- 33 -
Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada sodir bo’lgan. Global tarmoq orqali
uzatilayotgan ma`lumot orqali virus bir kompyuterdan boshqasiga o’tib yurgan. Bu
virus Morris virusi deb atalgan.
Ma`lumotlarni virus qanday yo’q qilishi mumkin degan savolga shunday javob berish
mumkin:
Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko’payib o’tib oladi;
Kalendar bo’yicha 13-sana juma kunga to’g’ri kelsa hamma xujjatlarni yo’q qiladi.
Buni hammaga ma`lum «Jerusalem» («Time» virusi ham deb ataladi)
virusi juda
«yaxshi» amalga oshiradi.
Ko’p xollarda bilib bo’lmaydi, virus qayerdan paydo bo’ldi.
Virusni aniqlanishi shundaki, u kompyuter sistemasida joylashib va ko’payib borishiga
bog’lik. Misol uchun, nazariy jihatdan operatsion sistemada virus davolab bo’lmaydi.
Bajaruvchi kodning sohasini tuzish va o’zgartirish ta`qiqlangan sistema misol bo’lishi
mumkin.
Virus hosil bo’lishi uchun bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma`lum bir sharoitda
shakllanishi kerak. Kompyuter virusining xossalaridan biri o’z
nusxalarini kompyuter
tarmoqlari orqali bajariluvchi obyektlarga ko’chiradi. Bu nusxalar ham o’z-o’zidan
ko’payish imkoniyatiga ega.