Axborot xati




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana26.03.2022
Hajmi0.6 Mb.
#18948
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot xati konf. ADU
Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5


 
 
Andijon davlat universiteti
Ekologiya va botanika kafedrasi 
AXBOROT XATI 
Hurmatli hamkasblar! 
Sizlarni 2022 yil 30-31 may kunlari Andijon davlat universitetida о‘tkaziladigan 
Farg‘ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning hozirgi zamon 
muammolari va yechimlari” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokidagi respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasiga taklif etamiz. 
Konferensiyani о‘tkazishdan maqsad – Farg‘ona vodiysida biologik xilma-xillikni 
saqlab qolishning dolzarb muammolari, о‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish, ulardan barqaror foydalanish hamda monitoring qilish asoslarini muhokama 
etish. 
Konferensiyaning rasmiy tillari: о‘zbekrus va ingliz tili. 
Konferensiya materiallari tо‘plam kо‘rinishida nashr etiladi. Topshirilgan 
qo‘lyozmalar retsenziyadan о‘tkaziladi. 
Anjuman yо‘nalishlari: 
1-sho‘ba: O‘simliklar dunyosini saqlash va undan samarali foydalanish; 
2-sho‘ba: 
Hayvonot dunyosini asrash va undan samarali foydalanish; 
3-sho‘ba: Biologik xilma-xillikni saqlagan holda genetik resurslarni asrash 
muammolari va yechimlari; 
4-sho‘ba: Biologik xilma-xillikni saqlashning mintaqaviy ekologik muammolari va 
ularning yechimlari; 
5-sho‘ba: Ekologik ta’lim – tarbiya muammolari va yechimlari. 
 
KONFERENSIYA TALABLARI VA MUDDATI 
Konferensiyada ishtirok etish uchun tashkiliy qо‘mitaning elektron pochta 
(conference.asu@mail.ru) manziliga joriy yilning 30 aprel kuniga qadar 1-ilovada 
keltirilgan shaklni tо‘ldirib, chop etish uchun qo’lyozmani 2-ilovaga muvofiq 
rasmiylashtirilgan (maqola 2-4 bet) holda yuborishingiz mumkin. 
Konferensiyada taqdim etilgan materiallar uchun mualliflar javobgar hisoblanadi. 
Tashkiliy qо‘mita maqolalarni tahrir qilish huquqiga ega. Tahririyat konferensiyaning 
ilmiy darajasiga mos bо‘lmagan, talablarga javob bermaydigan va belgilangan 
muddatdan kechikib yuborilgan qо‘lyozmalarni rad etishi mumkin.

Download 0.6 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish