• Bank xuquqining predmeti
  • Bia-98-2-guruh talabasi Sotimov Sardorbek Jumanazr o’g’li




    Download 34.83 Kb.
    bet1/4
    Sana01.01.2023
    Hajmi34.83 Kb.
    #37367
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Bank huquqi


    BIA-98-2-guruh talabasi
    Sotimov Sardorbek Jumanazr o’g’li

    13-variant


    1. Aksiyadorlik jamiyati sifatida bankning huquq va majburiyatlari.
    2. Investitsion kreditning huquqiy asoslari
    3. Bank, bank faoliyati, uning huquqiy asosi, bank faoliyatini litsenziyalash, bank operatsiyalari.

    Javobi:

    1. Banklar faoliyati bozor munosabatlarining xoxlagan boshqa sub’ektlari faoliyatidan farq qilib birinchidan, banklarning faoliyati asosiy vositasi yoki dastagi faqat pul mablag‘lari hisoblanadi. Ikkinchidan, banklar asosan, o‘z mablag‘lari emas, balki jalb qilingan mablag‘lar yoki mijozlarining mablag‘lariga tayanib faoliyat olib boradi va shu bois, uchinchidan, banklar o‘z aksiyadorlari va mijozlari, kreditorlari oldida majburiyatga ega sub’ekt hisoblanadi.

    Bank xuquqi – moliya xuquqining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga ommaviy – xuquqiy va xususiy – xuquqiy xarakterga ega bo‘lgan me’yorlar jamlanmasini oladi va u bank faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan.
    Bank xuquqining predmetibank tizimini shakllantirish, faoliyat ini yuritish va uni rivojlantirish jarayonida yuzaga keluvchi ommaviy iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston
    Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va kredit tashkilotlari tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida, aholi, tashkilotlar va davlat manfaatlari uchun davlat organlari tomonidan bank tizimini faoliyati nazorat qilinganda vujudga keluvchi ommaviy huquqiy munosabatlarni ham bank huquqining predmeti hisoblanadi.
    Bank qonunchiligining haqiqiy ijobiy imkoniyatlari muammoni hal qilish, sifat va miqdoriy talablarni muvofiqlashtirish uchun belgilanadi. Bu esa ma’lum vaqt va ma’lum bir sarf-xarajatlar va resurslar sarflanishini talab etishi mumkin. Shu bilan birga, bunday xarajatlarning hisobga olinishi rentabellikni va pul aylanishini qisqartirishi, mijozlarning bank faoliyatiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishga va boshqalarga olib kelishi mumkin.

    Download 34.83 Kb.
      1   2   3   4




    Download 34.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bia-98-2-guruh talabasi Sotimov Sardorbek Jumanazr o’g’li

    Download 34.83 Kb.