VPN tarmoqni qurishning dasturiy vositalari




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/191
Sana18.11.2023
Hajmi2,72 Mb.
#101187
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   191
Bog'liq
axborot xavfsizligi222

VPN tarmoqni qurishning dasturiy vositalari. Ushbu dasturiy komplekslar 
virtual xususiy tarmoqlarni qurishga, ularni kuzatishga, shifrlangan kanal bo‘yicha 
ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun tunnellarni yaratishga hamda talablar va 


248 
shartlarga muvofiq virtual tarmoqni o‘zgartirish imkoniyatiga xizmat qiladi. 
Quyida virtual xususiy tarmoqni qurish uchun dasturiy mahsulotlar keltirilgan. 
Shifrlashning apparat-dasturiy kompleksi “Kontinent”-3.5 – TCP/IP 
protokollarini ishlatuvchi umumfoydalanuvchi global tarmoqlar asosida virtual 
xususiy tarmoqlarni qurish vositasi hisoblanadi. Kompleks VPNning tarkibiy 
qismlari orasida ochiq aloqa kanali bo‘yicha uzatiluvchi axborotni kriptografik 
himoyalashni ta’minlaydi. Kompleks uzatiladigan va qabul qilinadigan paketlarni 
turli mezonlar (adreslash, o‘lchash, kengaytirish va h.) bo‘yicha filtrlashni amalga 
oshiradi. Bu esa tarmoqni ishonchli himoyalashni ta’minlaydi.
VipNeTCustom – dasturiy va dasturiy - apparat mahsulotlar qatori 
hisoblanib, yirik tarmoqlarda axborotni himoyalashni tashkil etish imkoniyatiga 
ega va axborotni himoyalashning quyidagi ikkita masalasiga mo‘ljallangan: 

boshqarish markazlariga ega virtual xususiy tarmoqni tashkil etish 
yo‘li bilan aloqaning umumfoydalanuvchi va ajratilgan kanallari bo‘yicha 
foydalanish cheklangan axborotni uzatuvchi himoyalangan muhitni yaratish; 

elektron raqamli imzo mexanizmlaridan foydalanish maqsadida ochiq 
kalitlar infrastrukturasini tashkil etish. 
Himoyalanganlikni 
taxlillovchi 
dasturlar. 
Himoya 
samaradorligini 
nazoratlash axborotdan ruxsatsiz foydalanish hamda axborotni yoki axborotni 
ishlash va uzatish vositalarining normal ishlashining buzilishi evaziga axborotning 
texnik kanallar bo‘yicha sirqib chiqishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish 
maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu vazifani “xavfsizlik skanerlari” deb ataluvchi 
“himoyalanganlikni taxlillash vositalari” bajaradi. Quyida himoyalanganlikni 
taxlillash vositalarining dasturiy maxsulotlari keltirilgan. 
XSpider 7.8 – zaifliklarni tatbiqiy hamda tizimli sathlarda tezdan samarali 
qidirishni amalga oshiruvchi tarmoq xavfsizligi skaneri. Ushbu skaner har qanday 
ko‘lamli tarmoqlarda xavfsizlik maqomini nazoratlashning samarali tizimini barpo 
etadi. 
Tarmoq revizori – ruxsatsiz foydalanishga urinishlarni bartaraf etishga 
mo‘ljallangan tarmoq skaneri. Tarmoq revizori TCP/IP steki protokollaridan 


249 
foydalanuvchi o‘rnatilgan tarmoq dasturiy va apparat ta’minoti zaifliklarini 
aniqlash uchun ishlatiladi. 
Skaner BC - himoyalanganlikni kompleks taxlillash tizimi. Ushbu skaner 
operasion tizimli va oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotli yuklovchi DVD yoki 
USB –to‘plagich. O‘rnatilgan dasturiy ta’minot axborot tizimi himoyalanganligini 
kompleks taxlillashni va testlashni amalga oshiradi. 

Download 2,72 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   191




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VPN tarmoqni qurishning dasturiy vositalari

Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish