Bezlar epiteliy to'qimasining hosilasi bo'lib, ularning ko'pchiligi sekret ishlaydigan




Download 109,44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2024
Hajmi109,44 Kb.
#151738
Bog'liq
3-mavzu Bezlar



Bezlar. 
Bezlar epiteliy to'qimasining hosilasi bo'lib, ularning ko'pchiligi sekret ishlaydigan 
hujayralar to'plamidan iboratdir. 
Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bo'lagi va buyrak usti bezining mag'iz moddasi 
nerv to'qimasidan tashkil topgan. 
Barcha organizmdagi bezlar o'z mahsulotini qayerga chiqarishiga qarab 3 guruhga 
bo'linadilar. 
1. Ekzokrin bezlar – mahsulotlarini tashqi muhitga chiqaradilar. 
2. Endokrin bezlar o'z mahsulotlarini organizmning ichki muhiti hisoblangan 
qon va limfaga chiqaradi. 
3. Aralash bezlar (me'da osti va jinsiy bezlar). 
Bezlar bir hujayrali va ko'p hujayrali bo'ladilar. Bir hujayrali bezlarga ayrim 
endokrin hujayralar va qadahsimon hujayralar kiradi. Bir hujayrali enlokrin bezlar 
turli ichki a'zolarda joylashganbo'lib, biologik aktiv moddalar – garmonlarni 
ishlaydi. 
Ko'p hujayrali bezlar barcha organizmdagi bezlarning ko'pchiligini tashkil qilib, 
biriktiruvchi to'qimali parda ichida joylashadi. 
Ekzokrin bezlarning ikki qism: 1) sekretor – oxirgi bo'lim yoki parenxima va 2) 
sekret chiqaruvchi naylari farq qilinadi. 
Oxirgi bo'limda bez hujayrari bazal membranada ko'pincha bir qavat bo'lib 
joylashadi (ёg' bezlaridan tashqari). Bazi bezlarda sekretor hujayralardan tashqarii 
oxirgi bo'limlarda qisqarish funksiyasini bajaruvchi mioepitelial hujayralar bo'ladi. 
Bezlar sekret chiqaruv yo'llarining tuzilishiga qarab tarmoqlangan va 
tarmoqlanmagan bo'ladilar. Oxirgi bo'limlar ham tarmoqlangan va 
tarmoqlanmagan bo'lishi mumkin. Bezning oxirgi bo'limi shakliga qarab naysimon
alveolyar, naysimon-alveliolyar bo'ladi. Bez hujayralaridan sekret ajralishi tipiga 
qarab merokrin, apokrin va golokrin bezlarga bo'linadi.Bez hujayralari mahsulot 
chiqarganda hujayra butunligi buzilmasa merokrin bezlar deyiladi (sulak, ter 
bezlari va b.q.).Apokrin bezlarga sut va ayrim ter bezlari kirib, mahsulotini 
chiqarganda bez hujayralarning apikal qismlari ham sekret bilan qo'shilib ketadi. 


Golokrin bezlarga ёg' bezlari misol bo'lib, hujayralar faoliyati davomida to'liq 
sekretga aylanadi. O'rnini bazal membranada joylashgan kam differensiyalashgan 
hujayralar bo'linishidan hosil bo'lgan yangi yosh hujayralar to'ldirib turadilar. 
Ekzokrin bezlar ishlagan mahsulotining tarkibiga qarab: oqsil, shiliq, aralash va 
moy tabiatli bo'ladi. 
Bez hujayralarda organellalar ayniqsa endoplazmatik to'r, Goldji kompleksi yaxshi 
rivojlangan. Ayrim bez hujayralarida hujayra ichi kanallari ham bo'ladi. 
Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishiga 
sekretor sikl deyilib, uning beshta fazasi farq qilinadi
1. Hujayrada sekret ishlash uchun zarur bo'lgan oziq moddalarning to'planishi. 
2. Hujayra organellalari tomonidan sekretni sintezlanishi. 
3. Sekretor moddaning yetilishi. 
4. Yetilgan sekretor moddaning to'planishi. 
5. Sekretni hujayradan ajralib chiqishi. 
Birinchi fazada bazal membrana orqali qon va limfadan hujayraning bazal 
plazmatik membranasi orqali sekret uchun kerakli bo'lgan neorganik tuzlar, suv, 
aminokislotalar, monosaxaridlar, ёg' kislotalari va boshqa moddalar uning 
sitoplazmasiga o'tadi. So'ngra endoplazmatik to'rda organik moddalar hosil bo'lib, 
Goldji kompleksi zonasida yetiladi so'ngra granula shaklida shakllanadi. Sekret 
donachalar hujayraning apikal qismida to'plangandan so'ng bez oxirlari 
bo'shliqlariga ajralib, sekret chiqarish naylari orqali tashqi muhitga ajratiladi. Bu 
sikl fazalarining davrlari har xil bezlarda turlicha davom etadi. 

Download 109,44 Kb.




Download 109,44 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bezlar epiteliy to'qimasining hosilasi bo'lib, ularning ko'pchiligi sekret ishlaydigan

Download 109,44 Kb.
Pdf ko'rish