Bellashuv uz Fizika 2-variant Физика




Download 94,3 Kb.
bet3/4
Sana03.04.2021
Hajmi94,3 Kb.
#14080
1   2   3   4
9-sinf fizika 3-variant
1. Har birining diametri 1 mm bo‘lgan 8 ta simob tomchisi birlashib, kattaroq tomchi hosil qildi. Bunda qanday issiqlik miqdori (µJ) ajralib chiqqan? Simobning sirt taranglik koeffitsiyenti 470 mN/m.

A) 1 B) 3 C) 6 D) 10

2. Agar avtomobil 23 m/s tezlik bilan harakatnalayotgan bo’lsa, shina va yo’l orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,4 ga teng deb olib, svetoforning qizil chirog’i yonib turganda, chorrahadan qanday minimal masofada haydovchi tormoz bera boshlashi kerak?

A.66m. B. 70m. C. 76m. D. 53.5m

3. Massasi 100 kg va uzunligi 4 m bo‘lgan bir jinsli to‘sin uchlaridan bir xil uzoqlikdagi tayanchlarda yotibdi. Tayanchlar orasidagi masofa 3 m. To‘sinning bir uchini bir oz ko‘tarish uchun kamida qanday yuqoriga yo‘nalgan kuch qo‘yish kerak (N)? g=10 m/

A) 400 B) 429 C) 455 D) 800

4. 7000 km radiusli sferik sayyorada sutkaning davomiyligi 10 soatga teng. Uning ekvatorida

joylashgan nuqtalar sayyoraning sutkalik aylanishi hisobiga qanday (m/s) tezlikka ega bo‘ladilar?

A) 698 B) 872 C) 1222 D) 1432

5. Gidravlik kichik porshenining yuzasi 4 sm2, kattasiniki 500 sm2. Agar kichik porshenni 25 sm/s tezlik bilan tushirsak, katta porshen qanday tezlik bilan ko’tariladi (sm/s)?

A) 0,2 B) 0,1 C) 0,6 D) 0,4

6. Daryo oqimiga qarshi harakatlanayotgan katerdan chambar tushib ketdi.Bundan 15 minut o’tgach kater burilib, orqaga harakatlana boshladi.Burilganidan necha minut o’tgach u chambarga yetib oladi?

A. 15. B.20. C.30. D. 18.

7. Metall sterjenning absolyut va nisbiy uzayishi mos ravishda 2 mm va 0,1% bo`lsa, deformatsiyalanmagan sterjenning uzunligi qanday (m)?

A) 0,2. B) 2. C) 1. D) 20.

8. Kuch momenti, bu - …

A) kuchning kuch yelkkasiga ko’paytmasi

B) kuchning ta’sir vaqtiga ko’paytmasi

C) kuchning qisqa vaqtli ta’sir holati

D) kuchning ta’sir vaqtiga nisbati

9. Moddiy nuqtaning harakat tenglamalari x=7+4t va y=5+3t ko'rinishda bo'lsa, u dastlabki 2 s da qanchaga ko'chadi (m)?

A) 10 B) 13 C)14 D) 19

10. Yomg’ir tomchilari 6,6 m/s tezlik bilan tik tushmoqda. Truba qiya o’rnatilgan arava gorizontal sirt bo’ylab chapga 2,2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Tomchilar truba ichida o’qiga parallel harakatlanishi uchun truba qaysi tarafga og’gan bo’lishi va vertical bilan qanday burchak tashkil etishi kerak?

A) chapga, B) o’ngga,

C) chapga, D) o’ngga,

11. 70 kg massali havo shari 5 tezlanish bilan ko’tarilmoqda. Uning vazni (N) qanday?

A) 350 B) 700 C) 0 D) 1050

12. Koptok 3 m balandlikdan polga tushdi va poldan qaytib ko’tarilayotganda 1 m balandlikda tutib olin-di. Koptokning yo’li va ko’chishini toping (m).

A) 3 va 1 B) 4 va 2 C) 4 va 1 D) 3 va 2

13. O’tkazgich uzunasiga shunday ikkiga ajratildiki, ularning ko’ndalang kesim yuzalari 2:3 nisbatda bo’ldi. Shu ikki bo’lak ketma-ket ulansa, keyingi qarshilik dastlabkisiga nisbatan qanday o’zgaradi?


A) 25/6 marta ortadi B) 25/12 marta ortadi

C) 25/6 marta kamayadi D) 3/2 marta ortadi

14. Xona isitilganda temperatura 15 dan 27C gacha ko‘tarildi. Bunda xonadagi molekulalar soni qanday o‘zgargan?

A) 5% ortgan B) 4% kamaygan

C) 8% kamaygan D) o‘zgarmagan

15. Barcha to‘g‘ri tasdiqlarni ko‘rsating: 1) har bir tur atom va molekulalar uchun shunday muvozanat masofasi bo‘ladiki, bu masofada ularning tortishish kuchlari itarishish kuchlariga teng bo‘ladi; 2) agar molekulalar orasidagi masofa muvozanat masofasidan kichik bo‘lsa, itarishish kuchlari tortishish kuchlaridan katta bo‘ladi; 3) agar molekulalar orasidagi masofa muvozanat masofasidan kichik bo‘lsa, tortishish kuchlari itarishish kuchlaridan katta bo‘ladi; 4) agar molekulalar orasidagi masofa muvozanat masofasidan katta bo‘lsa, itarishish kuchlari tortishish kuchlaridan kichik bo‘ladi; 5) agar molekulalar orasidagi masofa muvozanat masofasidan katta bo‘lsa, itarishish kuchlari tortishish kuchlaridan katta bo‘ladi.

A) 1, 2 va 4 B) 1, 3 va 5 C) 2 va 5 D) 3 va 4

16. Idishda azot (N2), kislorod (O2) va neon (Ne) aralashmasi bor. Ularning nisbiy atom massalari mos ravishda 14, 16 va 20 ga teng. Qaysi gaz molekulasining issiqlik harakati o‘rtacha kinetik energiyasi eng katta bo‘ladi?

A) azotniki B) kislorodniki C) neonniki D) barcha gazlarniki bir xil

17. Yopiq idishdagi suv shunday isitildiki, hosil bo‘lgan bug‘ning zichligi 1 ga teng bo‘ldi. Bug‘dagi qo‘shni molekulalar orasidagi o‘rtacha masofa suvdagi shunday masofadan necha marta kattaligini baholang.

A) 3 B) 10 C) 100 D) 1000

18. Vertikal osilgan mis simning uzunligi qancha bo’lganda u o'z og’irligi ta'sirida uzila boshlaydi? Misning mustahkamlik chegarasidagi bosimi P ga teng. Sim zichligi ρ ga teng.

______________________________________________________

19. q1=3q va q2=5q zaryadli ikkita bir hil metall sharcha bir-biriga tekkizildi va avvalgi vaziyatiga qaytarildi. Bunda ularning o’zaro ta’sir kuchi necha marta ortadi?


Download 94,3 Kb.
1   2   3   4




Download 94,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bellashuv uz Fizika 2-variant Физика

Download 94,3 Kb.