Inson kabi kompyuter ham óziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat
kompyuter tushunadigan til bólib, u cheklangan lug'at va qat'iy yozish
qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan
"til" DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs
óz dasturini bemalol tuza oladi.
Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni tóg'ridan - tóg'ri
tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan
(raqamli ótkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi.
Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator .
KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha
óqib , mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan
yaxlit bitta faylga yig'adi.
INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich
mashina kodiga aylantirib , tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma-
ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi.
Dasturlash tillari juda kól bólib, ularning har biridan óziga xos masalalarni yechishda foydalanish
mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida ma'lumotlar bilan tanishamiz.
C
kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun móljallangan til.
JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun móljallangan til.
SCRATCH
dasturlarni órganish uchun eng Mo's vizuallashgan dasturlash tili.
JAVA
kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun móljallangan dastur yozuvchi til.
PHP
dinamik web-saytlar yaratish uchun móljallangan til.
PYTHON
turli masalalarni yechish , sun'iy intellekt tizimlari uchun móljallangan dasturlash
tili.
Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal , Java, Python va
boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.
IDE ( Integrated Development Environment- integrallashgan
dasturlash muhiti)- dasturiy ta'minot yaratish uchun dasturiy vositalar
majmui.
Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan
foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib,
dasturlash tillarida dastur yozish jarayonning bir qismi sanaladi.
Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani
yechish jarayoniga óxshash bólib, bir necha bosqichni óz ichiga
oladidastur
yozish
jarayonning
bir
qismi
sanaladi.
Kompyuter
dasturlarini yaratis jarayoni ham kompyuterda masalani yechish
jarayoniga óxshash bólib, bir necha bosqichni óz ichiga oladi.
Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qóllanilishi,
kirish va chiqish ma'lumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish , uni joriy etishning narxi
baholanadi.
Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar
shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi
Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni bólib, tuzilgan algoritm
dasturlash tilida yoziladi.
To'rtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu
jarayonda dasturning tóg'ri tuzilganligi , ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi.
Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq
yaratilgan bólsa, u holda bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma
va ma'lumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi.
Oltinchi sónggi bosqichda qóllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar
beriladi. Shuningdek , foydalanuvchi xohishini inobatga olgan holda, ish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va
takliflar asosida dasturga
|