|
Web dasturlash tillari frontent va backend
|
bet | 5/13 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,95 Mb. | | #242022 |
Bog'liq YARILKASINOV ASAN ONGARBAY ULI 1.2. Web dasturlash tillari frontent va backend
Frontent
2-rasm
Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz. Asosan o'raganish kerak bo'lgan manbalar bo'lar(Frontend uchun)
Front-End quyidagi texnologiyalar o'rganiladi (mana shu ketma ketlikda):
Html5
Css3
JavaScript (Es6)
Bootstrap
jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular
Sass
3-rasm
Web-dasturchi (inglizcha: Web developer) — mijoz-server modeli yordamida Butunjahon oʻrgimchak toʻri dasturlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan yoki u bilan shugʻullanadigan dasturchi. Ilovalar odatda mijoz uchun HTML, CSS va JavaScript, React js, server uchun PHP, ASP.NET (C#), Python, Node.js, Go yoki Javani va mijoz va server oʻrtasidagi aloqa uchun http serveridan foydalanadi. Veb-tarkibni boshqarish tizimi koʻpincha veb-ilovalarni ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatiladi.
4-rasm
|
| |