Bank menejmentining mohiyati va zarurligi




Download 444 Kb.
bet1/21
Sana01.05.2023
Hajmi444 Kb.
#55269
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Menejment va marketing
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI

Bank menejmentining mohiyati va zarurligi
Bank faoliyatini kompleks tarzda boshqarish tizimi — bank menejmenti. Kompleks boshqaruv deganda, bank faoliyatini barcha yo'nalishlar bo'yicha ishlarini tashkil etish tushuniiadi. Boshqaruvni samarali tashkil qilish uchun har bir bank o'zining barcha tarmoqlariga alohida e'tibor qaratishi lozim. Chunki bank moliyaviy tashkilot, uning har bir holati mijozlar e'tiborida bo'ladi. Mijozlar ishonchini oqlash va ularning ko'ngliga yo'l topa olishi — juda og'ir va mas'uliyatli vazifa.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklardan raqobatbardosh bo'lishlik talab qilinadi. Raqobat muhitida o'z yo'lini topib ketish va moliya bozorida o'z o'rniga ega bo'lish, faqatgina boshqaruvni yuksak darajada tashkil etgan banklargagina nasib qilishi mumkin.
Bank faoliyatini samarali boshqarish va eng muqobil qarorlarni qabul qilish uchun boshqaruvchidan bank menejmentining mohiyatini aniq bilish talab qilinadi.
Bank menejmentining mohiyati uning obyektlaridan kelib chiqadi. Bank menejmentining obyekti bo'lib quyidagilar hisob-lanadi:
bank ma 'muriy tizimi — bankning boshqaruv organlari va tarkibiy tuzilishi;
bank xodimlari — bank bilan tuzilgan shartnomaga asosan bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi va operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi bank mutaxassislari;
bank xizmatlari — amaldagi qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bilan belgilangan, Markaziy bank tomonidan ruxsat etilgan va bankning «Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsen-ziya»sida ko'rsatilgan, bank tomonidan mijozlarga taklif etiladigan xizmat turlari;
bank sarmoyasi — bank muassislarining bank nizom sar-moyasirii shakllantirish uchun joylashtirilgan mablag'lari va bankning boshqa o'ziga tegishli bo'lgan mablag'lar (qo'shilgan kapital, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda va boshqalar);
bank majburiyatlari — bankning qarshi tarafga bo'lgan qarzlarining barcha ko'rinishlari. Bunga yuridik va jismoniy shaxs-lardan jalb qilingan va talab qilib olingan jamg'arma, muddatli va boshqa depozitlar (omonatlar), bank tomonidan olingan kreditlar va boshqalar kiradi;
bank aktivlari — bank faoliyatini amalga oshirishdagi faol harakatdagi mablag'lar bo'lib, ular bevosita va bilvosita daromad keltiradi;
bank daromadlari — bank amalga oshirgan operatsiyalaridan olgan xizmat haqi;
bank xarajatlari — bank faoliyatidagi barcha xarajatlar;
bank axborotlar bazasi — bank faoliyati haqidagi barcha ma'lumotlar.
Bank menejmentining mohiyati — yuqorida sanab o'tilgan obyektlarni boshqarishga qaratilgan faoliyatdir.
Bank menejmentining subyektiga quyidagilar kiradi:
• bank aksiyadorlar umumiy yig'ilishi;
• bank kengashi;
bank boshqaruvi;
• bankning takibiy bo'linma va boshqarmalari (boshqaruv devoni);
• bank rahbarlari va mutaxassislari.
Bank faoliyatini samarali boshqarish — bozor munosabatlari sharoitida juda muhim. Bu boshqaruv obyektlarining boshqarilish darajasiga qarab belgilanadi. Bank boshqaruvining zarurligini quyidagilardan ham bilishimiz mumkin:
birinchidan, bank — moliyaviy muassasa, bozor infratuzilma-sining asosiy tarkibiy qismi, shuningdek, iqtisodiyotda pul muo-malasini ta'minlovchi muassasa. Shunday ekan, pul muomalasini ta'minlash va davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish, milliy valuta barqarorligini ta'minlashda banklar bevosita ishtirok etadi. Agarda, banklar yuqoridagi vazifalarni to'g'ri bajara olmasa va tadbirlarni to'g'ri tashkil qila olmasa, jamiyatdagi pul muomalasiga, davlat pul-kredit siyosatining amalga oshishiga, milliy valutamiz qadrining oshishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin;
ikkinchidan, bank, asosan, mijozlarning mablag'lari bilan ishlaydi, bu esa bankdan mijozlardan jalb qilingan mablag'larni boshqarish zamratini tug'diradi. Chunki banklar yuridik va jismoniy shaxslardan mablag'larni foiz to'lash va ma'lum muddatda qaytarib berish sharti bilan oladi. Mijozlarga foizlarni to'lash va bankning o'zi ham foyda ko'rgan holda mijozlarga mablag'larni qaytara olish uchun bank jalb qilingan mablag'larni daromad ko'rish yo'na-lishlariga, xatarlarni hisobga olgan holda joylashtirishi lozim. Bundan ko'rinadiki, mijozlar mablag'larini jalb qilish sohasida ham menej-mentning o'rni beqiyos;
uchinchidan, ma'lumki, bank kapitali aksiyadorlar sarmoyasi-dan shakllanadi, aksiyadorlar o'z mablag'larini, albatta, daromad ko'rish maqsadida bu sohaga sarflaydi. Aksiyadorlarning daromad ko'rishlari uchun ham bank mablag'larni daromad ko'rish yo'nalishlariga xatarlarning oldini olgan holda joylashtiradi. Aksiyadorlarga daromad kelishini ta'minlash uchun ham menej-ment zarurdir;
to'rtinchidan, hozirgi davr — taraqqiyot davri, iqtisodiyot doimiy rivojlanishda, banklar faoliyatida ham yangidan yangi islohotlar amalga oshirilmoqda, bank xizmat turlarini takomil-lashtirish, yangi bank operatsiyalarini amaliyotga joriy etish, bank faoliyatini xalqaro darajaga yetkazish uchun bank menejmentining o'rni beqiyos.
Bank menejmenti iqtisodiyotning barcha tarmoqlari faoliyatida ham keng o'rin tutadi, chunki barcha korxona, tashkilotlar, muassasalar o'zlarining moliyaviy ishlarini banklar orqali amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, bank menejmenti ham obyektiv, ham subyektiv jihatdan zarurdir.

Download 444 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 444 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank menejmentining mohiyati va zarurligi

Download 444 Kb.