Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish yo'llari Miraxmadova Ozoda




Download 5,31 Mb.
bet2/5
Sana29.05.2024
Hajmi5,31 Mb.
#256357
1   2   3   4   5
Bog'liq
Presentation 2

jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o'quvchilarning bilish faoliyati va o'qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg'un ravishda tashkil etilgandagina o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin. O'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish dars strukturasining asosini tashkil etadi. Shu sababli bu masalani chuqurroq o'rganish maqsadga muvofiq. Ta‘lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni talabalar tomonidan o’zlashtirilishi o‘qitish vositalarini to’g’ri tanlash va o’z o’rnida samarali foydalanishni talab etadi. Biologiya darslarida o‘rganilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda ularni yoritish imkonini beradigan tabiiy, tasviriy ko‘rgazmalar, ekran vositalari, o’quv jihozlari, multimedialar, elektron versiyalar va qo‘llanmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Darsning mazmuni va foydalaniladigan ko‘rgazmali vositalar muayyan o‘qitish metodlarini talab etadi. O’qituvchi o‘qitish metodlarining turlarini, ularga mansub uslublarni, foydalanish yo’llarini yaxshi bilishi lozim.

Shuni hisobga olgan holda quyida o‘qitish metodlarining guruhlari haqida fikr yuritiladi. Og’zaki bayon metodlari guruhi o’z ichiga suhbat, hikoya, ma‘ruza metodlarini oladi. O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va o'qitish samaradorligini oshirish masalasi biologiyani o'qitish metodikasi fanining asosiy muammolaridan biri sanaladi. O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o'quvchilarda yuqori darajadagi motiv, bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga bo'lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy me‘yorlarga mos xulqning paydo bo'lishi tushuniladi. Mazkur tipdagi faollik har doim ham vujudga kelavermaydi, faqat o'qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta‘sir ko'rsatishi va qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga keladi. Biologiyani o'qitishda maqsadga muvofiq ta‘sir ko'rsatish va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirishi o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan pedagogik texnologiyalarga bog'liq bo'ladi.


Download 5,31 Mb.
1   2   3   4   5




Download 5,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish yo'llari Miraxmadova Ozoda

Download 5,31 Mb.