Hujayra ustki yuzasining maxsus tuzilmalari




Download 127.83 Kb.
bet2/61
Sana01.02.2022
Hajmi127.83 Kb.
#16885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Gistologiya javoblari
kadastr 2, EXM 01 КАИ Билетлар tayyori (1), file, bino, 학부입학 전용 2022학년도 외국인 유학, Final FF3 (Speaking), Konchilik korxonalarida qo’llanilayotgan avtomatlashtirish sxemalari, Lesson 3 C sinfdagi maydon va metodlar, ularga murojaatlar, pedagogik-tazhriba-sinovni-tashkil-etish-va-tkazish-metodikasi, poluchenie-i-svoystva-aminievyh-soley-1-gidroksietiliden-difosfonovoy-kisloty, 568, Arduino platasi imkoniyatlari, zulfiya, Asynchronous-Electric-Motors
Hujayra ustki yuzasining maxsus tuzilmalari. Ko`pgina hujayralarning ustki yuzasida - apikal plazmatik membrananing mayda o`simtalari bo`lgan mikrovorsinkalar ko`rinadi. Ko`pincha mikrovorsinkalar betartib joylashadi. Ingichka ichak jiyakli hujayrasining apikal qismidagi mikrovorsinkalar tartibli joylashgan.
Oddiy mikroskopda mikrovorsinkalar jiyaklar holida ko`rinadi, har bir hujayrada mikrovorsinkalar taxminan 3000 ta bo`lib, hujayraning apikal qismi maydonini o`ta kattalashtiradi.
Mikrovorsinkalar murakkab tuzilma hisoblanib, unda yuqorida aytib o`tilgan uch zonani (glikokaliks, plazmatik membrana va ichki zonani) farq qilish mumkin (7-rasm).
Mikrovorsinkaning glikokaliks zonasi nozik ipsimon va donador elementlardan tashkil topgan bo`lib, u glikoproteid va glikolipidlardan iborat. Glikokaliks enterotsit mahsuloti bo`lib, u sitoplazma qobig`ining tarkibiy qismidir. Plazmatik membrana tarkibida juda ko`p gidrolitik va transport ferment sistemalar joylashgan. Bu fermentlar glikokaliks fermentlari bilan bir qatorda moddalarning hujayra ichiga o`tishida katta rol o`ynaydi.
Ichki zona (matriks yoki membrana osti qavati) donachalar, markazda joylashgan 20-40 parellel mikrofibrillalardan va amorf qismdan tashkil topgan. Mikrofibrillalarning bir uchi mikrovorsinkalar uchidagi zich donachada tugab, ikkinchi uchi terminal to`rni hosil qiladi. Tadqiqotchilar fikricha, matriks va mikrofibrillalar ba’zi bir moddalarning so`rilishida muhim o`rin tutadi.
Nafas olish (burun bo`shlig`i, traxeya, bronx) va boshqa ba’zi bir a’zolar hujayralarining apikal qismida kiprikchalar joylashgan bo`lib, ular harakat qilish qobiliyatiga ega

Download 127.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Download 127.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujayra ustki yuzasining maxsus tuzilmalari

Download 127.83 Kb.