Bajardi: Logistika yo'nalishi 21-94S




Download 3.83 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.09.2023
Hajmi3.83 Mb.
#81894
Bog'liq
21-94S guruh Abduraimov Bahrom. Turizm logistikasi
буйрук-converted, 12, 4fe843688ec6673f45592406a01422ae, 1-amaliy-matanaliz, ТОПШИРИҚ-2, Kambinatorika, Ишан кала каракалпакская, Andijon davlat universiteti, Andijon davlat universiteti (1), Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti, Algoritm va uning asosiy xossalari (1), Презентация Microsoft PowerPoint (3), zakovat, Looking at common patterns of organization


MAKning tashkil topishi
Bajardi:Logistika yo'nalishi 21-94S
guruh talabasi Abduraimov
Bahrom


Reja:
1. MAKning tashkil topishi
2. MAKning samolyotlar parki
3. MAKning samolyotlar yo'nalishi
4. Xavfsizlik va raqobatchi


MAKning tashkil topishi
28 yanvar kuni O‘zbekistonda milliy
aviakompaniya tashkil etilganiga 28 yil to‘ldi.
Kompaniya 1992 yil 28 yanvarida
«O‘zbekiston havo yo‘llari» nomi bilan tashkil
etilgan, birinchi qatnovini Londonga amalga
oshirgan edi.
2018 yil oxiriga qadar «O‘zbekiston havo
yo‘llari» ham soha regulyatori, ham
aviatashuvchi sifatida ishlab keldi.


Shu yili prezident farmoni
bilan kompaniya
«Uzbekistan Airways»
nomini oldi, aeroportlar
uning tarkibidan chiqarildi,
ko‘p o‘tmay Transport
vazirligi ochildi.
Bu o‘zgarishlarga qaramay,
kompaniya hamon
monopolligicha qolmoqda,
chipta narxlari va xizmat
sifati bois doimiy ravishda
tanqid qilinadi.


MAK 2004 yildan boshlab Il-86, Il-62, Tu-154,
An-24, Yak-40 samolyotlarini
ekspluatatsiyadan chiqarishni boshlagan.
Hozir kompaniya parki to‘liq Boeing va
Airbus laynerlaridan iborat.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Boing
samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini
1996 yilda boshlagan, bu – Boeing 767
havo
kemasi edi. 2010 yildan parvozlarda Airbus
A320dan ham foydalanila boshladi.


MAKning hozirgi aviaparki
quyidagi samolyotlardan tashkil
topgan: Boeing757, Boeing767,
Boeing 787 Dreamliner,
AirbusA320 va Airbus A320neo.
Shuningdek, Boeing
767-300BCF yuk samolyotlari
ham bor – unda 2014 yili ilk
marta yuk qatnovi amalga
oshirilgan edi.
Fevral oyida oltinchi Boeing 787
Dreamliner samolyoti qabul
qilib olingach, O‘zbekiston MDH
davlatlari o‘rtasida bu
rusumdagi samolyotlarning
yetakchi ekspluatantiga
aylanadi. («Uzbekistan Airways»
2019 yilning o‘zida 2ta
drimlayner va 2ta Airbus
A320neo samolyotlari xarid
qilgan edi).


MAKning yo'nalishlari
MAK charter dasturi doirasida Alyaskaga
ilk reysini 2016 yilda, undan bir yil o‘tib esa
Nyu-Yorkka birinchi uzluksiz qatnovini
amalga oshirgan edi.
Hozirgi yo‘nalishlar tarmog‘i Yevropa,
Osiyo
va Amerika shaharlarida 60dan ortiq
marshrutlarni o‘z ichiga oladi. Charter
qatnovlari esa barcha qit'alarni qamrab
oladi.


Ilk bor 2008 yilda
yiliga 2 milliondan
ortiq yo‘lovchi
tashishga erishilgan
bo‘lsa, 2018 yilda
yo‘lovchilar tashuvi
3 milliondan oshdi.
2019 yilda barcha
yo‘nalishlarda 26
465ta qatnov
bajarilgan bo‘lib,
ularda 3 801 605
nafar yo‘lovchi
tashilgan.


Xafsizlik va yangi raqobatchi
Milliy aviakompaniya bu ikki jihat bilan
maqtana oladi. Kompaniyaning xavfsiz
aviatashuvchi sifatidagi xalqaro maqomi
2008 yilda IOSA sertifikati bilan
tasdiqlangan. Xavfsizlikdagi yutuqlari
uchun «Uzbekistan Airways» Xalqaro
aviatsiya xavfsizligi jamg‘armasi, Jahon
xavfsizlik jamg‘armasi va Boeing
kompaniyasining diplom va faxriy
yorliqlari
bilan taqdirlangan.


MAK 2008 yildan buyon IOSA (Xalqaro
tashuvlar xavfsizligi auditi) dasturi,
2014 yildan beri IATA (Havo transporti
xalqaro assotsiatsiyasi), shuningdek
AITO (Buyuk Britaniya Mustaqil
turoperatorlar assotsiatsiyasi) a'zosi
sanaladi.
Shuningdek, «Uzbekistan Airways» bir
necha yildan buyon MDH aeroportlariga
parvozlar bajarilishi bo‘yicha punktuallik
reytingida yetakchilik qilyapti.


O'zbekistonda loukosterlar ochilishi
haqidagi va'dalar va'daligicha qolgach,
yaqinda ichki parvozlar uchun «Humo Air»
kompaniyasiga asos solinishi e'lon qilindi.
Bu bilan «Uzbekistan Airways»ning
mahalliy qatnovlardagi monopoliyasi
rasman barham topishi mumkin.
Bosh vazir Abdulla Aripovning ma'lum
qilishicha, prezidentning yangi
aviakompaniya ochish topshirig‘i 2020
yilda
bajariladi.


O‘tgan hafta imzolangan hukumat qarorida
«Humo Air»ning biznes modelini ishlab chiqish
uchun 2 oy, kompaniyani rivojlantirish
strategiyasini yaratish uchun 3 oy muddat
belgilangan.
E'tiborlisi, davlat rahbarining aviachiptalar
qimmatligi tanqid qilingan yig‘ilishi «Uzbekistan
Airways»ning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. 28
yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligidagi
yig‘ilishda samolyot va poyezdlarda xizmat
ko‘rsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa
qimmatligi asosli e'tirozlar uyg‘otayotgani
ta'kidlandi.


Etiboringiz uchun raxmat.

Download 3.83 Mb.




Download 3.83 Mb.
Pdf ko'rish