Elektron to’lovlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari




Download 95 Kb.
bet4/4
Sana13.05.2024
Hajmi95 Kb.
#228881
1   2   3   4
Elektron to’lovlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari

Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimi mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi dastlabki to‘lov tizimi sifatida barcha to‘lov tizimlari ishlashi uchun poydevor hisoblanadi.


Xozirgi kunda Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida 31 ta tijorat banki to‘lov tizimi foydalanuvchilari sifatida ulangan.
Mazkur to‘lov tizimida to‘lovlar real vaqt rejimida yalpi hisob-kitob tamoyili asosida, ya’ni to‘lov hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir necha soniyalar ichida to‘lov amalga oshiriladi hamda natijasi haqida tashabbuskor va benefitsiarga xabar yuboriladi.
Banklararo to‘lov tizimining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi va Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.


Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (MB HKM) — uning vazifasiga tijorat banklarining Bosh ofislariga (banklar) vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish hamda ular o‘rtasida elektron to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.
Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (ABM)amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz.
Banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar o‘tkazish uchun esa — ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida tartibga solinadi.
Download 95 Kb.
1   2   3   4




Download 95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron to’lovlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari

Download 95 Kb.