9
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 2-SON (YOʻTA)
SHISHA ISHLAB CHIQARISH VA UNI KLASIFIKATSIYASI
Raxmatullo Raximov
1
1
Andijon mashinasozlik instituti assistenti
Zulhumor G’ulomova
2
Iqboljon G’ulomov
3
2-3
Andijon mashinasozlik instituti talabasi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-yanvar 2023 yil
Ma’qullandi: 01-fevral 2023 yil
Nashr qilindi: 04-fevral 2023 yil
Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar
(kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va
boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy,
magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan
iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib
sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha
qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada
suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq
holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat
suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi
sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik
holatga oʻtadi, soʻngra qotadi.
KEY WORDS
Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik
xossalari
(yorugʻlik
nurini
sindirish
koʻrsatkichi,
issiqlik
oʻtkazuvchanligi va boshqalar)
turli boʻyicha oʻlchanganda bir xil
boʻladi.
Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor,
germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin
va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib
sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda
kristall moddalar kabi
maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan
yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi
sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha —
izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik
oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi.
Tarkibidagi
anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha,
oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush,
fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.
Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si)
atrofida
kislorod atomlarining (O) tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq
tartib mavjud emas.
Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy,
germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi.
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlik
qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot
Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik
texnikasi Shishasi, idish Shishasi,
navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan