Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari




Download 39.19 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi39.19 Kb.
#41827
  1   2   3   4
Bog'liq
Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari
Mustaqil ishlar mavzulari(2), 0, kredit foiz stavkasi, Шодмонкулова Нигора, sinf burchagi11, ona tili majburiy, test tikuvchi, 3-modul-27-dars-ayollar-koylagini-tikish-, 400910860082287092902079001 18.06.2022 18:11:38, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 3, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 2, Yakuniy davlat imtihoni bayonomasi, yakuniy, qurilish-korxonalarida-sifat-menejmenti-tizimini-joriy-qilish-davr-talabi

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING G’OYAVIY-NAZARIY ASOSLARI

Inson va jamiyat hayoti faqat tabiat qo’ynida emas, ayni paytda odamlarning o’zlari yaratgan sun’iy muhitda ham kechadi. Bu muhit esa texnika va texnologiyalardan tashkil topgan texnosfera va axborot muhitini o’z ichiga oladi. O’z navbatida, texnosfera ham, axborot muhiti ham bir qator qonuniyatlar asosida rivojlanib boradi.


Kishilik jamiyatining paydo bo’lishi ayni paytda axborot muhitining vujudga kelganligini ham anglatar edi. Jamiyat taraqqiyoti va axborot muhitining rivoji bir- biriga bog’lik ravishda davom etdi. XX asr boshlarida, ayniqsa, uning so’nggi choragida axborot muhitining ravnaqi shiddatli tus oldi. Bunday jadal sur’at axborot texnologiyalarida yuz bergan inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ldi. Kompyuter texnologiyalarining vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyatda aylanib yurgan axborot hajmining keskin o’sishiga olib keldi. Taassuf bilan ta’kidlash joizki, axborot hajmining o’sishi uning tarkibidagi ijobiy, taraqqiyotga xizmat qiladigan axborotlar bilan bir katorda rivojlanishga g’ov bo’ladigan, odamlarning ongi va dunyoqarashiga buzg’unchi ta’sir o’tkazadigan axborotlar hajmi kengayishiga ham olib keldi.
Jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlaridayok vayronkor g’oyalar, mafkuraviy xurujlardan himoyalanish ehtiyoji paydo bo’ldi. Biroq XX asrning so’nggi choragi va XXI asr boshlarida bunday g’oya va axborotlarning har bir shaxs va umuman, insoniyat hayoti uchun xavfi keskin ortgani bois ulardan himoyalanish zaruriyati ham ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi.
Buzg’unchi axborotlarning manbalari turlicha. Lekin ular orasida alohida shaxslar va guruhlar tomonidan o’zlarining g’arazli maqsadlariga erishish niyatida voqelikning buzib ko’rsatilishi asosiy o’rinni egallaydi. Bunday axborotlardan himoya tizimini yaratishda mana shu holatni hisobga olish zarur bo’ladi.
Hozirgi kunda jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va harbiy sohalari singari axborot sohasi ham birinchi darajali ahamiyatini tobora namoyon qilib bormoqda. Bunday holat quyidagi sabablar bilan bog’liq: birinchidan, kompyuter texnologiyalari vujudga kelgach, axborotning qimmati keskin oshdi va u jamiyatning muhim iqtisodiy resursiga aylandi. Bir qator mamlakatlarda o’tkazilgan tadqiqotlar aholining axborotga bo’lgan ehtiyoji jiddiy tarzda yuksalib borayotganini ko’rsatmoqda. Bunday ehtiyojga mutanosib tarzda axborot tovarlarini ishlab chiqish va axborot xizmatlarini taklif etish ham keskin ortib borayotir. Yangicha axborot mahsulotlari, yangi axborot xizmatlari, axborot sohalari, yangi-yangi ixtisosliklar va ish o’rinlari



vujudga kelmoqda. Buning oqibatida, axborot yaratish va tarqatish, uni yangilash va tatbiq etish sur’atlari boshqa sohalarga nisbatan ildamroq rivojlanayapti.
Axborot bozori (kompyuterlar, telekommunikatsiyalar, dasturiy mahsulotlar, axborot xizmatlari ko’rsatish bozori) borgan sari iqtisodiyotda tobora salmoqli o’rinni egallamoqda. 2005 yilda mana shu bozordagi oldi-sotdilar hajmi uch trillion AQSh dollaridan ortib ketdi. Bu bozorning rivojlanish sur’ati tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning boshqa har qanday turi bozoridan ko’ra shiddatliroqdir.
Ikkinchidan, axborot real ijtimoiy resursga aylanmoqda. U insonning tinimsiz o’zgarib borayotgan ijtimoiy sharoitga moslashuvida, jamiyatda vujudga kelayotgan yangi-yangi tahdidlarga javob berishda borgan sari muhim rol o’ynayapti. Hozirgi davrda insonlar uzluksiz ravishda yangidan-yangi narsa-hodisalarga ro’baro’ kelmoqda. Bunday sharoitga va o’zgarishlarga moslashish bobida faqatgina axborot yordam berishi mumkin.
Uchinchidan, jamiyat hayotining turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi jamiyat, shuningdek har bir fuqaro xavfsizligini axborot infratuzilmasi faoliyatining ishonchililigiga bog’lab qo’ydi. Ana shu infratuzilma faoliyatiga g’ayriqonuniy tarzda aralashish, bu tuzilmada yuz berishi mumkin bo’lgan halokatlar qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
Alohida shaxslar, ijtimoiy guruh va birlashmalar axborot-psixologik xavfsizligini ularning irodasi va hohishiga zid ravishda psixik holati va xususiyatlariga ta’sir o’tkazish, ularning xulq-atvorini, erkini cheklash va modifiktsiya qilish sifatida tushunish muloqot, kommunikatsiya, axborotning o’zaro ta’sirini, shuningdek hozirgi jamiyatdagi turli ijtimoiy-psixologik jarayonlar va hodisalarni anglashga yangicha yondashuv zaruriyatini keltirib chiqardi.
Ming yilliklar ayrilishida jamiyatda muomalada bo’lgan axborot hajmining o’sishi shiddatli tus oldi. Shunga mos ravishda ommaviy axborot vositalari ham miqdoriy va sifat o’zgarishlariga duch keldi. Axborot hajmining keskin o’sishi odamlar kamolotiga, ularning birgalikdagi faoliyati takomillashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’pgina ijobiy hodisalarda bo’lgani singari bu hodisaning ham salbiy jihatlari mavjud. Odamlar axborot almashinuvisiz hayot kechirishlari juda mushkul. Biroq o’sha ayirboshlashning shunday salbiy jihatlari ham mavjudki, ular jamiyat va shaxs rivojini jiddiy xavf ostiga qo’yadi. O’zbekistonda o’tkazilayotgan tub iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar odamlarning turmushi yaxshilanishi, demokratiya sari ildam siljish uchun zamin yaratdi. Shu bilan birga, mamlakatda bozor munosabatlarining qaror topa borishi odamlar o’rtasida musobaqalashuv, raqobat va ijtimoiy munosabatlarda etakchilik uchun kurash omilini ham keltirib chiqardi. Bunday bahslashuvning stixiyali tarzda jadallashib borishi ba’zi ko’ngilsiz hodisalarga ham olib keldi.
O’zaro bellashuv kayfiyatining avj olishi faqat iqtisodiy sohada emas, ijtimoiy hayotda ham ba’zi noxushliklarni namoyon etayotir. Masalan, odamlar endi bilim olish, kasb egallash, ishlab chiqarish sohalarida yuqori ko’rsatkichlarga erishish borasida emas, oilaviy tadbirlarni, hatto motam marosimlarini ko’proq dabdababozlik bilan o’tkazishda bir-birlaridan o’zish mayllariga berildilar. Oqibatda, ba’zi motam marosimlari marhumlar xotirasi va hurmati uchun emas, tiriklar boyligini, amalini ko’z- ko’z qilish uchun o’tkaziladigan tadbirlarga aylanib qoldi. Bu holatni ham axborot almashinuvi kuchayishining salbiy oqibatlaridan biri sifatida baholanishi mumkin.
Zamonaviy aloqa va axborotni qayta ishlash vositalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi insoniyat turmush tarzining o’zgarishiga, milliy axborot va telekommunikatsiya tizimlarining yagona axborot infratuzilmasiga birlashuviga olib keldi. Bu yangi infratuzilma sayyoramizdagi insonlarning qaerda turishi va istiqomat qilishidan qat’i nazar, real vaqt sharoitida o’zaro muloqot qilishlari uchun imkon yaratib, jamiyat taraqqiyotiga kuchli turtki berdi. Aytish mumkinki, insoniyat hozirgi kunda yangi jahon axborot hamjamiyatini tuzish bo’sag’asida turibdi. Afsus bilan qayd etish mumkinki, axborotlashuvning ana shunday ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham ko’rinish bermoqda. Ulkan axborot makonida ijobiy ma’nodagi axborot tizimlari bilan yonma-yon inson ruhiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi, uning ongini emirishga yo’naltirilgan axborotlar ham aylanib yuribdi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining ijtimoiy hayotning turli jabhalariga: iqtisodiyot, transport, aloqa tizimiga, madaniyat, qishloq xo’jaligi, ilm-fan sohasiga tatbiq qilinishi butun jamiyatni va har bir shaxsni ana shu axborot infratuzilmasining faoliyat tarziga bog’lab qo’ydi. Aloqa, aviatsiya, transport va energetika singari sohalarda axborot-telekommunikatsiya tizimlarining ishdan chiqishi qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, insoniyat o’zi yaratgan axborot texnologiyalarining va ulardan xavfsiz foydalanishning muayyan darajada garoviga aylanib qoldi, deyish xato bo’lmaydi.
O’zbekistonning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini belgilovchi asosiy huquqiy hujjat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekanligini nazarda tutish zarur. Mazkur masala bo’yicha darslikning birinchi bobida qayd etilgan va shaxs, jamiyat hamda davlat xavfsizligiga bag’ishlangan “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi 2002 yilning 12 dekabrida qabul qilingan 439-II sonli O’zbekiston Respublikasi Qonunining 13, 14 va 15- moddalardan tashqari ushbu holat boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ham o’z aksini topgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20, 24, 29, 31, 43, 57 va 67 moddalarida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tegishla fikrlar bor. Jumladan, Konstitutsiyaning 20-moddasida so’z fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shartligi haqida yuritiladi. 29-moddada esa har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir, deb qayd etilgan. Shu bilan birga aytilganki, fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
31-modda esa vijdon erkinligiga bag’ishlangan. Moddada keltirilganidek, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi. Davlat va fuqaroliar munosabatlari 43-moddada tartiblashtirilgan. Bu erda yozilganidek, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
Shuningdek, ushbu masala yuzasidan 2007 yil 15 yanvar kuni qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririda ham bir qator moddalar bor. Masalan, Qonunning 5-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi kafolatlangan, 7-moddasida esa “O’zbekiston
Respublikasida ommaviy axborot vositalarini tsenzura qilishga yo’l qo’yilmaydi”, deb qayd etilgan. 1997 yilning 24 aprelida qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi 400-I sonli O’zbekiston Respublikasi Qonunining barcha moddalarida axborot olishni ta’minlash kafolatlari keltirilgan. Masalan, Qonunning 3- moddasi “Axborot olish kafolatlari” deb nomlangan va unda shunday deyilgan: “Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi”. 4-modda esa “Axborot olish erkinligining asosiy printsiplari haqida. Unda “Axborot olish erkinligining asosiy printsiplari axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir” deb aks ettirilgan.
Konstitutsiyamiz “har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi hukuqiga, har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” ekanligini alohida ta’kidlaydi (29-modda). Shu bilan birga bu huquqlarga muayyan cheklovlar ham belgilangan bo’lib, ular amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonunda belgilangan boshqa holatlar bilan bog’liq: “Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin”. Aslini olganda, Konstitutsiyada belgilangan bu cheklovlar jamiyat va shaxsning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Insonning atrofdagi voqelikni adekvat idrok etish qobiliyati, dunyodagi o’z o’rnini anglashi, shunga muvofiq tarzda muayyan e’tiqodlarga ega bo’lishi, shu e’tiqodlar asosida qarorlar qabul qilish erkinligi alohida shaxsning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash ob’ekti hisoblanadi. Shaxs xavfsizligiga tahdid tug’diradigan holatlar bildirmasdan va shaxs roziligisiz uning ongiga yoki beixtiyoriy-ostki ongiga ta’sir o’tkazish usullari va vositalari bo’lishi mumkin. Bunday tahdidlar chet odamlar tomonidan maqsadga yo’naltirilgan tarzda shaxsning psixikasi tuzilmalariga, ostki ongiga ta’sir o’tkazish (masalan, “25-kadr”) tarzida amalga oshiriladi. Bunday ta’sir uning psixik reaktsiyalari va xulq-atvori o’zgarishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, shaxslar xavfsizligiga mamlakatda yashirin faoliyat yuritayotgan “Hizbut-tahrir”, “Akromiylar”, “Tavba”, “Quyosh ota” singari diniy sekta va mazhablar tahdid tug’diradi. Bu sektalardagi yashirin rasm-rusumlar, marosimlar shaxs ustanovkalariga va xulq-atvor stereotiplariga jiddiy ta’sir o’tkazish orqali uning, ayni paytda, jamiyatning ham xavfsizligiga tahdid tug’diradi.
Bu mazhab va sektalarning faoliyati qanchalik “samarador” bo’lganini ko’rsatuvchi ba’zi misollarga murojaat qilaylik. “Hizbut-tahrir”chilar mamlakatimizda o’nlab va yuzlab fuqarolarni o’zlarining g’ayriqonuniy faoliyatlariga jalb etdilar. Ular ta’siriga tushgan fuqarolarning asosiy ko’pchiligi (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 80 foizdan ortig’i) yoshlardan iborat. Faqat aqlga, ongga murojaat qilishni shior qilib olganliklarining o’ziyoq bu harakat naqadar xavfli ekanligidan dalolatdir. Xususan, “Akromiylar” harakatining qay darajada “samarali” bo’lganini 2005 yilda yuz bergan Andijon voqealari yaqqol ko’rsatadi. Bu reaktsion diniy oqimning g’ayriqonuniy faoliyati nafaqat Andijon shahri va viloyati osoyishtaligini buzdi, balki butun mamlakat miqyosida ma’lum bir notinchliklar keltirib chiqardi, o’nlab odamlarning hayotdan ko’z yumishiga sabab bo’ldi.
Mamlakat ichkarisida g’ayriqonuniy faoliyat yuritadigan guruhlar, sektalar va tashqaridan muayyan maqsadga yo’naltirilgan axborot-psixologik tajovuzlar jamiyatning axborot-psixologik xavfsizligiga tahdid tug’diradigan manbalar bo’lishi mumkin. Bunda jamiyatda shakllangan ijtimoiy ong asosan ikki qismdan – konservativ
va dinamik qismlardan iborat ekanligini nazarda tutish lozim. Konservativ qism fuqarolarning (ijtimoiy guruhlar va sinflar, millatlar, xalqlar, elatlar, umuman, mamlakat aholisining) mushtarak manfaatlaridan tashkil topadi. Bu qism, shuningdek, o’sha ijtimoiy guruhlar va xalqlar tomonidan e’tirof etiladigan madaniy, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni, mavjud odob-axloq me’yorlarini ham qamrab oladi.
Mana shu tarkibiy qismga tahdid asosan unga yot bo’lgan manfaatlar, qadriyatlar va xulq-atvor ko’rinishlarini kuch yordamida, lekin yashirin ravishda olib kirishdan iborat bo’lishi mumkin. Bunday tazyiqlar oqibatida millat yoki guruhning ma’naviy- axloqiy salomatligiga shikast etishi, mavjud ijtimoiy munosabatlar buzilishi va emirilishi hech gap emas.
Ijtimoiy ongning dinamik qismi esa ijtimoiy jihatdan muhim bo’lgan axborotning konservativ qismda aks etishi va u yuzaga keltiradigan jo’shqin his-tuyg’ular bilan bog’liq.
Ijtimoiy ongning dinamik qismiga nisbatan tahdid tug’diradigan hodisalarni buzib ko’rsatish axborot yordamida manipulyatsiyalar kilish shaklida namoyon bo’lishi mumkin. Bunday tahdidlar oqibatida ijtimoiy ong atrof-voqelikni adekvat idrok eta olmay qolishidan yuz beradigan bunday o’zgarishlar ijtimoiy apatiya, loqaydlik, nigilizm, yoki bo’lmasa, tashqi dunyoga agressiv munosabat shaklida namoyon bo’ladi.

    1. Download 39.19 Kb.
  1   2   3   4




Download 39.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari

Download 39.19 Kb.