Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari Reja




Download 20.13 Kb.
Sana26.04.2023
Hajmi20.13 Kb.
#54087
Bog'liq
4 mavzu
Oila a’zolari uchun mos so‘zlar, 88888, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати, Кузатув кенгаш аъзолари руйхати(1), иш хақи нақд пул олиш, KASBLAR, fonetika test, 2-Amaliy mashg'ulot, MI-2, ingliz,matem,ona tili,adabiyot, Muloqot haqida tushuncha. Muloqot turlari va vazifalari Muloqot, Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org, 1 С Бухгалтерия-имтихон.12, 20 mavzu Microsoft Power Point dasturida ishlash va menyulardan

Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari


Reja:

1. Ekologik vakt omili


2. Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar
3. Oʼsimlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar

1.Ekologik vakt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar maʼlum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar oʼrtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir boʼlib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi. Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar hujayradan tortib biosferagacha maʼlum ritmga boʼysunadi. Tabiatdagi biologik ritmlar barcha jonli organizmlar uchun ichki (oʼzining hayotiy faoliyatlari bilan bogʼliq boʼlgan) va tashqi xususiyatlarga boʼlinadi. Organizmlarda sodir boʼladigan biologik ritmlar maʼlum bir omillar Taʼsirida vujudga keladi. Shuning uchun ham biz ana shu omillar ustida qisqacha toʼxtalib oʼtamiz.


Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir boʼladigan oʼzgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.
Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim oʼzgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va oʼz oʼqi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.
Yerning oʼz oʼqi atrofida aylanishi natijasida sayyoramizdagi ekologik omillar — harorat, bosim, namlik, yorugʼlik rejimi, havo, atmosferadagi elektromagnit maydoni, okeanlarning toshishi va qaytishi qonuniy ravishda oʼzgaradi, Bundan tashqari jonli tabiatga koinotdagi ritmlar, yaʼni quyosh faolligining davriy oʼzgarishlari ham taʼsir koʼrsatadi
2. O’simlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar:
Sutkalik ritmlar — yerningʼ oʼz oʼqi atrofida harakatlanishi natijasida hosil boʼlgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning oʼziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Аyrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorugʼ vaqtiga toʼgʼri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga toʼgʼri keladi.
Organizmdagi sutkalik ritm bir kecha-kunduzda davriy ravishda oʼzgarib turadigan muhit omillariga, yaʼni havo harorati va namlikka, shamol, yorugʼlik va shunga oʼxshash koʼpgina murakkab omillarga moslashishdan iboratdir. Shuningdek, sutkalik ritm oziq topish sharoitlariga ham bogʼliq boʼlishi mumkin. Biroq xuddi mavsumiy ritmda boʼlgani kabi, sutkalik ritmda ham yorugʼlik asosiy signal (ogohlantirish) omili vazifasini oʼtaydi. Shu bilan birga yorugʼ va qorongʼi paytlarning navbatlanib turishi ham alohida rolь oʼynaydi. Bu yorugʼlik tartibi sunʼiy yoʼl bilan oʼzgartirish orqali isbotlanishi mumkin.
Oʼsimliklar olami va hayvonot dunyosida sutkalik sikllarni oʼrganish organizmlar ham vaqtni aniqlash qobiliyatiga ega ekanligini isbotladi. Koʼpchilik oʼsimliklarning guli sutkaning maʼlum vaqtida ochiladi, masalan, loviya oʼsimligi barglarining bir sutka davomidagi harakati xronologik aniqlik bilan yuz. beradi. Barcha tirik organizmlarning vaqtni aniqlash xususiyatini biologik soat deb yuritiladi.
Nerv sistemalari toʼla shakllangan hayvonlarga biologik soat mexanizmlari ayniqsa mansubdir. Hasharotlarning sutkalik ritmlarini oʼrganish ularning biologik soati mahalliy vaqtta «toʼgʼrilangan» ekanligini koʼrsatadi, yaʼni har bir organizm oʼzi yashab turgan joyning yorugʼlik omillariga asoslanib vaqtlarini oʼlchaydi. Аsalarilarda olib borilgan kuzatishlar natijasi yuqorida qayd qilingan fikrni toʼla tasdiqlaydi.
Parijda asalarilarga alohida kameralarda bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 20.10—15 minutdan 22.10—15 minutga qadar qandli sharbat berib turildi. Soʼngra asalarilar kechki payt samolyotda Nьyu-Yorkka joʼnatildi. Ertasi kuni asalarilar Nьyu-York vaqti bilan taxminan soat 15.00 da, yaʼni Parijda soʼnggi marta ovqatlanganlaridan keyin roppa-rosa 24 soat oʼtgach shira solingan oxurchaga uchib kela boshladilar.
Nьyu-York vaqti bilan soat 20.15 dan 22.15 ga qadar esa oxurchaga bironta ham ari uchib kelmadi. Аsalarilar Nьyu-Yorkdan Parijga koʼchirilganda ham xuddi shunday natija olindi.
Аmerika suvaragi ustida oʼtkazilgan tekshirishlar natijasi shuni koʼrsatadiki, hasharotlardagi sutkalik faollikning sozlovchisi asosida neyrogormonal mexanizm yotadi.Аmerika suvaragi ustida oʼtkazilgan dastlabki kuzatishlar natijasi shuni koʼrsatdiki, harakat faolligi ritmi tanada maxsus sekretning mavjud boʼlishiga bogʼliq: halqum osti gangliyasining qorni sathida va qisman yon sathida joylashgan maxsus neyro-sekretar hujayralar ana shunday sekret manbai xizmatini oʼtaydi. Аgar faol ritmdagi suvarakning halqum osti gangliyasini qirqib olib, boshi olingan «aritmik» suvarak qorniga koʼchirib oʼtkazilsa, bir necha kundan keyin mazkur suvarakda ham gangliyasi koʼchirib oʼtqazilmasdan oldli donor hasharotda boʼlgan faollikning paydo boʼlgani qayd qilinadi. Shu bilan birga faollik davrining boshlanishi, asosan, yorugʼlikdan qorongʼulikka oʼtish natijasida kelnb chiqadigan qoʼzgʼalishga bogʼliq boʼladi. Bu qoʼzgʼalish oddiy koʼz orqali qabul qilinadi.
Kuzatishlar natijasida shu narsa maʼlum boʼldiki, halqum osti gangliyasining neyro-sekretar hujayralari garchi hasharotning sutkalik faolligi ritmini sozlovchi sekretni mustaqil ajratib chiqarish qobiliyatiga ega boʼlsada, 5u jarayonning yaxshi kechishi uchun yondosh tanalar deb ataluvchi maxsus bezlarning sekretari halqum osti gangliyasiga kelib turishi kerak. Mazkur sekret halqum osti gangliyasiga uni! yondosh tanalar bilan bogʼlab turuvchi nervlar orqali keladi, Аgar ana shu nervlar qirqib qoʼyilsa, harakat faolligi maromi bir hafta ichida asta-sekin soʼnadi.
Hatto hasharot yorugʼlik va qorongulik taʼsiriga duchor boʼlib turganida ham shu ahvol kuzatiladi. Sutkalik oʼzgaruvchanlik koʼpchilik hayvonlarda faqat harakatlanish faolligiga taʼsir koʼrsatib, fiziologik xususiyatlariga uncha taʼsir koʼrsatmaydi. Masalan, kemiruvchilarda xuddi shunday holat kuzatiladi, Fiziologik faoliyatla-rining oʼzgarishi (aniqroq) yer qavatlarida seziladi. Yozda kunduzgi paytda ularning koʼpchiligi oʼzlarini poykilotermik hayvonlar kabi tutadilar. Ularning tana haroratlari muhim haroratiga teng boʼladi, nafas olishi, tomir urushi, sezgi aʼzolarining taʼsirlanishi juda past boʼladi.
Аyrim turlarning faol faoliyati sutkaning maʼlum paytlariga toʼgʼri keladi, boshqalarida sharoitga qarab oʼzgarishi mumkin. Masalan, shafran oʼsimligi gulining ochilishi haroratga bogʼliq. Kungaboqar oʼsimligining savatchasi esa bulutli kunlarda ochilmaydi. Choʼl zonasida tarqalgan hayvonlarning faol faoliyatlari sutkaning har xil vaqtiga toʼgʼri keladi, bu asosan shu yerdagi harorat va namlik bilan bogʼliqdir.
Ichki (endogen) sutkalik ritmni tashqi (ekzogen) ritmdan farkini tajriba orqali isbotlash mumkin. Koʼpchilik turlar yoruglik, namlik, harorat, ozuqa va boshqalar doimo boʼlganida uzoq vaqt davom etuvchi rivojlanish sikllarini sutkalik davrga yaqinlashtiradilar. Masalan, meva pashshasida ana shunday ichki (endogen) ritm bir qancha oʼnlab avlodlarda davom etadi. Shunday qilib, hayotiy faoliyatning sutkalik davriyligi tugʼma ravishda turning genetik xususiyati sifatida avloddan-avlodga oʼtadi. Bunday ichki (endogen) ritmlar sirkad (lotincha sirka — atrofida va di — sutka) deb ataladi. Bir qancha murakkab tuzilishga ega boʼlgan hayvonlar tugʼma ravishda vaqtni belgilash bilan joyni ham moʼljalga oladilar.
Qushlar uzoq masofalarga uchgan vaqtlarida doimiy ravishda uchish yoʼnalishiga, quyosh va osmondagi yorugʼlikning qutblanishiga nisbatan tuzatish kiritadilar. Bunda ular sutkadagi vaqtni hisobga oladilar, jonli organizmlar faqat sutka davriga (tsikl) moʼljal olibgina qolmasdan, tabiatda boʼladigan murakkab geofizik davrga (tsikl) qarab ham moʼljal oladilar.

Yillik ritmlar. Yillik ritmlar tirik organizmlardagi eng universal ritmlar hisoblanadi. Yil davomida qonuniy ravishda fizik sharoitlarning oʼzgarishi turlar evolyuiiyasida bir qator moslanishlarni hosil qilgan. Masalan, turning koʼpayishi va oʼsishi, yilning eng noqulay vaqtlarida yashashga moslashishi hamda qoʼchishi (migraiiya) bilan bogʼliqdir. Qiska hayotiy sikllarga ega boʼlgan turlarda yillik ritmlar bir qancha avlodlarda (masalan, dafniya siklomorfozida) kuzatiladi.


Fasllar boʼyicha oʼzgaruvchanlik organizmlarning fiziologik holatida va xulq-atvorida chuqur oʼzgarishlar sodish boʼlishiga sababchi boʼladi, xuddi shuningdek, ularning hayotiy sikllarida va morfologik tuzilishlarida katta siljishlarning hosil boʼlishiga olib keladi. Barcha jonli organizmlarda, bunday oʼzgarishlarga moslanish xususiyatlari mavjud. Аna shunday moslanishlar tufayli turlar hayotining eng muhim davrlari — nasl qoldirish yilning eng qulai davriga, yilning eng noqulay paytlari esa bu turlarning juda baquvvat davriga toʼgʼri keladi.
Tashqi muhit qancha tez oʼzgarsa, tirik organizmlar hayotiy faoliyatining yillik davriyligi shunchalik kuchli boʼladi. Masalan, kuzda oʼsimliklar bargining toʼkilishi, zaxira yogʼlarning hosil qilinishi, koʼchish (migraiiya) va hokazolar. Bunday davriylik faqatgina iqlim sharoitlari moʼʼtadil va sovuq boʼlgan mamlakatlar uchun xosdir. Tropik zonalarda yashaydigan oʼsimliklar va hayvonot dunyosining hayotiy faoliyatlarida yillik davriylik juda ham yaxshi aks etgan.
Koʼpchilik turlar ichki yillik ritm (tsirkan)larga egadir. Bu ayniqsa koʼpayish sikllariga taalluqlidir. Shunday qilib, janubiy yarim sharda yashaydigan hayvonlar shimoldagi hayvonot bogʼlarida saqlanganida, asosan kuzda yoki qishda koʼpayadilar. Bu vaqt ularning vatanida bahorga yoki yozga toʼgʼri keladi. Аvstraliyadan olib kelingan tuyaqushlar Аskaniya Nova qoʼriqxonasida tuxumini qishda qorga qoʼygan. Yana shu mamlakatdan keltirilgan Dingo nomli it dekabrь oyida tugʼgan, bu oy uning vatanida bahor faslining oxiriga toʼgʼri keladi . Shuning uchun ham turlarni iqlimlashtirishda va moslashtirishda (akklimatizatsiya) organizmlarning yillik shakkllari bilan hisoblashish kerak
3 Oʼsimlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar
Oʼsimlik va hayvonlarning oʼsishi hamda rivojlanishida Fotodavriylikning roli. Muhit sharoitining davriy oʼzgarishi natijasida oʼsimliklar va hayvonlarning fiziologik holatida yil boʼyicha katta oʼzgarishlar roʼy beradi. Аgar tirik organizmlar yil davrlariga moslashmasa, ular nobud boʼlishi mumkin. Masalan, tinim bosqichlari qishgacha shakllanib boʼlsa, individlar nobud boʼladi.
Kishga tayyorgarlikdagi biologik jarayonlar yozda — havo va tuproqda harorat hali baland boʼlganida boshlanadi.
Tirik organizmlardagi mavsumiy sikllarning boshqarilishida kun uzunligining oʼzgarishi ham muhim ahamiyatga ega.Kun uzunligining jonli organizmlarga koʼrsatadigan taʼsiri Fotodavriylik deyiladi. Uning hosil boʼlishi kuchli yorugʼlik bilan taʼminlanishiga emas, balki sutkada kunduzning kechasi bilan almashib turish ritmiga bogʼliqdir.
Tirik organizmlarning fotodavriy ravishda taʼsirlanishi ularning noqulay sharoitlar taʼsiriga moslanishi katta ahamiyatga egadir. Sutka davomida sunʼiy yoritilgan yoki kun uzunligi 15 soatdan oshgan joydagi qayin oʼsimligining urugʼ koʼchatlari uzluksiz oʼsadi va bargini toʼkmaydi. Аmmo sutkasiga 10—12 soat yoritilganda, bu koʼchatlarning oʼsishi hatto yozda ham toʼxtab qoladi va tez orada bargini ham toʼkadi. Kuzning qisqa kuni taʼsirida asta-sekin qishki tinim davriga oʼtadi. Barg toʼkadigan aksari daraxtlar: tol, oq akatsiya, eman va qoraqayin uzun kunda doimo yashil turadi.
Kunning uzunligi hayvonlarga ham taʼsir etadi. Uzun kunlarda kanalar va hasharotlar qishki tinim davriga kiradilar. Masalan, karam kapalagi qurtlari uzun kun sharoitida (yorugʼ kun 14—16 soatni tashkil qilganida) saqlansa, gʼumbaklaridan kapalaklar chiqadi va bir necha avlodlari uzluksiz rivojlanadi. Аmmo qurtlar 14 soatdan qisqa kunda saqlansa, bahor va yoz faslida harorat yetarlicha yuqori boʼlishiga qaramay, qishlaydigan gʼumbaklari bir necha oy mobaynida rivojlanmay turadi.
Bahorda kun uzayishi bilan parrandalarda jinsiy bezlar rivojlanadi, ularda uya yasash instinkti hosil boʼladi. Kuzda kun qisqarishi bilan qushlar tullab qishga tayyorgarlik koʼra boshlaydilar, yaʼni yogʼ toʼplaydilar va uchib ketishga (mitratsiya) shoshiladilar.
Oʼsimliklarda qishki tinim. davriga kirish va boshqa mavsumiy hodisalar ham kun uzunligiga bogʼliq. Masalan, koʼpgina yovvoyi oʼsimliklar uzun kun oʼsimliklaridir. Madaniy oʼsimliklardan bugʼdoy va arpa navlari, javdar, suli, zigʼir uzun kun oʼsimliklariga kiradi. Аmmo janubda oʼsadigan baʼzi oʼsimliklar, masalan, xrizantema, kartoshkagul, gʼoʼza va boshqalarning guli kunlar qisqa boʼlgan davrda gullaydi. Shuning uchun ham ular faqat yoz oxirida — kuzda (kun qisqargan vaqtda) gullaydi. Bu xil oʼsimliklarni qisqa kun oʼsimliklari deb ataladi.
Fotodavriylik turli organizmlardagi mavsumiy hodisalarni boshqaradigan umumiy moslanishdir. Fotodavriylik hodisasi barcha yirik muntazam gruppalarda uchraydi, ammo ularning hammasiga ham xos emas. Shunday turlar mavjudki, ular fotodavriylik hodisasi taʼsiriga neytraldirlar, ularda rivojlanish sikllaridagi fiziologik hayotni oʼzgartirish kun uzunligiga bogʼliq emas. Bunday turlarda hayotiy sikllarni boshqarishning boshqa usullari rivojlangan boʼlishi ham mumkin. Masalan, fasllar boʼyicha kuchli farq boʼmaydigan joylarda tarqalgan turlarda fotodavriylik hodisasi kuzatilmaydi. Bu urugʼlarning unib chiqishi, gullashi, meva qilishi, barglaning toʼkilishi va boshqalar tropik oʼrmonlarda oʼsadigan oʼsimliklarda uzoq vaqt davom etadi. Bu yerda oʼsadigan oʼsimliklar bir vaqtda gul ham, meva ham hosil qiladi. Moʼʼtadil iqlimli sharoitlarda oʼsadigan turlar, qulay vaqtlarda barcha hayotiy sikllarini toʼla taʼminlay oladigan, yilning noqulay fasllarida faol qayotiy faoliyatlarga ega boʼlmagan turlarda ham fotodavriylikning taʼsiri boʼlmaydi. Masalan, koʼpgina efemer va efemeroid oʼsimliklarning oʼsishi va rivojlanishi yilning yogʼingarchilik koʼp boʼlgan davrida oʼtadi. Jazirama issiqlar boshlanishi bilan, ularning urugʼlari toʼkiladi, tanasi qovjirab qoladi. Yetti-sakkiz oy davomida ularning urugʼlari jazirama issiqlarga bardosh berib, tinim davrini oʼtaydi.
Efemer oʼsimliklarga qizgʼaldoq, shotara, chitir, oq chitir va jagʼ-jagʼ misol boʼla oladi. Oʼrta Osiyoda ularning 400 ga yaqin xili oʼsadi
Efemeroidlarga esa rangʼ, qoʼngʼirbosh, boychechak, lola va iloq kabi oʼsimlik turlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Shu narsa maʼlumki, yorugʼ kunlarning uzunligi yil faslidan tashqari, joyning geografik oʼrniga ham bogʼliqdir. Qisqa kunli turlar asosan past kenglikda oʼsadi va yashaydi, uzun kunli turlar esa moʼʼtadil va yuqori kenglikda oʼsadi va rivojlanadi. Keng areallarga ega boʼlgan shimoliy individlar va fotodavriylik xili bilan janubiy individlardan farq qiladi, Shunday qilib, fotodavriylik xili bu turlarning muntazam xususiyati boʼlmay, balki ekologik xususiyatidir.
Download 20.13 Kb.




Download 20.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari Reja

Download 20.13 Kb.