• 2)Mac operatsion sistemasining hozirgi kungacha bosib o`tgan yo`li 3) Mac OS X va uning yaratilishida Stiv Jobsning o`rni Xulosa
  • Bajardi: miryoqubov mirqodir tekshirdi: Y. Sherzod




    Download 195.5 Kb.
    bet1/4
    Sana16.12.2022
    Hajmi195.5 Kb.
    #35152
      1   2   3   4
    Bog'liq
    MacOS
    Документ Microsoft Word, 8-sinf-informatika-testlar-2, саволлар жавоби, Biletlar (Bandlik)

    T.A.F.U.
    Mustaqil ishi
    Mavzu: MacOS operatsion tizimlarining ishlashi va rivojlanish prinsiplari


    BAJARDI: MIRYOQUBOV MIRQODIR
    TEKSHIRDI: Y. SHERZOD

    Reja:

    Kirish

    1)Mac operatsion sistemasining yaratilishi

    2)Mac operatsion sistemasining hozirgi kungacha bosib o`tgan yo`li

    3) Mac OS X va uning yaratilishida Stiv Jobsning o`rni

    Xulosa


    KIRISH

    Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda, kompyuterlar har bir oila, korxonalarga kirib borgan paytda operatsion sistemalar orasida “Macintosh” degan so`zni uchratib qolamiz. Bunaqa kompyuterlarning egalarini o`z kompyuterlariga bo`g`lanib qolganlari, u bilan faxrlanishlari bizni hayratga soladi. Xo`sh, bu kompyuterlarning shunchalik o`ziga tortuvchi tomonlari nimalar? Qulay korpus, kuchli protsessorlarmi yoki tezkor xotirami? “Apple” firmasi tomonidan yaratilgan bu kompyuterlarda garchi sanab o`tganlarimning barchasiga katta e’tibor berilsada, Macintoshni yaratilganidan boshlab to hozirgi kungacha “Macintosh” qilgan asosiy komponent bu – Mac operatsion sistemasidir. Men hozir shu operatsion sistema haqida batafsil ma’lumot bermoqchiman.
    1)Mac operatsion sistemasi birinchi bo`lib 1984 – yilda Apple firmasi tomonidan yaratilgan birinchi Macintosh shaxsiy kompyuteri bilan birga ommaga havola etildi. Dunyoda birinchi bo`lib grafik interfeys orqali ishlovchi bu OS o`sha paytlarda katta shov – shuvga sabab bo`ldi. Chunki o`sha paytlarda mashhur bo`lgan MS DOS operatsion sistemasi “командная строка”, “выполнить” kabi buyruqlar to`plami bilan ishlar, buning uchun esa foydalanuvchi ma’lum bilimlarga ega bo`lishi yoki doimo maxsus lug`at bilan yurishi kerak edi. Mac operatsion sistemasi yaratuvchilari esa hozir biz o`rganib qolgan darchalardan, ikonkalardan va papka (katalog)lardan iborat OS ni yaratishdi. Yana bundan tashqari Macintosh kompyeteri bilan birga hozirgi sichqonchaga o`xshash kursorni siljitish vazifasini bajaruvchi qurilma ham yaratildi. Hali o`sha paytlardanoq bu OS keyingi avlod kompyuterlari qanday bo`lishini ko`rsatib bera olgan edi.
    Aslida grafik interfeys haqidagi g`oya Mac OS yaratuvchilari tomonidan o`ylab topilmagan, ular Xerox firmasidagi kompyuterda ko`rib, unga qo`shimchalar kiritib o`zlarining ixtirolari sifatida dunyoga tanitishgan. Xerox kompaniyasining axborot markazida grafik interfeys bilan ishlovchi yagona kompyuter bo`lib, ishchilar undan faqat o`z maqsadlari yo`lida foydalanishgan va ommaviy foydalanish uchun tarqatishni o`ylab ko`rishmagan. Shunday qilib, Mac OS 1 atigi 216 kilobaytli floppy diskda joylashgan va uning normal holatda ishlashi uchun 128 kilobaytli (tasavvur qilyapsizmi!) operativ xotira yetarli bo`lgan. Eng qizig’i, bu operatsion sistemani boshqa kompyuterga shunchaki nusxalab, ko`chirib qo`yilsa ham u hech qanday xatosiz ishlay olgan. Bu sistema juda ham oddiy va sodda ko`rinishda bo`lgan: uning faoliyati uchun 2–3 ta fayl yetarli bo`lib, ular maxsus “System folder” papkasiga joylashtirilgan. Bu katalogdagi eng qiziqarli papkalar “Extensions” va “Control panels” bo`lib, birinchisida har xil sistemali kengaytmalar, bibliotekalar, qurilmalarning drayverlari joylashsa, ikkinchisida esa interfeys moduli, kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadigan va undan o`chiriladigan mini – programmalar (ba’zi joylarda boshqaruv pulti deb ham ataladi) joylashgan bo`ladi. Mana shu “Control panels” papkasida biz xohlagan paytda o`zimizga kerakli funksiyani (tarmoq, videorejim, ish stolida ikonkaraning ko`rinishi va hokazo) yoqib, keraksizini esa o`chirib qo`yishimiz mumkin. Buning uchun shunchaki o`sha fayl nomi davomiga “Disabled” so`zini qo`shib qo`yish yetarli (MS DOSda “Registry” komandasi orqali boshqariladi). Bu sistema komponentlarini biz boshqa kompyuterdan olgan taqdirimizda ham uni qanday o`rnataman, qaysi papkaga tashlashim kerak degan bosh qotirishlar haqida gap ham bo`lishi mumkin emas: shunchaki bu fayllarni “System folder”ga tashlasak, bu papkaning o`zi fayl qaysi katalog tarkibiga kirishini aniqlab, joylashtirib qo`yadi. Bunda hattoki kompyuterni “перезагрузка” (o`chirib, qaytadan yoqish) qilish ham talab etilmaydi.
    Bu “drug-and-drop” usuli Mac OSga moslab yaratilgan 99% programmalar uchun ham ishlaydi. Ya’ni biror o`yin yoki programmani o`rnatish uchun uning yuklanish faylini axtarish shart emas: kerakli faylni nusxalab, boshqa kompyuterga ko`chirib o`sha zahoti ishlata boshlasak ham programma xuddi birinchi ko`chirib olgan kompyuterda qanday ishlagan bo`lsa, shunday bexato ishlayveradi (shu yerda bitta nozik tarafi bor: programma yoki o`yin Mac OSning shu versiyasiga ham to`g`ri kelishi kerak). Yoki siz bir kompyuterdagi barcha ma’lumot va o`rnatilgan sistemaviy o`zgarishlarni (настройки) o`zgartirmagan holda boshqasiga olib o`tmoqchimisiz? Unda barcha kataloglarni shunchaki nusxalab olib o`tsanigiz shuning o`zi kifoya.
    Bunday oddiy va moslashuvchanlikka ega bo`lgan bu operatsion sistema turli korxona, tashkilot va shaxsiy maqsadlarda foydalanila boshlangach, kompyuterni tuzatish yoki uni “переустановка” qilishga sarflanadigan xarajatlar miqdori ancha qisqarib ketdi. Bu o`sha paytda foydalaniladigan barcha operatsion sistemalarga qattiq “zarba” berdi.
    Mac OS o`zining faylli sistemasi bilan ham mashhur: birinchidan, u faylning versiyasini, avtorini, atributlarini va eng muhimi, uning tipini hamda shunga mos uni ochadigan progarammani hech qanday kengaytmalarsiz aniqlaydi. Ikkinchidan, har bir yaratilganda uning tipiga qarab ikonka qo`yiladi (bu yangilik emas, deb o`ylayotganlarga: hozirgi Microsoft Windows operatsion sistemasidagi bu fu funksiya aynan Mac OS dan ko`chirilgan!). Shunday qilib, siz Word formatidagi matnli fayllarni QuarkXPress maketlaridan osongina ajrata olishingiz mumkin.
    Umuman olganda, Mac OS faylli sistemasida “sayohat qilish” juda qulay. U har qanday operatsion sistemadan ko`proq usulda fayllarni tasvirlay oladi. Uning “подпружиненные папки” funksiyasi esa fayllarni joyini o`zgartirishni tezlashtiruvchi muhim yangiliklardan biri hisoblanadi. Bulardan tashqari psevdonimlarning (Windows operatsion sistemasida ular “ярлык” deb ataladi) amalda bexato ishlashi hayratda qoldiradi. Buning sababi psevdonimlarning real fayl yoki papka o`rtasidagi mustahkam aloqadaligi, ya’ni siz fayl yoki katalogning psevdonimini yaratganingizdan keyin shu fayl yoki katalogni qo`rqmasdan boshqa katalogga joylashtirganingiz bo`ladi. Chunki psevdonim baribir o`ziga bog`lab qo`yilgan haqiqiy adresini avtomatik ravishda o`zgartiradi. Uning katta hajmli fayllar bilan tez ishlashi ham e’tiborga loyiq.
    Mac OS birinchi versiyasidayoq tovushni sintez qilib raqamli ko`rinishda qabul qilishni yo`lga qo`ydi. 1991 yilda esa grafika, tovush, matn va videofayllar integratsiyasini ishlab chiqdi va uning uchun maxsus atama ham yaratildi – Multi media. Quick time esa aynan mana shu multimedia uchun yaratilib, Mac OSning sistemali fayllari ro`yxatidan joy oldi.
    2) Endi bu operatsion sistemasining yaratilishidan boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan versiyalari haqida to`xtalib o`tsam. Mac OS 1 haqida yuqorida batafsil ma’lumot keltirildi. Undan keying versiyalardagi o`zgarish va imkoniyatlar quyidagicha:

    Download 195.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 195.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: miryoqubov mirqodir tekshirdi: Y. Sherzod

    Download 195.5 Kb.