• Biologiya fanining muammolari.
  • Biolog 10 indd




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/186
    Sana13.05.2023
    Hajmi6.63 Mb.
    #59241
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
    Bog'liq
    biologiya 10 uzb
    Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha, Документ Microsoft Word (3), Mehnat-oila tarbiyasinig sharti sifatida, Презентация давлат хукук тарихидан
    Modellashtirish metodi. Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘l la-
    nilayotgan modellashtirish metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va 
    ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab 
    o‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, 
    ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish 
    orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni 
    yaratildi.
    Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanida hali o‘z yechimini 
    topmagan bir qancha muammolar mavjud. Hayotning, odamning paydo 
    bo‘lishi, bosh miya faoliyati mexanizmlarini o‘rganish orqali tafakkur va 
    xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida 
    to‘qima, organlar va organizm rivojlanishini o‘rganish shular jumlasidan.
    Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya 
    fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan 
    ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan 
    iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan 
    duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi – genlarni 
    sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen – 
    organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali 
    bo‘ladi.
    Insonlardagi irsiy kasalliklarni o‘rganish, ularning oldini olish choralarini 
    ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu 
    muammoni ijobiy hal etish gen muhandisligi va biotexnologiya sohalarining 
    rivoji bilan uzviy bog‘liq.
    Hozirgi vaqtda eng xavfl i hodisalardan biri ekologik muhitning 
    yomonlashayotganligi hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda foydali 
    bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida 
    yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biologiya fani oldida turgan muammolardan 
    biri hayvonlar, o‘simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va 
    amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
    Ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi va shaxsiy hayotda turli 
    kimyoviy moddalardan foydalanish natijasida tobora ortib borayotgan sanoat, 
    transport va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, tabiat ifl oslanishining oldini 
    olish muhim vazifa hisoblanadi. 

    Download 6.63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish