Vazifa-2
PORTFOLIO - O’QITUVCHINING SHAXSIY VA KASBIY FAZILATLARI
PORTFELI
Zamonaviy o’qituvchining faoliyat sohasi juda keng bo’lishi mumkin, barcha o’quv natijalarini
va barcha darsdan tashqari faoliyat natijalarini bir joyda, bitta xujjatda jamlash mumkin emas. Bunday
hollarda o’qituvchining barcha ishlari to’plamini birlashtirish va uning faoliyatini to’liq kartina
ko’rinishida aks ettirish uchun elektron portfoliosini yaratish zarur.
Elektron portfolio
ko’rgazmaliligi, qulayligi, materiallarning aniq tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha
o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklariga ega:
zamonaviyligi;
tezkorligi (kerakli o’zgarishni tezda kiritish imkonyati);
funktsionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb-mutaxassislara, qiziquvchilarga o’z
tajribasini namoyish etish ikmoniyati), hamda o’z muvaffaqiyatlarini
qayd etib borish, bir
vaqtning o’zida doimiy ravishda to’ldirib borish mumkin bo’lgan raqamli ta`lim
resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish;
effektivligi (o’qituvchini o’z-o’zini
baholashini oshirish, boshqaruvchi hamda talabalarga
ijobiy ta`sir ko’rsatish);
Ko’pgina mualliflar o’qituvchining elektron portfoliosi sifatida kompyuterda
shakllantirilgan
qandaydir xujjatlar to’plamini keltiradi. Bunday usuldan foydalanish mumkin, biroq bu eskirgan usul.
Portfolioning
taqdimot shakli ma`lumotlarni ko’rgazmali tarzda namoyish etishni amalga
oshirsa,
sayt-portfolio shakli esa ko’proq ma`lumot olish va izlash imkoniyatini beradi.
Oxirgi
yillarda internet juda keng miqyosda yoyildi va hozirgi kunda uning auditoriyasi juda katta,
portfolioning sayt-portfolio shaklida internetda joylashtirilmaganligi
portfolio yaratilmagan deb
hisoblaydi. Yuzlab odamlar portfolioni ko’ra olmaydi, uning xizmatlarini baholay, izohlay olmaydi,
oldingi pedagogik g’oyalar bajarilmaydi. Kompyuterda papkada yotgan portfolio jamiyatga hech
qanday qiymatga ega emas. Shuning uchun portfolioni tarmoqda
sayt-portfolio sifatida
joylashtirilishi maqsadga muvofiq! Pedagogning sayt-portfoliosi – bu veb-bazali resurs,
ishtirokchining kasbiy yutuqlari va individualligini
aks ettiruvchi saytdir. Pedagogning sayt-
portfoliosi ta`lim muasasasi saytining qismi bo’lishi yoki alohida mustaqil resurs bo’lishi ham
mumkin. Bu va boshqa hollarda ham elektron portfolio o’qituvchi tajribasini yoyish uchun xizmat
qiladi.
Bir qancha mualliflar o’z maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini keltirishgan: