• 2.4. Bank aktivlari likvidliligi tahlili
  • Bank faoliyati indd




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/74
    Sana17.03.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #18765
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
    Bog'liq
    bank faoliyati tahlili
    kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Bosma tashqi reklamada kretivlik, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
    DKAO‘S/JAO‘S
    Bu koeffi tsiyent aktivlarning qancha bo‘lagi foyda kel-
    tirishini ko‘rsatadi.
    Bu yerda:
    DKAO‘S – daromad keltiruvchi aktivlarning o‘rtacha summasi
    JAO‘S – jami aktivlarning o‘rtacha summasi.
    Ushbu ko‘rsatkichlar bankning kredit siyosatning mohiyatini ko‘rsatib, 
    bankning aktivlarining maqsadga muvofi q tuzilishini ko‘rsatadi, ularning 
    risklilik darajasini va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga 
    ta’sirini ko‘rsatadi.
    Aktivlarni risklilik darajasini inobatga olgan holda amalga oshirilgan 
    tahlil, aktivlar tarkibini boshqarish imkoniyatini beradi, bu esa o‘z navbatida 
    bank likvidliligi va to‘lovga qobiliyatini ta’minlashning asosi hisoblanadi. 
    2.4. Bank aktivlari likvidliligi tahlili
    Bank likvidliligini saqlash g‘oyat muhim hisoblanadi. Bu narsa ikki 
    maqsadga erishish uchun zarurdir: birinchidan, omonatlar olib qo‘yilganda 
    bankning o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ta’minlash uchun, ik-
    kinchidan, kreditlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun.
    Likvidlilik deganda – bankning o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘z vaqtida 
    javob bera olish qobiliyati tushuniladi. Likvidlilik bankning kundalik faoli-
    yatida pul mablag‘lari mavjudligi yoki o‘z aktivlarini likvid mablag‘larga ay-
    lantira olish qobiliyati bilan ta’minlanadi.
    Bankni boshqarishning asosiy vazifalaridan biri, bu bank likvidliligi bi-
    lan uning daromadliligi o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashdir.
    Har bir bank o‘zining majburiyatlarini bajarish uchun, likvidlik talablariga 
    javob berishi uchun bankning barcha aktivlarini qaytarilish muddatiga ko‘ra 
    likvidlik darajasi bo‘yicha guruhlarga bo‘lib chiqadi. Bular yuqori likvidli 
    aktivlar; uzoq muddatli likvidli aktivlardir.
    Yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi: kassadagi naqd pullar va 
    ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; Markaziy bankning majburiy rezervlar fon-


    27
    diga o‘tkazilgan mablag‘lar; davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalardir. 
    Bu mablag‘lar yuqori likvidli bo‘lib zarur bo‘lganda bank bu mablag‘larni 
    zudlik bilan o‘z majburiyatlarini to‘loviga ishlatishi mumkin.
    Likvidli aktivlar qatoriga: qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan bar-
    cha kreditlar (bularga 30 kundan oshgan va qaytarish muddati ko‘pi bilan 
    bir marotaba uzaytirilgan kreditlar kirmaydi) kiradi va qaytarish muddati 30 
    kungacha bo‘lgan barcha debitorlar, majburiy rezervlarga o‘tkazilgan ortiq-
    cha to‘lovlar kiradi.
    Uzoq muddatli likvidli aktivlar qatoriga bank tomonidan so‘mdagi yoki 
    chet el valyutasida berilgan va qaytarish muddati bir oydan ko‘p bo‘lgan 
    kreditlar va qaytarish muddati bir yildan oshgan hamda kami bilan 50% ka-
    folat yoki kafi llik berilgan kreditlar, qaytarish muddati o‘tgan ammo davlat 
    kafolati berilgan kreditlar, qimmatli qog‘ozlarni va nodir metallarni garovga 
    olib berilgan kreditlar ham kiradi.
    Bank faoliyati jarayonida o‘zining aktivlarini maqsadga muvofi q joy-
    lashtirib bank likvidlilik talablarini bajarishi kerak hamda o‘zining majburi-
    yatlari summasidan, ko‘rinishidan kelib chiqib lahzalik, joriy va uzoq mud-
    datli likvid lilik me’yorlarini bajarishi kerak.
    Bank doimiy o‘zining likvidliligini ma’lum bir darajada saqlashi ke-
    rak, ya’ni o‘zining to‘lovga qobilligini shubha ostida qoldirmasligi kerak. 
    Likvidlilikka bo‘lgan talab aktivlardan keladigan daromadni oshirish faoli-
    yatiga ma’lum darajada qarshi turadi. Ya’ni likvidlilik foydasiga bank daro-
    madliligi suiste’mol qilinmasligi lozim. Bankning portfelidagi saqlanadigan 
    aktivlari qanchalik darajada likvid bo‘lsa, shunchalik ular bilan bog‘liq, risk 
    kichik bo‘ladi, ammo shunga javoban ularga to‘lanadigan foiz ham shuncha-
    lik kam bo‘ladi.
    Belgilangan to‘lovga qobillik doirasidan chiqmagan holda aktivlarga 
    joylashtirilgan kapitaldan daromadni oshirish, bankda boshqarish san’atini 
    belgilaydi.
    Kassadagi naqd pullar – bu bankning kassasida saqlanayotgan va bank-
    ning kunlik hisobraqamlar bo‘yicha naqd pul berishga, pulni maydalab be-
    rishga, naqd pul shaklida kreditlar berishga, bank xarajati uchun haq to‘lashga, 
    xizmatchilarga ish haqi berishga va boshqa xarajatlarga ishlatish uchun zarur 
    bo‘lgan qog‘oz pullar va tangalardir. Shuning uchun ham bank mijozning ta-
    labini qondirish uchun beriladigan qog‘oz pullarga va tangalarga ega bo‘lishi 
    kerak. Ushbu kassadagi naqd pullarning qoldig‘iga bir nechta omillar ta’sir 
    qiladi, jumladan: mavsumiylik, bankning hududiy joylashishi. Odatda jahon 
    amaliyotida bank aktivlarning naqd pul bo‘limiga, kassadagi naqd pullar, 
    majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar, vakillik banklarga joylashtirilgan de-
    pozitlar hamda inkassatsiya qilinayotgan naqd pullar qo‘shiladi. Sababi bu 


    28
    mablag‘lar birinchi talab qilinganda naqd pulga aylanadi. Shuning uchun 
    ham bu mablag‘larni bankka «bi rinchi mudofaa chizig‘i» deb atashadi, sa-
    babi mijoz tasodifan o‘z depozitini yoki kredit so‘rab kelganda aynan shu 
    mablag‘lardan foydalaniladi.
    Bank aktivlari strukturasiga kelganda, bu yerda haqli ravishda ta’kidlash 
    kerakki, qancha birinchi darajali likvidli aktivlar hissasi ko‘p bo‘lsa, shuncha 
    bank likvidliligi yuqoridir. Lekin esda tutish kerakki, bunday aktivlar daro-
    mad keltirmaydi, shuning uchun bunday strukturali aktivlarni har qanday ho-
    latda maqsadga muvofi q deb hisoblab bo‘lmaydi.
    Ma’lumki bankning daromad keltiruvchi aktivlari qatorida kreditlardan 
    tashqari qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasida jalb qilingan mablag‘lar ham 
    mavjud. Albatta ushbu aktivlarning ham tarkibiy, tuzilishini o‘rganib chiqish 
    muhimdir.
    Agar aktivlar tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog‘i qancha 
    ko‘p bo‘lsa, bu bank o‘z aktivlaridan daromad olish maqsadida samarali foy-
    dalanayotganini bildiradi.
    Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida, investitsion in stitut sifatida ishtirok 
    etishadi. Bu fond bozorida raqobatning kuchayishiga olib keladi. Banklar 
    qimmatli qog‘ozlar bozorida broker va diller sifatida ishtirok etishadi. Bir-
    inchi funksiyani brokerlik kontoralar orqali amalga oshirsa, ikkinchisini fond 
    birjalari orqali amalga oshiriladi.
    Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular qim-
    matli qog‘ozlar bozorining boshqa qatnashchilaridan farqli o‘laroq, shu bo-
    zorda ayni vaqtda eng salmoqli investorlar va eng ishonchli emitentlar ham 
    bo‘ladilar. Rivojlangan bozor iqtisodiyatli mamlakatlarida kompaniya aktiv-
    larining 40-80 % bank kapitali hisobidan ta’minlanadi, qimmatli qog‘ozlar 
    bilan o‘tkaziladigan operatsiyalardan tushadigan daromadlar esa bank foy-
    dasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bank o‘z aktivlarini diversifi katsi-
    yalash, qo‘shimcha daromad olish va balansining likvidliligini ta’minlash 
    maqsadida DQMO dan keng foydalanadi.
    Bo‘sh turgan resurslarni joylashtirib daromad topishning eng qulay 
    usuli, bu DQMOdir. Bundan tashqari DQMO dan olingan daromadga soliq 
    to‘lanmaydi. DQMOlar banklarning aktivlari ichida eng ishonchlisidir, sababi 
    unda davlat kafolati mavjud. DQMOlar ham daromadi fi ksirlangan qimmatli 
    qog‘ozlar qatoriga kiradi. Ushbu tur qimmatli qog‘ozlar divident to‘laydigan 
    qimmatli qog‘ozlarga nisbatan likvidli hisoblanadi.
    Banklar uchun quyidagi likvidlilik koeffi tsiyentlari belgilangan:

    Download 1.28 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish