Bino va inshootlarning ichki muhitini salbiy ta’sirlardan ekologik himoya qilish




Download 63,21 Kb.
bet4/6
Sana12.01.2024
Hajmi63,21 Kb.
#136003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bino va inshootlarning ekologik xafvsizligi

9.3. Bino va inshootlarning ichki muhitini salbiy ta’sirlardan ekologik himoya qilish


Uy-joylarning yorug‘lik insolyasiyasi tartibi va mikroiqlim.

Aholining yashashi uchun ekologik xavfsizlikning mezonlaridan kelib chiqib, uy-joylarda har jihat qulay mikroiqlimni32 ta’minlanishi arxitektura qurilish loyihalashda muhim masalalaridan biri hisoblanadi.




Mikroiqlim ostida turar joy binolarining ichki muhitlari hisobga olingan holda qurilish maydonlarida shakllanadigan o‘ziga xos iqlim sharoitini tushunish lozim.
Binolarning ichki muhitini ekologik–gigienik baholashda hisobga olinadigan mikroiqlimning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:

havoning harorati;


haroratning darajalanishi (yotiq va tik bo‘yicha to‘siqlarning va havo haroratining o‘rtasida);

infraqizil radiatsiyaning jadalligi; havoning nisbatan namligi; havoning harakatlanish tezligi.


Yilning issiq davrlarida turar joy va jamoat binolarining mikroiqlimi uchun eng maqbullari quyidagilar hisoblanadi:


havoning harorati 20-25°S;


nisbatan namlik 30-60%;
havoning harakatlanish tezligi kamida 0,25 m/s;
to‘suvchi konstruksiyalarning ichki yuzalarining o‘rtacha harorati 26-300C.

Yilning sovuq davrlarida turar joy va jamoat binolarining mikroiqlimi uchun eng maqbullari quyidagilar hisoblanadi:


havoning harorati 20-22°S;


nisbatan namlik 30-45%;
havoning harakatlanish tezligi kamida 0,1-0,15 m/s;
to‘suvchi konstruksiyalarning ichki yuzalarining o‘rtacha harorati 17-210C.

YUqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlarning hech bo‘lmaganda bittasi buzilsa, uning boshqa barcha ko‘rsatkichlariga ijobiy bo‘lmagan ta’sirni olib keladi. Masalan, havoning kamida 20% namligiga nisbatan insonning terisi shilimshiq bo‘lib qurib qoladi, immunitet tizimi kuchsizlanadi. Inson quyidagi holatda o‘zini shinam his qilmaydi:






      • havoning harakatlanish tezligi 0,1 m/s gacha bo‘lganda;


      • binoning havo harorati o‘rtacha radiatsiya haroratidan 2°S ga past

bo‘lganda.

Ushbu ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, inson organizmida o‘tadigan biologik jarayonlar bilan turar joy binolarining mikroiqlim tartibi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.


Inson organizmiga binoning mikroiqlim ta’sirining yomonligi, isitish manbasi sifatida ishlatiladigan gazning ochiq holatda yonishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari zararli kimyoviy moddalar bilan havoning ifloslanishi, gazning yonishi vaqtidagi harorat 3-6°S ga va namlik esa 10-10% ga ko‘tarilishi mumkin. Kompyuter orqali modellashtirilganda shuni ko‘rsatdiki, bu holatda bino xonalari bo‘yicha havo va issiqlik oqimlarining harakatlanish tezligi sezilarli ravishda notekisligi, shinam bo‘lmagan maydonlarni vujudga kelishini keltirib chiqaradi.


Shuningdek, inson salomatligiga harakatsiz maydonning salbiy ta’siri quyidagi holatda kuchayishi mumkin:


havo almashinuvining qisqa kamayishida;




zich yopilishi bo‘yicha juda takomillashgan eshik va deraza romlarning ishlatilishi oqibatida;


binoda shamollatish tizimlarining reglamenti mavjud emasligi. Binolarning ichki muhitida har jihatdan qulay mikroiqlimni

ta’minlanishi bilan bir qatorda turar joy qurilishi chegarasida ham har jihatdan qulay mikroiqlim tartibini saqlash zarur.





Download 63,21 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 63,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bino va inshootlarning ichki muhitini salbiy ta’sirlardan ekologik himoya qilish

Download 63,21 Kb.