• Hujum tushunchasi.
  • Viruslarga qarshi kurashish usullari




    Download 79.47 Kb.
    bet3/7
    Sana29.11.2022
    Hajmi79.47 Kb.
    #32196
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligini ta
    Fraktal grafika uchun rasmni tahrirlash sifati, ISO muvofiqligi, Aprel variant 1, 3-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va u (1)
    Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi. Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud:

    • Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish.

    • Taniqli virusni zararsizlantirish.

    • Taniqli bo‘lmagan virusni zarasizlantirish.

    Hujum tushunchasi. Xujum tushunchasi – buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati. Axborot xujumlari va undan saklanish qoidalari. Axborot hujumlari odatda 3 ga bo‘linadi:

    • Ob’ekt haqida ma’lumotlar yig‘ish (razvedkalash) hujumi.

    • Ob’ektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.

    • Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish xujumi.

    Axborot xujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda qo‘llaniladigan mexanizm va vositalarni qo‘llash kerak. Bularga tarmoqlararo ekran (FIREWALL) va xujumlarni aniqlash (IDS) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
    Axborotni himoya qilish deganda:
    Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
    Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
    Axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik;
    Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o’rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.

    Download 79.47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 79.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Viruslarga qarshi kurashish usullari

    Download 79.47 Kb.