumotlarni doimiy ravishda yig’ish va ular asosida tizimning bir me’yorda 
faoliyat ko’rsatishini ta’minlab turish.
6. Hisobga olish boshqariladigan ob’ekt va tashqi muhit parametrlari 
majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta 
ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy 
operatsiyalarni o’z ichiga oladi. 
7. Nazorat qilish – boshqariladigan ob’ektlarning me’yorida ishlashidan 
chalg’ishi to’g’risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
8. Operativ boshqarish – tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy 
rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa 
asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o’lchovlari o’zgarishiga ko’ra 
boshqariluvchi ob’ektga ta’sir ko’rsatishidir. 
9. Tahlil – tizimning joriy holatini o’rganishda ish samaradorligini oshirish 
uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.


68 
4.5-rasm. Boshqaruv tizimining modeli 
SHunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot jarayonini 
ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni 
qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta’sir ko’rinishida 
boshqaruv ob’ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.
Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil 
etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi ishlashi 
uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat: 
1.
Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi. 
2.
Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi. 


69 
3.
Boshqarish tizimi mustaqil harakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega 
bo’lishi. 
4.
Boshqaruvchi 
ob’ektning 
boshqariluvchi 
ob’ekt 
xaqida 
mufassal 
ma’lumotlarga ega bo’lishi. 

Download 2,86 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari

Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish