• Karaliyev T. Bank faoliyati tahlili.
  • UDK: 336.71(075) KBK 65.262.1 K24
  • Bank faoliyati indd




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/74
    Sana17.03.2022
    Hajmi1.28 Mb.
    #18765
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    bank faoliyati tahlili
    kompyutur tashkil etishdan xxxxx
    UDK: 336.71(075)
    KBK 65.262.1
     
    K24
    UDK: 336.71(075)
    KBK 65.262.1
    K24
    Ta q r i z c h i l a r : 
    D.A. Saidov – TMI, «Bank ishi» dots.,i.f.n. 
    M. Raximov – O‘zbekitson Respublikasi Banklar Asostsiatsiyasi qoshi-
    dagi «Axbor reyting» kompaniyasi bo‘limi boshlig‘i
    Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi o‘quv metodik birlashmalar faoli-
    yatini muvo qlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan
    Karaliyev T.
    Bank faoliyati tahlili. T.M.Karaliyev va boshqalar. O‘quv 
    qo‘llanma. Moliya instituti. T.: – 2012. – 136 b.
    ISBN 978-9943-4017-4-7
    Ushbu o‘quv qo‘llanma kadrlar tayyorlash ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab 
    chiqilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yaratilgan.
    O‘quv qo‘llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarining barcha operatsi-
    yalarini tahlil qilish asoslari, uning bank faoliyati uchun ahamiyati yoritilgan. Bank-
    ning resurs to‘plash, ularni joylashtirish jarayonlari tahlili, ushbu jarayonlarga ta’sir 
    etuvchi omillar o‘rganiladi. Shunungdek, bank daromadlari va xarajatlari tarkibi
    ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili bayon etilgan.
    O‘quv qo‘llanma iqtisod kollejlarining «Bank ishi» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim 
    olayotgan talabalar va bank ishiga qiziquvchi iqtisodchilar uchun mo‘ljallangan. 
    K24
    ISBN 978-9943-4017-4-7
    © «Davr nashriyoti», 2012.
    UDK: 336.71(075)
    KBK 65.262.1
     
    K24
    qo‘llanma. Moliya instituti. T.: «NiSO pOligraf», 2016. – 136 b.


    3
    KIRISH
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqo-
    batbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan nati-
    jalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash 
    tahlilga asoslanmog‘i lozim.
    «Bank faoliyati tahlili» fani bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon-
    larni uzluksiz ravishda o‘rganadi. 
    O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘lash, induksiya
    deduksiya, sintez, korreliyatsiya – regrission tahlil kabi usullardan foydalaniladi.
    Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samara-
    li va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
    muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni-
    yatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab 
    oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar ishon-
    chini qozonishga asos bo‘ladi.
    «Bank faoliyati tahlili» fanidan o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari 
    tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi.
    Bank aktivlari tahlilga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foy-
    da olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari 
    tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil 
    qilinadi.
    Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, 
    ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi.
    Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va 
    to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
    Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir 
    etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi.
    Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish 
    chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
    «Bank faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va banklar», nazariy fanining 
    amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank 
    auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan uzviy ravishda 
    bog‘liq holda o‘rganiladi.
    O‘quv qo‘llanma, «Banklar faoliyati tahlili» jarayonlarini o‘rganishda 
    iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari va kollej-
    lar talabalari, qiziquvchi iqtisodchilarga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlari ta-
    labalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar uchun ham foyda 
    keltiradi degan umiddamiz. 


    4

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 1.28 Mb.
    Pdf ko'rish