|
Biolog 10 inddBog'liq biologiya 10 uzb Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa MohichaTayanch so‘zlar: glitseraldegid, glukoza, maltoza, saxaroza, fruktoza, selluloza,
xitin, riboza, dezoksiriboza, laktoza, kraxmal, glikogen, geparin, fosfolipidlar,
glikolipidlar, steroidlar.
Savol va topshiriqlar:
1. Gomopolimer va geteropolimer tushunchalarini izohlang.
2. Uglevodlar va ularning guruhlarini aytib bering.
3. Uglevodlarning funksiyalarini aytib bering.
4. Lipidlar va ularning guruhlarini aytib bering.
5. Lipidlarning funksiyalarini gapirib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Uglevodlarning xususiyatlariga mos
ravishda tegishli raqamlarni yozing. 1) riboza; 2) dezoksiriboza; 3) glukoza;
4) fruktoza; 5) saxaroza; 6) maltoza; 7) laktoza; 8) kraxmal; 9) glikogen;
10) kletchatka.
Uglevodlarning xususiyatlari
Raqam
Uglevodlarning xususiyatlari
Raqam
RNK nukleotidlarning tarkibida
bo‘ladi
DNK nukleotidlarining tarkibida
bo‘ladi
Mevalarda, nektarlarda, asalda
bo‘ladi
Meva shakari
Hayvon kraxmali
Miqdor jihatdan organik mod dalar
orasida birinchi o‘rinda turadi
Sut shakari
Don shakari
Jigarda zaxira sifatida to‘planadi
Hujayralarning asosiy energiya
manbayi
Ptialin, amilaza fermentlari
ta’sirida parchalanadi
Kraxmal, glikogen, sellulozaning
monomeri
Uzum shakari, qon qandi
Tamaki mozaikasi virusida bo‘ladi.
Saxaroza, maltoza va laktoza
tarkibida bo‘ladi
ATF tarkibida bo‘ladi
Yod ta’sirida ko‘k rangga kiradi
Qand lavlagi shakari
6-§. OQSILLAR VA NUKLEIN KISLOTALAR
Oqsillar tarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologik
polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi
darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» –
birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko‘p
jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog‘liq.
Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar,
o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz
beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer
moddalar bo‘lib, ularning monomerlari aminokislotalardir.
|
| |