• 9-rasm. Proporsional-integral rostlagichning prinsipial sxemasi.
  • -rasm. PI-rostlagich o’tish jarayonining egri chizig’i




    Download 329,17 Kb.
    bet3/5
    Sana21.05.2024
    Hajmi329,17 Kb.
    #248347
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Avtomatikaning funksional elementlari

    8-rasm. PI-rostlagich o’tish jarayonining egri chizig’i.

    Izodromli rostlagichlar o’zida proporsional rostlagichlarning tez harakatlanish xususiyati va integral rostlagichlarning xatosiz ishlash xususiyatini mujassamlashtirganligi sababli sanoatda keng qo’llaniladi.


    Izodrom rostlagichli bosimni avtomatik rostlash sistemasini ishlash prinsipini (37-rasm) ko’rib chiqamiz.



    9-rasm. Proporsional-integral rostlagichning prinsipial sxemasi.

    PI-rostlagichlarda rostlash rostlanayotgan kattaliklarning berilgan qiymatidan chetga chiqishi va shu chetga chiqish integraliga proporsional olib boriladi. Natijada rostlash jarayonining dastlabki vaqtida statistik sistemalarga xos bo’lgan etarli tezkorlik va statik xato yuqotilishiga erishiladi.


    Sxemadagi proporsional - integral bosim rostlagichida ijro etuvchi mexanizm 7 ning porsheni 6 va O nuqta o’rtasida aloqa tuzilgan. OVS richag va ijro etuvchi mexanizm shtoki 8 orasida yog’ bilan to’ldirilgan va O nuqta bilan bog’langan silindr 9 o’rnatilgan. Silindrda o’rnatilgan porshen 10 ijro etuvchi mexanizm porsheni bilan bog’lanadi. Porshen 10 usti va ostidagi kameralar bir-biri bilan drosselli trubkalar yordamida bog’langan. O nuqtaga boshqa tomondan prujina 12 bog’lanib, ikkinchi tomoni qo’zg’almasdir. Silindr, porshen’, drossel’ va prujina izodrom mexanizmni tashkil etadi. Rostlanayotgan bosimni pog’onali oshishi bilan sistemaning muvozanat holati buziladi. Unda sil’fon 1 ning qo’zg’aluvchi qismi, zolotnik 4 porshen’ 3 pastga harakatlanadi. Ijro etuvchi mexanizmning porsheni rostlovchi organ 5 ni ochib yuqoriga ko’taradi. Bir vaqtning o’zida silindr 9 da porshen 10 yuqori ko’tarilib, prujina 12 qisiladi. Silindrda yog’ bo’lganligi sababli ijro etuvchi mexanizm porshen 10 ni silindr ichida kichik tezlik bilan harakatlantiradi. YOg’ qisilmaydigan modda bo’lganligi sabali, drossel’ 11 yog’ni bir kameradan ikkinchisiga o’tishiga xalaqit beradi, porshen 10 silindr bilan bir butun sifatida yuqoriga ko’tariladi. O nuqta ham yuqoriga ko’tarilib, richag 2 (OVS) S nuqta atrofida soat strelkasi bo’yicha burilib, porshen’ 3 zolotnik 4 ni o’rta holatga keltiradi. Rostlash organining zatvori va O nuqta yangi holatga o’tadi. Rostlanayotgan bosim boshlangich qiymatidan farqli boshqa qiymatga ega bo’ladi. Shu vaqtgacha rostlagichni proporsional qismi ishlagan edi. Keyin, prujina 12 cho’ziladi, porshen’ 10 ustidagi kamerada yog’ning bosimi oshadi va yog drossel’ 11 orqali yuqori kameradan pastki kameraga o’tadi. SHunda porshen’ 10 qo’zg’almasdan silindr 9 porshenga nisbatan pastga harakatlandi. Porshen’ 10 va O nuqtaning pastga harakati tufayli zolotnik porsheni zolotnikni ijro etuvchi mexnizm bilan bog’laydigan teshikchani ochadi va porshen’ asta-sekin yuqoriga ko’tarila boshlaydi va prujina 12 to’liq kengayada. Bu holat esa rostlanayotgan bosim birlamchi qiymatiga etganda ro’y beradi. SHunday qilib, rostlanayotgan bosim berilgan qiymatiga etguncha rostlovchi organ harakatlanadi. Demak izodrom rostlagichning integral qismi orqali X nolga etgunga qadar rostlash jarayoni davom etadi.




    1. Download 329,17 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 329,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. PI-rostlagich o’tish jarayonining egri chizig’i

    Download 329,17 Kb.