|
Bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 16,9 Kb. | | #235897 |
Bog'liq bankomat
bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama;
valyuta qimmatliklari — naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin;
inkassatsiya punkti — bozor va savdo majmualari hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari tomonidan inkassatsiya sumkalariga (qoplariga) solingan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati xodimiga topshiriladigan maxsus joy (xona);
inkassatsiya xizmati — xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek banklar, banklarning filiallari va alohida bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish xizmati;
qayta sanash kassasi — bank ish kuni davomida inkassatorlar guruhi tomonidan yig‘ib kelingan hamda kechki kassa xodimlaridan qabul qilib olingan inkassatsiya sumkalaridagi (qoplaridagi), shuningdek qayta sanash uchun kassa mudiri tomonidan topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanashga mo‘ljallangan kassa;
kassa operatsiyalari — kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish, qayta sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash, almashtirib berish hamda inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirish;
kassa tarmog‘i — naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish hamda ularning but saqlanishini ta’minlash uchun tashkil etilgan kirim, chiqim, qayta sanash va kechki kassalar hamda pul omborlari joylashgan hudud;
kassa hujjatlari — belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish uchun, shuningdek inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar;
kechki kassa — bank ish kuni yakunlanganidan so‘ng, inkassatorlar guruhidan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan yoki bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish hamda ish kuni uzaytirilgan kassalarda ish yakunlangach, ulardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini qabul qilib olish, shuningdek dam olish va bayram kunlari ishlaydigan kassalarga madad pullarini berish uchun tashkil etilgan kassa;
qimmatliklar — bank kassa tarmog‘iga saqlash uchun yoki garov ta’minoti sifatida topshirilgan va o‘z qiymatiga ega bo‘lgan barcha qimmatliklar (qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan buyumlar, saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, qat’iy hisobda turuvchi blanklar).
kirim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bank ish kuni davomida kirim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib oluvchi kassa;
naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan turli nominallardagi banknot va tangalar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan pullar;
pul ombori — bank binosining kassa tarmog‘i joylashgan hududda tegishli texnik talablar asosida qurilgan hamda naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun mo‘ljallangan ombor;
sayyor kassa — bankning maxsus jihozlangan avtomashinasida joyiga chiqqan holda, jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga asosan, to‘lovlarni naqd pulda yoki bank kartalari orqali qabul qilib oluvchi kassa;
slip — bank kartasidan foydalanilgan holda terminal yoki bankomatda kirim yoki chiqim operatsiyalari bajarilganligini tasdiqlovchi va o‘zida bajarilgan operatsiyalarning summasi, turi, sanasi, shuningdek bank kartasi, terminal yoki bankomatni identifikatsiya ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi terminal yoki bankomat kvitansiyasi;
chakana amaliyotlar kassasi — bank ish kuni davomida jismoniy shaxslardan kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish yoki chiqim qilish, shuningdek ularning bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana kassa xizmatlarining boshqa turlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan kassa;
chiqim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank ish kuni davomida chiqim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni chiqim qiluvchi kassa.
Oldingi tahrirga qarang.
inkassa xonasi — naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkani (qopni) bevosita mijozdan qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan xona.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mazkur Yo‘riqnoma maqsadlari uchun tijorat banki, bank va bank filiali deganda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda xos raqam (bank kodi)ga ega bo‘lgan tijorat banki filiallari, amaliyot boshqarmalari, bank xizmatlari ofislari (markazlari) va boshqa alohida bo‘linmalar tushuniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga
|