• I. Tashkiliy qism
  • Yechilishi
  • Darsning ta’limiy vazifasi
  • Dars uslubi
  • Dars bosqichlari Vaqti
  • III. Yangi mavzuni o`rganish
  • Axborot texnologiyalari haqida
  • Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, toplash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
  • Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi




    Download 1.03 Mb.
    bet53/85
    Sana01.07.2021
    Hajmi1.03 Mb.
    #15315
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
    Dars bosqichlari

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    2 minut

    2

    O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash

    15 minut

    3

    Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish

    25 minut

    5

    Uyga vazifa va topshiriqlar

    3 minut


    I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.

    2.Yo'qlama qilish.

    3.Uyga vazifani so'rash.

    II. Takrorlash:

    III. Yangi mavzu bayoni:

    1. ASCII kodlash jadvali foydalanib, “MUSTAHKAM OILA YILI” jumlasini o`n oltilikda kodlang.



    M

    U

    S

    T

    A

    H

    K

    A

    M

    4D

    55

    53

    54

    41

    48

    4B

    41

    4D




    O

    I

    L

    A




    Y

    I

    L

    I

    4F

    49

    4C

    41




    59

    49

    4C

    49

    2. a) O`nlik sanoq sistemasidagi 5310 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazing.

    Javob: 5310 = 1101012

    b) Ikkilik sanoq sistemasidagi 10111012 sonini o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazing.

    Javob: 10111012 = 9310

    3. Triada kodlash usulidan foydalanib, o`tkazishni bajaring:

    a) 1111001012 = ?8 111`100`1012 = 7458

    b) 65478=?2 65478 = 110`101`100`1112

    4. Tetrada kodlash usulidan foydalanib o`tkazishni bajaring:

    a) 10110110112 = ?16 10`1101`10112 = 2DB

    b) 1DAE16 = ?2 1DAE16 = 1`1101`1010`11102

    5. Bir kitobda 640 ta sahifa bo`lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat bo`lsa, kitobdagi axborotni 24 Kbt/sek tezlik bilan uzatilganda necha daqiqa vaqt sarflanadi?



    Yechilishi:

    Kitobdagi axborot hajmi: 640*32*72= 1 474 560 bayt = 1440 Kbt.

    Sarflanadigan vaqt: 1440 kbt:24Kbt/sek=60 sek=1daqiqa
    III. Uyga vazifa

    Takrorlash.



    Tekshirdim:

    O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


    22-Mavzu: Axborot texnologiyalari
    Darsning maqsadi Ahborot texnologiyalari haqida o`quvchilara tushuncha berish va unda amallar bajarishni takrorlash

    Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Ahborot texnologiyalari haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish.

    Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.

    Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya:

    1. TK1-kommunikativ kompetensiya

    2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi

    3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

    Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter,

    Darsning borishi:





    Dars bosqichlari

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    2 minut

    2

    O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash

    15 minut

    3

    Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish

    25 minut

    5

    Uyga vazifa va topshiriqlar

    3 minut


    I. Tashkiliy qism:

    1.Salomlashish.

    2.Yo'qlama qilish.

    3.Uyga vazifani so'rash.



    II. Takrorlash:

    Triada kodlash usulidan foydalanib, o`tkazishni bajaring:

    a) 1111001012 = ?8 111`100`1012 = 7458

    b) 65478=?2 65478 = 110`101`100`1112

    Tetrada kodlash usulidan foydalanib o`tkazishni bajaring:

    a) 10110110112 = ?16 10`1101`10112 = 2DB

    b) 1DAE16 = ?2 1DAE16 = 1`1101`1010`11102
    III. Yangi mavzuni o`rganish:

    "Texnologiya" so'zi yunoncha (grekcha) "techne" — san'at, mohirlik, hunar va "logos" — fan so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarni ketma-ket bajarilishini ko'zda tutadi.



    Axborot texnologiyalari haqida

    Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror vosita yordamisiz toliq qayta islilash amalda mumkin emas.

    Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.

    Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.



    Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.

    Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi.

    Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog'oz, bo`r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqda, boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan.

    Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.

    Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.



    Download 1.03 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




    Download 1.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi

    Download 1.03 Mb.