26
27
suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsil
tarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga teng
deb olish mumkin.
8-rasm. Aminokislotalarning o‘zaro birikishi.
Oqsil molekulasida aminokislotalarning
joylashish tartibi, turning
o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosida
tuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning
hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir
xil funksiyani bajarishiga
qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan
kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq
ham shunchalik katta bo‘ladi.
Oqsil molekulasining tuzilish darajalari (9-rasm).