Bank faoliyati indd




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/74
Sana17.03.2022
Hajmi1.28 Mb.
#18765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
bank faoliyati tahlili
kompyutur tashkil etishdan xxxxx
2-chizma
Kompleks
Bank 
faoliyatining 
barcha jarayonlari 
tahlil qilinadi
Lokal
Bankning ma’lum 
bir operatsiyasi, 
bo‘linmasi tahlil 
qilinadi
Tematik
Bank faoliyatining 
alohida olingan 
jarayonlari tahlil 
qilinadi
TAHLIL MAZMUNI BO‘YICHA


13
Tahlilning mazmuniga ko‘ra amalga oshiriladigan tahlillar uning mazmu-
ni va ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra yuqorida ko‘rib o‘tilgan tahlil subyektla-
rining barchasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Lekin, lokal va tematik tahlil asosan ichki tahlil sirasiga kiradi.
Kompleks tahlil asosan bankning ma’lum bir hisobot davridagi faoliyati-
ni o‘rganishga qaratilmog‘i lozim. Lokal tahlilda bankning ma’lum bir fi liali 
faoliyati yoki ma’lum bir faoliyat turi, masalan, kredit operatsiyalari tahlil 
qilinadi. Tematik tahlilda faoliyatning ayrim turlari, ularni yanada samarali-
roq tashkil etish maqsadida o‘rganiladi.
Tahlil qilinayotgan davrga ko‘ra bank faoliyati tahlili quyidagicha tasnif-
lanadi.
3-chizma
Operativ, joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki tahlili hisoblanadi. 
Ular asosan amalga oshirilayotgan bank operatsiyalarini baholash, unga 
ta’sir etayotgan omillarni aniqlash, kelgusida faoliyat samaradorligini oshi-
rish uchun istiqbolli chora-tadbirlar belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Operativ tahlil odatda har bir operatsiyani amalga oshirishi uchun mas’ul 
bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Joriy va istiqbolli tahlillar 
bankning ichki apparati tomonidan amalga oshiriladi. Qaror qabul qilish 
uchun bank boshqaruviga taqdim etiladi. Bank boshqaruvi tahlil natijalarini 
umumlashtirgan holda faoliyat samaradorligini yaxshilash yuzasidan Qaror-
lar qabul qiladi.
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda tahlil boshqaruv obyektiga qarab 
moliyaviy va boshqaruv tahliliga ajratilishi ham ta’kidlab o‘tilgan. 
Operativ
Bank 
operatsiyalarini 
amalga oshirish 
jarayonida amalga 
oshiriladi
Joriy
Ma’lum 
muddatda 
(kundalik, 
haftalik, oylik) 
o‘tkaziladi
Istiqbolli
Kelgusi davrda 
bank strategik 
rejalarini aniqlash, 
biznes rejani 
muvofi qlashtirish 
maqsadida 
o‘tkaziladi.
TAHLIL DAVRI BO‘YICHA


14
Moliyaviy tahlilda pul mablag‘larining harakati, daromadlar tarkibi va 
miqdori, xarajatlar tarkibi, moliyaviy natijalari, moliyaviy resurslar, moli-
yaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va faoliyat rentabelligi kabilar hisob tizimi 
va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘rganiladi. 
Boshqaruv tahlilida asosan bankka chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini 
samarali boshqarish, passiv va aktiv operatsiyalarini muvofi qlashtirish, kredit 
portfelini boshqarish, mehnatning tashkil etilishi, asosiy vositalar va yordam-
chi materiallardan samarali foydalanish, daromad va xarajatlarni boshqarish 
kabilar nazarda tutiladi.
Yuqorida bildirilgan fi krlarni xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bank faoli-
yati tahlilining turlari har xil bo‘lishiga qaramasdan, ulardan tahlil jarayonida 
o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning mazmun-mohiyatiga qarab turli usullarni 
qo‘llab, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlar va bu farqlarni 
keltirib chiqargan omillar aniqlanadi.
Bank faoliyati tahlili jarayonida ma’lum bir bankning faoliyatini boshqa 
bir bankining faoliyati bilan taqqoslab o‘rganish ham muhim ahamiyatga 
ega.
Bir bankning hududlardagi fi liallari faoliyatining turli jabhalarini taqqos-
lash orqali, Bank boshqaruvi ilg‘or amaliyot tajribasini ommalashtirish 
imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi 
banklari assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgan «Axbor Reyting» kompani-
yasi tomonidan mavjud barcha tijorat banklarining har choraklik va yillik 
faoliyatlari natijalari xalqaro andozalarga asoslangan holda tahlil qilinadi.
Uning natijalariga asosan bank faoliyati baholanadi. Bu o‘z navbatida, 
banklar tomonidan raqobat muhitida uning raqobatbardoshligini oshirish 
uchun faoliyatining qaysi jihatlarini samarali boshqarish haqida chora-tadbir-
lar belgilashiga yordam beradi.
Bank faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilishda statistikada 
qo‘laniladigan guruhlash, iqtisodiy indekslash, zanjirli almashtirish, balans, 
korelyatsiya, regretsiya, matritsa kabi uslublardan har tomonlama foydala-
niladi. Hozirgi zamon bank texnologiyalari, matematik dasturlardan oqilona 
foydalanish faoliyat tahlilining tezkorligi va samaradorligini oshiradi.


15

Download 1.28 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish