• Abstrakt fikrlash - i
  • Mantiqiylik
  • Barchamizga ma’lumki, XXI asr globallashuv davri, texnika asri deyiladi Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi




    Download 0.82 Mb.
    bet6/16
    Sana31.10.2022
    Hajmi0.82 Mb.
    #28680
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    4, 1683790595, Сохранение видеоданных в MMBD
    Abstraktlashtirish – tekshirilayotgan ob`ektlarning hususiy, unchalik e`tiborga molik bo`lmagan jihatlarini soqit qilib, uning mohiyatini ochib beruvchi hossalarini ajratish va o`rganishdir.
    Abstraksiya vositasida tafakkurning umumlashtirilgan natijalari shakllantiriladi, ular fikran boshqa xodisalar ichidan ajratib olinadi, bu esa ular orasidagi bog`lanishlarni tadqiq etish imkonini beradi.
    Abstrakt fikrlash - ijodiy yondoshishning majburiy shartidir.
    Konkretlashtirish - bu umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e`tibordan soqit qilingan, oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet va xodisalar bilan bog`lab, shu predmet va hodisa haqida aniq bir fikr xosil qilishdir.
    Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish tafakkurdagi bir mantiqiy amalning turli tomonlaridir. Tadqiqotchi umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish usullari asosida tafakkur jarayonida yangi nazariy bilimlarni hosil qiladi. Bu usullarning har uchalasi tafakkur jarayonida doimo birgalikda qo`llanilib, bir-birlarini to`ldirib boradi.
    Tarixiylik – bu o`rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo`lishi, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini, uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga oid usuldir. Tarixiylik deganda, tadqiq etilyotgan predmet yoki hodisaning konkret sharoitda paydo bo`lishi, yashashi, rivojlanish va yemirilish yoki yo`q bo`lishidan iborat jarayonning tafakkurda ifodalanishi tushuniladi.
    Mantiqiylik esa, ana shu tarixiylikning tadqiqotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashtirilgan, konkretlashtirilgan, qisqartirilgan, tasodiflardan tozalangan abstrakt konkretlik shaklidagi ifodalanishidir.
    Mantiqiylikda tarixiylikning eng zarur va eng asosiy tomonlari, xususiyatlari, qonuniyatlari ifodalanadi. Tarixiylik va mantiqiylik o`zaro chambarchas bog`liq. Tadqiqotchi biron bir ob`ekt ustida izlanishlar olib borganida ilmiy bilishning bu usullarini to`g`ri qo`llashi lozim. Haqiqatan ham, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning real tarixini to`g`ri o`rganib chiqmay turib, uning mohiyatini to`g`ri ifodalab bo`lmaydi.
    Keyingi vaqtda EXM va kompyuterlarning yaratilishi, ularning ishlab-chiqarishga keng joriy etilishi, matematik usullarning konkret fanlar sohalarida samarali qo`llanilishi formallashtirishi va modellashtirish kabi yangi usullarning paydo bo`lishiga olib keldi.
    Ilmiy tadqiqotning formalashtirish metodining asosini matematik abstraklashtirish tashkil etadi.

    Download 0.82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barchamizga ma’lumki, XXI asr globallashuv davri, texnika asri deyiladi Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi

    Download 0.82 Mb.