• Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi
  • lahzali likvidlilik koyeffi tsiyenti




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/74
    Sana17.03.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #18765
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
    Bog'liq
    bank faoliyati tahlili
    kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Bosma tashqi reklamada kretivlik, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
    lahzali likvidlilik koyeffi tsiyenti likvid shaklidagi balans aktivlari, ya’ni 
    ekstremal vaziyatlarda tez sotiladiganlari bilan bankning muddatsiz depozit 
    hisobvaraqlari bo‘yicha majburiyatlar summasi orasidagi nisbatni bildiradi,


    29
    LA
    N3= _____
    (OV)
    Bunda: LA – bankning pul shaklidagi aktivlari,
    OV – bankning muddatsiz depozit hisobvaraqlariga doir majburiyatlari.
    N3 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam alomati 0,25 qilib belgilan-
    gan. Mazkur me’yor Markaziy bank tomonidan kunlik balans asosida tezkor 
    (operativ) tarzda nazorat qilib boriladi.
    Lahzali likvidlik ko‘rsatkichi – iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ushbu nor-
    mativ bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini shu lahzada bajara 
    olish qobilayatini anglatadi.
    «Joriy likvidlik ko‘rsatkichi» likvid shakldagi bank aktivlarini 30 kun-
    gacha bo‘lgan muddatda yo‘qlab olingungacha turadigan hisobvaraqlari 
    bo‘yicha majburiyatlari summasi orasidagi nisbatni bildiradi.
    LA (1)
    N4= _______
    OV (1)
    Bunda: LA – qaytarish muddati 30 kungacha muddatda berilgan bank-
    ning likvid aktivlari va kreditlari.
    OV – qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan yo‘qlab olingungacha tura-
    digan majburiyatlari.
    N4 – me’yorining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 0,3 ga teng.
    Tajribadan shu narsa ma’lumki, ayrim banklar o‘rtasida yuqori daromad-
    ni ko‘zlagan holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatga qo‘yilgan 
    omonatlar hisobidan kredit berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq mud-
    datli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag‘larning muddati kelgan 
    paytda esa bank omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini muddatida baja-
    rish imkoniga ega bo‘lmaydi. Buning natijasida bank o‘z to‘lov qobiliyatini 
    yo‘qotadi. Bunday holat bankning o‘z faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina 
    qolmasdan, balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga qolaversa, bank ti-
    zimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va 
    passiv mablag‘larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o‘rnatildi.
    Bu to‘g‘rida jahon bank tajribasining «bankning oltin qoidasi» deb nomlanuv-
    chi qoidasi amal qiladi. Unga binoan bankning moliyaviy talablari miqdori 
    va muddati uning majburiyatlari miqdori va muddatlariga muvofi q kelishi 
    shart.
    N4 – normativining iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, qay darajada 
    jami balans aktivlarining likvid qismi talab qilib olingunga qadar bo‘lgan 
    maj buriyatlarni bir vaqtning o‘zida qaytarishi mumkinligidir. Madomiki, 


    30
    bunday muddatli omonatchilar har qanday vaqtda bankdan o‘z omonatlarini 
    talab qilishlari mumkin.
    Yuqoridagi shartlardan kelib chiqqan holda, mazkur normativ bank to-
    monidan omonatchilardan jalb qilingan mablag‘lar muddati bilan ularning 
    aktiv operatsiyalarga joylashtirish muddatlariga qat’iy muvofi q kelishini ta-
    lab etadi.
    Shuning bilan bir qatorda mazkur me’yorning buzilishi xalq xo‘jaligida 
    bo‘ladigan hisob-kitoblarni sekinlashtirishga olib kelishi mumkin.
    Quyida biz «A» bank joriy likvidliligini aniqlash maqsadida uning likvid 
    aktivlarini o‘rganamiz. 
    2.4-jadval
    «A» bankning joriy likvid aktivlari tarkibi
    (yil boshiga)

    Download 1.28 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish