|
Bajardi: Bohodirov. A tekshirdi: Farg`ona-2024 Reja
|
Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 173,02 Kb. | | #267344 |
Bog'liq 3 MUSTAQIL ISH
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG`ONA FILIALI
YANGI O`ZBEKISTON TARIXI
FANIDAN
Mustaqil ish
Mavzu: O’zbekiston va jahon hamjamiyati
Guruh:715-22
Bajardi:Bohodirov.A
Tekshirdi:
Farg`ona-2024
Reja:
1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga qabul qilinishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni.
3. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.
XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyat. Mustaqil O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi. XX asrning 90 yillariga qadar dunyo ikki qutbli bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan kuchlar nisbati ikki joyda – SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qo‘lida edi. Xalqaro vaziyatning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki tomonning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida uning tarkibidagi 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O‘zbekiston davlati vujudga keldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatning o‘zgarishi jahon tapaqqiyotininr holatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Endi dunyo ko‘p qutbli bo‘lib qoldi. Dunyoning geosiyosiy holati yangi pallaga ko‘tarildi.
Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. SHular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishga kirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyodagi yirik suv yo‘llari bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan. Mamlakat maydoni 447,4 ming km2 tashkil qiladi. Bu Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Avstriya va SHveysariya hududlarini qo‘shib hisoblaganda ulardan ko‘pdir. Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o‘rin tutgan O‘zbekiston qadimda ham, hozir va kelajakda ham SHarq va G‘arb, SHimol va Janub orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog‘lovchi mamlakatdir. 2005 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston o‘zining ma’muriy-hududiy tuzilishi jihatdan 12 viloyat, 164 ta tuman, viloyat va respublikaga bo‘ysunuvchi 51 shahar, tumanga bo‘ysunuvchi 91 ta shahar, 108 ta shaharchalar, 1451 tadan oshiq bo‘lgan qishloq va ovullarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos geografik tuzilishi bilan O‘rta Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Bunday geografik joylashuvning qulay va noqulay tomonlari mavjud bo‘lib, ular respublikaning geosiyosiy vaziyati va geostrategik manfaatlari hamda uning ichki va tashqi siyosatini tanlash va belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha:
Uzoq o‘tmishdan SHarq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, tijorat, madaniy-ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston hududidan o‘tgan. Hozirda ham Evropa va YAqin SHarqdan Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar O‘rta Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi;
O‘rta Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geosiyosiy holatidan kelib chiqib, mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda. Mintaqa doirasida manfaatli munosabatlar o‘rnatish imkoniyati O‘zbekiston orqali ochiladi. O‘rta Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlikni va kuchlar muvozanatini ta’minlash jarayonida O‘zbekiston sezilarli rol o‘ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega;
O‘zbekiston o‘zining joylashuviga ko‘ra O‘rta Osiyoning transport, energetika, kommunikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. Respublikaning muhim xususiyati shundan iboratki, bu erda aholining o‘sish sur’atlari yuqori. Mustahkam mehnat salohiyati, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi boshqa davlatlardan ma’lum darajada ustun turadi;
Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral–xom ashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. O‘zbekistonda sanoatining bazaviy va zamonaviy tarmoqlari mavjud. O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining er ostida amaldagi Mendeleev davriy tizimining barcha elementlar mavjud. Hozirga qadar davlatimiz hududida 2700 dan ortiq kon va foydali qazilmalarining istiqbolli ruda hosillari topilgan. Ular 100 ga yaqin mineral–xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. SHulardan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. Topilgan va ishlov berishga tayyorlangan 900 ta kondagi mineral–xom ashyoning zaxiralari 970 milliarddan ortiq AQSH dollari bilan, mamlakatning umumiy mineral–xom ashyo salohiyati 3,3 trillion AQSH dollari bilan baholanadi. O‘zbekiston oltin zahirasi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib chiqarish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis zahirasi bo‘yicha 10-11-o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 7-8-o‘rinda turadi. Markaziy Qizilqumda joylashgan Murontovdagi noyob kon Evroosiyo qit’asida ma’lum bo‘lgan konlarning eng kattasi bo‘lib, asr kashfiyoti deb atalgan. Hozir yiliga millionlab kub metr tog‘ jinsi chiqarilib, undan «to‘rtta–to‘qqizlik» sofligidagi oltin olinayotgan Murontov ochiq koni oltin qazib chiqarish sanoatida beqiyosdir. Respublikada marmarning 20 ta konlari aniqlangan bo‘lib, ularga ishlov berish yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko‘pi ishlatishga topshirilgan. O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi yagona Angren kaolin-ko‘mir koni joylashagan bo‘lib, undan kaolion tuprog‘i qazib olinadi. O‘ta muhim strategik manbalar deb hisoblangan qimmatbaho metallar bo‘yicha – 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha – 40, konchilik –kimyo xom ashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Mamlakatimiz katta gidroenergiya salohiyatiga ega. CHirchiq, G‘azalkent, Farhod GESlari, jami 28 ta gidroelektroenergetik stansiyalari ishlamoqda;
O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘ringa ega. YUrtimizning dunyoga mashhur boy ma’naviy va tarixiy merosi bor, shu tufayli u dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazib kelgan.
Mazkur imkoniyatlar orqali O‘zbekiston geosiyosiy joylashuvining noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmaydi, bunday kamchiliklar barcha joyda mavjud. Geosiyosiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi omillar ham mavjud:
O‘zbekiston o‘zining geosiyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimini o‘rnatishga intilayotgan, lekin bu jarayon hali izchil yo‘lga qo‘yilmagan O‘rta Osiyo mintaqasida joylashgan. Respublikamiz Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan. SHuning uchun bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli davlatlar mazkur mintaqada o‘z manfaatlarini izlamoqda;
O‘rta Osiyoda joylashgan davlatlarning imkoniyatlari bir xil bo‘lmay, ularning rivojlanish holati ham har xil. YA’ni O‘zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan respublikalar qurshab turibdi. SHu bilan birga O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar xali ham tugatilmagan Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. Bu erda 2001 yilning oktyabr oyidan AQSH tomonidan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaltis harbiy harakatlar olib borilishi natijasida Afg‘onistondagi vaziyat qisman o‘zgardi;
sobiq sovet hukumati davrida O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirildi. Janubiy yo‘nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmadi. Sobiq Ittifoq parchalangach, kommunikatsiyalar muammosi O‘zbekiston uchun yanada keskinlashdi. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz, Boltiq dengizi, YApon dengizi va SHimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Bu masofani kesib o‘tish uchun esa bir necha davlatlar hududidan o‘tish lozim. Mazkur holat katta sarf-harajat talab qilib, O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini cheklaydi, yuk tashishini qimmatlashtirib, mahsulotlarni raqobatga bardosh berolmaydigan qilib qo‘yadi;
Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir. Uni saqlab qolish borasida amaliy tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramasdan, so‘nggi yillarda Orol dengizining sathi 12-15 metr pasayb ketdi. Uning maydoni ancha qisqarib, qirg‘og‘i o‘nlab kilometr qochib ketgan.
O‘tish davrida bu kiyinchiliklarni bartaraf etish, yurtimizning geosiyosiy imkoniyatlarini rivojlantirish borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi uning xalqining asriy orzu maqsadlarini to‘la ma’noda ro‘yobga chiqarish tomon keng ufqlar ochibgina qolmay, ayni paytda mustaqil yosh davlatimizning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun ham imkoniyat yaratdi. SHu boisdan mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning ilk kunlaridan e’tiboran O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. YUrtimiz mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana shu vazifalarning hal etilishiga bog‘liq bo‘lib qolgan edi.
Ma’lumki, 130 yil davom etgan istibdod davrida mamlakatimiz to‘la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish kabi huquqlaridan maxrum etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «O‘zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatining yangi va amalda qo‘llanilmagan yo‘nalishlaridan biridir. YAkkahokimlik tizimi sharoitida O‘zbekiston xalqaro maydonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq chiqish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lib, o‘zining tashqi siyosiy davlat idoralariga, etarlicha diplomatlariga va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mutaxassislariga ega emas edi». Sobiq sovet davrida, Ittifoq konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston teng huquqli suveren davlat hisoblanib, mustaqil tashqi siyosat yurgizish, xorijiy mamlakatlar bilan shartnomalar tuzish va diplomatik vakolatlarini ayirboshlash va boshqa huquqlarga ega bo‘lgan suveren respublika hisoblanardi. Ammo real hayotda esa buni aksini ko‘rish mumkin edi. O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosiy davlat idoralariga, etarlicha diplomatik vakillariga va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mutaxassislariga ega emas edi. O‘zbekistonda Markaz ko‘rsatmasi bilan 1944 yil 27 sentyabrda Tashqi ishlar vazirligi ochilgan. Biroq u kichikkina bir idoracha bo‘lib, hech qanday vakolatlarga ega emas edi. Bu vazirlik markazning ko‘rsatmalarini bajarar, chet ellardan kelgan mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan cheklanardi. Tashqi ishlar va diplomatik soha Markaziy Osiyo mintaqasi mahalliy millatlari, shu jumladan o‘zbek millati, eng kamsitilgan tarmoqlardan biri edi. Sobiq SSSR Tashqi ishlar vazirligi tizimida rasmiy ravishda ishlaydiganlarning 92 % bir millatning vakillari edi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘nggi 45 yil ichida (1945 – 1990 yillar) O‘zbekistonning faqat 7 vakili SSSRning chet eldagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi (A. Abdullaev, Bahodir Abdurazzoqov, Sarvar Azimov, Latif Maqsudov, Nuriddin Muhiddinov, Rafiq Nishonov va Anvar Qo‘chqorov). SHulardan faqat uchtasi (A.Abdullaev, B.Abdurazzoqov va L. Maqsudov) maxsus diplomatik oliy ma’lumotga ega edilar xolos. Markaziy Osiyo respublikalari vakillari jahonning etakchi davlatlariga mas’ul lavozimlarda belgilanmas, ularni odatda, «o‘rtacha» davlatlarga ishga belgilar edilar (Somali, Pokiston, Livan, SHri Lanka, Gabon, Suriya va boshqalar). Oqibatda o‘zbek millatining farzandlari xalqaro munosabatlarning hal qiluvchi yo‘nalishlaridan chetlatilgan edilar. Holbuki, ular jiddiy ahamiyatga ega qator takliflarni kiritib, tashqi ishlar va munosabatlarda asosli va mustaqil fikrlarni olg‘a surganlar.
Bu holatga sobiq SSSRning parchalanishi bilan barham berildi. Tarixan o‘ta qisqa davr ichida o‘tmishdan qolgan «kamchiliklar»ni bartaraf etish borasida muhim islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IV bob 17-moddasida o‘zining qonuniy aksini topdi. Konstitutsiya 17-moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin».
Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlarida esa hukumat idoralari va davlat boshlig‘ining (93-moddasida) tashqi siyosiy vakolati belgilangan.
Mustaqillikning zafarli o‘n yilligi ichida yurtimizda tashqi siyosat va diplomatiya sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi va davr talabi bilan konstitutsiya asosida bu sohaga oid bir necha hujjatlar qabul qilindi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi Qarori, 1992 yil 25 may.
2. «O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to‘g‘risida»gi Qonun, 1992 yil 2 iyun.
3. «O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalarini belgilash to‘g‘risida»gi Qonun, 1992 yil 3 iyul.
4. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning «O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, 1994 yil 25 fevral.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori, 1994 yil 16 mart.
6. «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi Qonun, 1995 yil 6 yanvar.
7. «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi Qonun, 1995 yil 22 dekabr.
8. «O‘zbekiston Respublikasining Konsullik Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonun, 1996 yil 29 avgust.
9. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi Qonun, 1996 yil 26 dekabr va boshqa qonunlar ana shular jumlasidandir.
Ushbu qonunlar mustaqil O‘zbekistonning xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqli asosda munosabat o‘rnatishida muhim ahamiyat kasb etdi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o‘z ifodasini topmoqda. O‘zbekiston xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzib, bevosita davlatlararo munosabatlarda qatnashmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini ta’minlab beruvchi davlat organlari shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari va faoliyatining yo‘nalishlari tubdan o‘zgartirildi. 1991 yil 7 sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida 1990 yil 12 iyulda tashkil etilgan O‘zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat ko‘mitasi 1992 yil 12 fevralda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992 yil 21 fevralda esa O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. 2002 yil 21 oktyabrdagi «Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonga asosan bu vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. 2005 yil 21 iyuldagi «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshkaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonga asosan, O‘zbekistan Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O‘zbekistan Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
O‘zbekistonda tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi ham shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berildi. SHu maqsadda 1992 yil 23 sentyabr Respublika Birinchi Prezidentining Farmoniga ko‘ra Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi muhimdir. Mamlakatimiz mana shu muhim sohani o‘zlashtira borib, o‘z mustaqilligini uning eng jiddiy yo‘nalishi bo‘lgan iqtisodiyotida mustahkamlanmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko‘maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (UNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
Istiqlolning ilk yillaridan boshlab tashqi aloqalar muassasalari tomonidan xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarning umum e’tirof etilgan qoida va normalari asosida respublikaning diplomatik faoliyati turli yo‘nalishlarda olib borildi. Bu birinchidan, siyosiy munosabat va iqtisodiy aloqalar; ikkinchidan, ilmiy-texnikaviy aloqalar; uchinchidan, madaniy aloqalar, turizm, sport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalardir. Respublika tashqi siyosatiga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini 165 ta davlat tan oldi. 1991 yil 26 sentyabrda resspublikamizda birinchi diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur sanada mustaqil O‘zbekiston bilan Avstraliya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992 yildan boshlab O‘zbekiston tashqi siyosati va diplomatiya sohasidagi faoliyati yanada kengayib birin-ketin Xitoy, YAponiya, Angliya, AQSH, Fransiya, Turkiya, Germaniya singari jahonning rivojlangan etakchi davlatlari bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu davlatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz hozirda yuqori darajaga ko‘tarildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi jahonning 142 davlati bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonalari, 3 ta savdo vakolatxonasi (Vengriya, Belgiya, AQSH savdo palatasi), 10 ta xalqaro tashkilotning vakolatxonasi ishlab turibdi. Mamlakatimizda 7 ta faxriy konsullar ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalarining soni esa 30 tani tashkil etadi. SHuningdek, 11 ta bosh konsulxonasi mavjud. Respublikada 88 ta xorijiy mamlakat vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan. O‘zbekiston 41 ta nufuzli xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlarining teng huquqli a’zosi. Hozirda ulardan beshtasining vakolatxonasi respublikada faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyati doirasida munosib o‘rin olishida xalqaro nufuzli tashkilotlarga a’zo bo‘lishi va ular bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi katta ahamiyatga ega edi. 1992 yil 29 yanvarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi o‘zining 737-sonli Qarorini ovozga qo‘ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga O‘zbekiston Respublikasini BMTga qabul qilishni tavsiya etdi.
1992 yil 2 martda BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi ovozga qo‘yilmasdan, yakdillik bilan ma’qullash asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. SHu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. 1993 yil 24 avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda O‘zbekistan Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi.
O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida bu tashkilotning yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. CHunonchi, 1993 yil 28 sentyabrda O‘zbekistonning Birinchi Prezident Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida BMT minbaridan turib so‘zlagan nutqida bir qator aniq takliflar kiritdi:
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning doimiy ishlovchi seminari chaqirilishini;
BMT Xavfsizlik Kengashi huzurida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo‘yicha maxsus guruh tuzish;
Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilish;
Markaziy Osiyo mintaqasida kimyoviy hamda bakteriologik qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro nazorat o‘rnatish;
YAdroviy qurolni tarqatmaslik;
Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish;
Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish;
Xavfsizlik Kengashi hozirgi dunyoning ijtimoiy – iqtisodiy, etnik – madaniy, diniy, ma’naviy jihatdan g‘oyat xilma – xilligini bab – baravar tarzda aks ettirsin.
1995 yilning 24 oktyabrNyu-Yorkda BMT ning 50 yiligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‘ilishida Birinchi Prezident I.A. Karimov nutq so‘zlab, Afg‘onistondagi urush afg‘on xalqi boshiga mislsiz kulfatlar solganligini qayd etib, uni bartaraf etishga doir quyidagi takliflarni ilgari surdi:
Afg‘onistondagi keskinlikni hal etish kaliti eng avvalo tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish;
BMT xavfsizlik Kengashiga kim tomonidan bo‘lmasin Afg‘onistonga qurol olib kirishni ta’qiqlab qo‘yish;
Afg‘oniston urush emas, tinchlik va barqarorlik ob’ekti bo‘lishi lozim degan taklifni kiritdi.
Mazkur tantanali yig‘ilishda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT tuzilmalarini isloh qilish, uning faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida to‘xtalib quyidagi takliflarini zarur deb qayd etdi:
birinchidan, Xavfsizlik Kengashi safini kengaytirish, unga misol uchun bugungi kunda jahon siyosatida muhim o‘rin egallagan Germaniya va YAponiya singari davlatlarni doimiy a’zo sifatida kiritish lozim;
|
| |