• OQ-QORA TASVIRNING KODLANISHI
  • RANGLI TASVIRNING KODLANISHI
  • PAINT.NETDA RANG KODINI ANIQLASH
  • Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi




    Download 4.8 Mb.
    Sana24.12.2022
    Hajmi4.8 Mb.
    #36928
    Bog'liq
    7-mavzu
    Oson Transaction Details, 45060 1-imi dars ishlanma Otakova M IHTA OmmalashtirilganMavzu AKT Ahamiyati, Презентация, boshlangich-sinflarda-matematika-fanini-oqitish-metodikasi, 117-23 ShK o\'quv amaliyot, 2-amaliy tarmoq, iNFOGRAFIKANING TARKIBIY QISMLARI, INGLIZ TILI. TEST w3oKwMz, 5-sinf (I-VARIANT)

    GRAFIK AXBOROTLARNI KODLASH

    7-dars

    Monitor ekranida hosil qilingan tasvir gorizontal va vertikal chiziqlar kesishmasidagi kichik nuqtalar – piksellardantashkil topadi. Grafik axborotlar kompyuter xotirasida rastrli yoki vektorli tasvir ko‘rinishida saqlansa-da, monitorda rastrli tasvir sifatida namoyon bo‘ladi.


    Rastrli tasvirdagi har bir piksel ikkilik koddan iborat. Pikselning rangi mana shu ikkilik kod yordamida aniqlanadi.

    OQ-QORA TASVIRNING KODLANISHI


    Agar oq-qora rangda berilgan tasvirni mayda kataklarga bo‘lib, qora rang uchun 1, oq rang uchun 0 qabul qilinsa, 0 va 1 dan iborat ketma-ketlik hosil bo‘ladi. Oq-qora tasvirda har bir piksel axborotning hajmi 1 bitga teng. Tasvir eni va bo‘yining o‘lchamlari ma’lum bo‘lsa, tasvir axborot hajmini tasvirdagi piksellar soniga teng bit bilan aniqlash mumkin.
    Qo‘lda chizilgan uchbu tasvirning axborot hajmini aniqlashga harakat qilingchi.
    Bu yerda 26x20 o‘lchamdagi tasvir bo`lgani sababli
    26*20=520 bit/8 = 65 bayt axborot bor.

    RANGLI TASVIRNING KODLANISHI


    Monitor ekranida rangli tasvirlar uch xil: qizil, yashil va ko‘k rang nurlarining aralashmasidan hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham rangli tasvirlarni kodlashda RGB modelidan foydalaniladi.
    Bu rang modeli tasvirni ekranda ifodalash uchun qulay hisoblanadi. Chunki uning asosini qora rang tashkil etadi. Bu uchala rangni ma’lum miqdorda qo‘shish orqali boshqa ranglar hosil qilinadi.
    Qizil, yashil va ko‘k ranglar to‘liq qo‘shilganda, oq rang hosil bo‘ladi.

    RANGLI TASVIRNING KODLANISHI


    Ranglarni ikkilikda kodlash uchun Xartli formulasi o‘rinlidir:
    Bu yerda, N– kodlanayotgan ranglar soni; i– kodning uzunligi.
    Boshqa ranglar RGB modelidagi asosiy ranglar ishtirokida qanday kodlanishi quyidagi jadvalda keltirilgan:

    RANGLI TASVIRNING KODLANISHI


    RGB modeli zamonaviy kompyuterlarda har bir piksel uchun 24 bit ma’lumotni qabul qiladi. Bunda qizil, yashil va ko‘k ranglarning 256 xil (0 dan 255 gacha) darajasi aniqlanadi va bu ranglarning har biri uchun alohida 8 bit ajratiladi. Bu usulda kodlashda bitta piksel uchun
    = 16 777 216 rangdan biri kodlanadi.

    PAINT.NETDA RANG KODINI ANIQLASH

    O‘zingizni sinab ko‘ring


    Download 4.8 Mb.




    Download 4.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

    Download 4.8 Mb.