Hayotni molekula darajada o‘rganishning ahamiyati




Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/186
Sana13.05.2023
Hajmi6.63 Mb.
#59241
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186
Bog'liq
biologiya 10 uzb
Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha
Hayotni molekula darajada o‘rganishning ahamiyati. Hayotni mo-
lekula darajada o‘rganishda asosiy e’tibor Yerda hayotning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi, tirik organizmlarning yashashi uchun qulay muhitning vujudga 
kelishiga zamin yaratadigan fotosintez jarayoniga qaratiladi. Quyosh nuri 
ta’sirida xlorofi ll ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalarning 
sintezlanishi fotosintez jarayoni ekanligi sizga ma’lum. Fotosintez jarayonida 
quyoshning yorug‘lik energiyasi organik birikmalarning tarkibidagi kimyoviy 
bog‘lar energiyasi shaklida jamlanadi. Mazkur organik birikmalarning par-
chalanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya hisobiga barcha tirik orga-
nizmlarning yagona va universal energiya manbayi makroergik bog‘larga ega 
ATF (adenozintrifosfat) sintezlanadi. ATF barcha tirik organizmlar, ayniqsa, 
geterotrof organizmlar uchun asosiy energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Fotosintez jarayonining mukammal o‘rganilishi kelgusida sayyoramizda 
hayotning saqlanib qolishi, ekologik muammolarning oldini olish, qishloq 
xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini orttirish omillarini aniqlash imkonini 
beradi.
Hayotning molekula darajasida o‘rganiladigan muammolardan biri 
organik molekulalar tarkibiga kiradigan kimyoviy elementlar, ya’ni makro va 
mikroelementlarning tirik organizmlar tuzilishi va ularda boradigan biologik 
jarayonlarda ishtirokini aniqlash sanaladi. Organik birikmalar tarkibidagi 
makro va mikroelementlar ular bilan birikkan holda biologik tizim shaklida 
muayyan vazifalarni bajaradi. Masalan, xlorofi ll tarkibida magniy, gemoglobin 
tarkibida temir mavjud. Mazkur kimyoviy elementlar yetarli bo‘lgan taqdirda 
makromolekulalar o‘z vazifalarini to‘liq bajara oladi. 
Biosferada hayot molekula darajasining asosiy roli quyosh energiyasini 
o‘zlashtirish, organik birikmalarni sintezlash, irsiy axborotni kodlash va 
uzatish, avlodlar o‘rtasida irsiy axborotning uzviyligi va barqarorligi, fi zik-
kimyoviy jarayonlarning tartibli o‘tishini ta’minlashdan iborat.
Hayotning molekula darajasida yuksak darajada tartiblangan biokimyoviy 
jarayonlar: oqsillar biosintezi (ribosomada), glikoliz (sitoplazmada), nafas olish 
(mitoxondriyada), fotosintez (xloroplastda) sodir bo‘lishi biologik tizimda 
hayot nafaqat hujayra darajasida, balki molekula darajasida o‘rganilishini 
taqozo etadi. Hayotning molekula darajasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan juda 
ko‘p ilmiy muammolar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.

Download 6.63 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186




Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayotni molekula darajada o‘rganishning ahamiyati

Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish