Bajarish tartibi




Download 22,85 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2024
Hajmi22,85 Kb.
#152688
  1   2
Bog'liq
Mavzular MB fanidan



BAJARISH TARTIBI
Kirish

  1. Nazariy qism

    1. Qaysi ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan bo’lsa shu haqqida

    2. O’zingizga berilgan obyekt haqida

  2. Amaliy qisim(bunda siz o’zingizga berilgan obyekt bo’yicha bajargan ishlaringiz)




Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mundarija

KURS ISHINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafidan – 3 sm., pastdan va tepadan – 2 sm., o‘ngdan – 1,5 sm., qatorlar oralig‘i – 1,5 sm;
Matnni Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi. Kurs ishining elektron nusxasini kafedraga topshirish talab etiladi.
Kafedraning tavsiyasiga binoan kurs ishi xorijiy (ingliz, nemis
yoki fransuz) tilda bajarilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va kurs ishini himoya qilish vaqtida tarjima ta’minlanadi.
Kurs ishining barcha betlari titul betidan boshlab oxirgi betigacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varag‘i hisoblangani uchun unga raqam qo‘yilmaydi. 2-betda, odatda, kurs ishining rejasi aks ettiriladi va bu bet ham raqamlanmaydi, shuningdek, uning boshiga kurs ishi mavzusini yozib qo‘yish shart emas, bu betda “Reja” degan so‘zdan keyingi qatorda rejaning qismlarini aks ettirish kifoya. Kirish qismi bayoni 3-betdan boshlanadi va bu betga “3” raqami qo‘yiladi va hokazo. Tartib raqami varaqning pastki tomonining o‘rtasiga qo‘yiladi.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham yangi betdan boshlab yoziladi va raqamlanmaydi. Kurs ishining asosiy qismi bo‘limlari nomlari, shuningdek, “Kirish”, “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” so‘zlari bir xilda varaqning yuqori qismining o‘rtasiga, matn esa sarlavhadan keyin bir qator tashlab, keyingi qator xatboshidan katta harf bilan boshlab yoziladi.
Barcha rasm (grafik, chizma, diagramma)lar bo‘lim bo‘yicha ketma-ket arab raqamlari bilan “1-rasm”, “2-rasm” shaklida raqamlanadi (kurs ishining ilovalarida keltirilgan rasm bundan mustasno) va rasmga izoh beruvchi yozuvdan nuqta bilan ajratiladi.
Raqamli materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Har bir jadval sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi, sarlavahaning tagiga chizilmaydi, jadval nomining oxiriga nuqta qo‘yilmaydi.
Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o‘rtaga yozilishi tavsiya etiladi. Jadval ustunlarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalar esa, agar ular sarlavhadagi gapning davomidan iborat bo‘lsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo‘lsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak.

Download 22,85 Kb.
  1   2




Download 22,85 Kb.