• E`tiboringiz uchun rahmat.
  • Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda ma`naviy madaniyatni shakllantirish




    Download 1.03 Mb.
    Sana21.05.2022
    Hajmi1.03 Mb.
    #21558
    Bog'liq
    axborotlashgan
    7.2-Мавзу, jismoniy tarbiya qo\'l to\'pi, Power Point Animatsion Effektlar, O’mir q wipsizligi p ninen o’zbetinshe jum slar temalar mazmun , 1-masala, 4-maruza, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A Fizika, 070-22 guruhi talabasi Imomqulov A, Mavzu Korporativ moliyaviy xatarlarni boshqarish, 1-mavzu- “Iqtisodiyot nazariyasi” faniga kirish. “Iqtisodiyot na, Ma’ruza. Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlash tarzi. Sinx, ariza, BOZOROVA MADINABONU BOBOMURODOVNA, Dilmurodova

    Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda ma`naviy madaniyatni shakllantirish.

    Hozirda butun dunyoda globallashuv, madaniyatlar aralashuvi jarayoni kechmoqda. Bu murakkab jarayon nafaqat yoshlarga, balki kattalar dunyoqarashiga ham ta’sir etmoqda. Yoshlar ma’naviy dunyosini egallash borasida turli axborot maydonlaridan faol foydalanish «poyga»si jadallashmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga shu qadar shiddat bilan kirib kelyaptiki, buni har qanday raqamlarsiz ham kuzatish mumkin.

    Mamlakatimizda birgina Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 12,1 mln.ga yaqin, ya’ni respublikamiz aholisining uchdan bir qismi aynan Internet tarmog‘idan muntazam foydalanib kelmoqda.

    Ayni paytda mamlakatimizda 1400dan ziyod ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Bugun yurtimizning milliy axborot makonida gazeta, jurnal, radio va televideniye kabi an’anaviy OAV bilan bir qatorda, raqamli va mobil televideniye, internet-gazeta, internet-radio ham kun sayin mustahkam o‘rin egallamoqda. Hozirgi kunda ularning soni 330 dan oshdi. 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-191-sonli Qarori bilan o‘quv-ta’lim, ilmiy, yoshlar hamda bolalar muassasalari va tashkilotlari uchun mo‘ljallangan axborot materiallarini bir­lashtiruvchi yagona axborot-resurs maydonchaga ega bo‘lgan «ZiyoNet» jamoat axborot ta’lim tarmog‘i tashkil etildi. 

    Bugungi kunda mazkur tarmoq yoshlar hamda ta’lim oluvchilarga axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Biroq masalaning yana boshqa bir tarafi borki, yaratilayotgan imkoniyatlardan yosh­lar qay yo‘sinda foydalanayapti? Bu kabi imkoniyatlar ularning kamol topishiga qanday ta’sir ko‘rsatyapti? — degan og‘riqli savollar vujudga kelmoqda.

    Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda yoshlarning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida Internetga murojaat qilmoqda. Foydalanilayotgan axborot vositalarining katta qismi asosan «Twitter», «Facebook», «Odnoklassniki» kabi ijtimoiy tarmoqlar va video, audio portallarga to‘g‘ri kelsa, ma’lum bir qismigina zararli ta’sir etmaydigan, ilmiy, madaniy va ma’rifiy saytlardan iboratligini kuzatish mumkin. 

    Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda internet tarmo­g‘ida o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 ming, shahvoniy mazmundagi 4 mingdan ziyod saytlar mavjud bo‘lsa, 49 foiz kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlikni targ‘ib qiladi. Ayni vaqtda, 42 foiz bolalar va o‘smirlar on-layn tarzida tarqatiladigan pornografiya ta’siriga butunlay tobe bo‘lib qolgan. 

    Axborot globallashuvi jarayonida milliy axborot makonini shakllantirish, himoya qilish va uni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish har bir davlatning strategik manfaatlari bilan hamohang bo‘lgan ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

    Xalqaro eks­pertlar dunyo miqyosida 38 foiz bola zo‘ravonlik ruhidagi saytlarga, 26 foizi mil­latchilik xarakteridagi veb-sahifalarga muntazam kirishini tasdiqlamoqda.

    Axborot globallashuvi jarayonida milliy axborot makonini shakllantirish, himoya qilish va uni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish har bir davlatning strategik manfaatlari bilan hamohang bo‘lgan ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

    XX asrda insoniyat uchun yadroviy qurollar xavf solgan bo‘lsa, XXI asrga kelib, turli maqsadlarni ko‘zlab din niqobi ostida uyushtirilayotgan axborot xurujlari butun dunyoni tahlikaga solib qo‘y­moqda. 

    «Internet — bu katta bir do‘kon. Do‘konga borganda, odam xohlagan molini sotib oladi. Internetni ham shunday bir bozor, ya’ni axborot bozori, deb tushunish ke­rak». 

    E`tiboringiz uchun rahmat.


    Download 1.03 Mb.




    Download 1.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda ma`naviy madaniyatni shakllantirish

    Download 1.03 Mb.