• 6-ma’ruza: GMO va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlikka ta’siri Reja
  • Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar
  • Mavzu yuzasidan nazorat savollari




    Download 3.04 Mb.
    bet10/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
    1. Genetik modifikasiya qilingan organizmlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari haqida nimani bilasiz?
    2. Oʻsimlik genomiga kiritilgan DNK ni oʻrganish?
    3. Ajratib olingan hujayralar va toʻqimalarining yoʻnalishlari?
    4. Yangi oʻsimlikni kasallikka munosabati va tuproq mikroflorasiga ta’siri?
    5. Gormonlarga bog‘liq boʻlmagan oʻsimlik toʻqimalari?


    6-ma’ruza: GMO va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlikka ta’siri
    Reja:
    1.GMO mahsulotlarini olish usullari.
    2.GMO maxsulotlarini biologik xavfsizlikka ta’siri.
    3. Oziqa mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllanilishi
    Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar: funksional oziqa tayyorlash, biologik xavfsiz, GMO mahsulotlarini olish.
    Ma’ruza mavzusi bayoni
    Fanning har xil tarmoqlari rivojlanib borishi bilan, inson salomatligi va u oziqlanayotgan mahsulotlar orasida uzviy bogʻliqlik borligi tobora yorqinroq oʻz aksini topib bormoqda. Hozirgi davrga kelib, oziqa mahsulotlari yoki ularning tarkibiga kiruvchi alohida komponentlari koʻplab xastaliklarga sabab boʻlishi aniqlangan. Oziqa mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan yangi texnologik jarayonlar yoki yangi ishlanmalar sogʻlom, yuqori sifatli oziqa tayyorlash imkoniyatlarini yaratadi. Sogʻlomlik bilan oziqa mahsulotlari orasida mavjud boʻlgan oʻzaro aloqa oziqa tayyorlashning butunlay yangi yoʻnalishi – «Funksional oziqa» tayyorlash va uni ishlab chiqarish uchun turtki boʻldi. Sogʻlom oziqa iste’mol qilish gʻoyasi yangi boʻlmasdan, u oʻtgan asrning 50-yillarida oziqa mahsulotlarini tarkibini qayta koʻrib chiqish zarurligi haqidagi fikrlarning paydo boʻlishiga olib kelgan edi. Oradan koʻp oʻtmay, 1960- yillarda «tabiatga qaytish» degan i shiorlar paydo boʻlgan edi. Shundan keyin oziqa mahsulotlari tarkibiga kiruvchi: - xolesterin, yogʻlar, shakar va tuzlarning miqdorini kamaytirish zarurligi isbotlab berildi. Bu esa oziqa mahsulotlarini kalloriya miqdorini pasayishiga olib kelgan hamda oziqa mahsulotlarini tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlar mana shu koʻrsatmalarga rioya qilishga majbur boʻlgan edilar.
    Bugunga kelib, oziqa mahsulotlariga boʻlgan talab biroz boʻlsada yana oʻzgardi. Zamonaviy talablarga koʻra, oziqa nafaqat sogʻlom, balki u funksional boʻlishi, ya’ni organizmga maqsadga yoʻnaltirilgan holda ta’sir koʻrsatishi zarur. Jahonda bunday maqsadga yoʻnaltirilgan, funksional oziqa tayyorlash boʻyicha Yaponiya mamlakati karvonboshilik qilib kelmoqda. Bu mamlakatda, oziqa mahsulotlari tayyorlash bilan yuzdan koʻproq yirik kompaniyalar shugʻullanishiga qaramasdan ularning faoliyati, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarninng sifati qattiq nazorat ostiga olingan. Keyingi 10-15 yilda ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan eng katta ahamiyatga molik boʻlgan “Funksional oziqa mahsulotlari” sifatida baliq moyi va oʻsimliklardan olinadigan antioksidantlarni koʻrsatish mumkin. Bu mahsulotlar aterosklerotik hamda qon tomirining boshqa kasalliklarini oldini olish xususiyatiga egadirlar. Zamonaviy nuqtai-nazarga koʻra oziqa mahsulotlari tarkibida karotinni ishlatilishi har xil shish kasalliklarini sodir boʻlishini pasaytirsa, kalsiy tuzlari – osteoporoz xastaligini, maxsus yogʻlar esa yurak-qon tomir xastaliklarini oldini oladi. Organizmga tushgan sellyuloza tolalari inson organizmini yurak qon-tomir xastaliklardan va shish paydo boʻlishidan saqlashi aniqlangan. Sink organizmning har xil yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Magniy yurakning ishemik kasalliklari va oʻtkir yurak xastaliklarini kelib chiqishini oldini oladi. Funksional oziqalarni asosiy komponentlari boʻlib, parhyez tola, oligo- va polisaxaridlar, sut bijgʻituvchi bakteriyalar, organik kislotalar, aminokislotalar, peptidlar, oqsillar, glyukoza, etil spirti, izoprenoidlar, vitaminlar, toʻyinmagan yogʻ kislotalari (ayniqsa antioksidantlik xususiyatiga ega boʻlgan birikmalar) xizmat qiladilar. Funksional oziqadan foydalanish asosan ikki maqsadga xizmat qiladi: organizmga yetarli (kerakli) miqdorda metabolik zarur boʻlgan oziqa komponentlari yetkazib berish va uni (organizmni) har xil kasalliklardan himoya qilish. Yangi oziqa mahsulotlarini tayyorlash uchun yuqumli boʻlmagan, toksin saqlamagan tabiiy komponentlar ishlatilishini e’tiborga olgan holda, bunday mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarish uchun tegishli komponentlarni koʻproq tayyorlash yoki toʻplash eng dolzarb masalaga aylanib qolishini hisobga olish zarur boʻladi. Biotexnologiyaning asosiy vazifasi esa ekologik toza funksional oziqani keng miqdorda ishlab chiqarishdan iboratdir. Biotexnologiya yordamida (fermentativ kataliz, mikroorganizmlarni oʻstirish, hayvon va oʻsimlik hujayralarini koʻpaytirish va h.k.) oziqa mahsulotlarini keng miqdorda tayyorlash imkoniyati yaratiladi. Oziqa mahsulotlarini ishlab chiqarishning biologik bosqichlarini, qator oʻtadigan kimyoviy reaksiyalarni birin-ketinligiga taqqoslash mumkin. Katalizator (ferment) ishtirokida substratni oʻzgarishi tez amalga oshishini e’tiborga olsak, boshqa shunga oʻxshagan reaksiyalardan afzalroq oʻtishini kuzatish unchalik qiyinchilik tugʻdirmaydi. Koʻp asrlar davomida olib borilgan kuzatishlar, mikroblar yordamida (ishtirokida) amalga oshiriladigan oʻzgarishlar, oʻzlarining tezligi va energiyaga boʻlgan muxtojliklari boʻyicha nafaqat kimyoviy reaksiyalardan, balki, boshqa biologik manbalarga nisbatan ham qator ustunliklarga ega ekanliklarini namoyish etganlar. Bizdan avval oʻtib ketgan avlod-ajdodlarimiz hali mikroorganizm degan tiriklik borligidan xabarsiz boʻlgan davrlarda ham ular yordamida xilma-xil oziqa va ichimlik mahsulotlari tayyorlab iste’mol qilishganlar. Mikroorganizmlardan ajralgan fermentlar yordamida tayyorlangan dastlabki mahsulotlar pivo va pishloq (pishloq) boʻlsa ajab emas. Hozirga kelib, fermentlar yoki mikroorganizmlarni oʻzlari asosida yaratilgan texnologiyalar zamonaviy oziq-ovqat sanoatida yetakchi oʻrinlarda turadilar. Bugungi kunda oziqa mahsulotlari ishlab-chiqarish sanoatning eng keng tarqalgan sohasi boʻlib, haqiqatda mamlakatning byudjet aylanmasining 20-25% ini tashkil etadi. Oziq-ovqat sanoati birlamchi ishlab chiqarishdan tashqari keng tarqalgan tarmoqlarga ega boʻlib, ular xilma-xil tipga ega boʻlgan transport sohasi, tijorat idoralari, idishlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, savdo-sotiq tarmoqlari, har-xil izlanish sohalari va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muammolarni tezkorlik bilan xal qilish maqsadida oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar birlashib, yirik multi-milliy kompaniyalarni tashkil etadilar. Yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish koʻp faktorlarga bogʻliq boʻlib, ulardan eng muhimlari, urugʻni sifati, hayvonlarni zoti, seleksiya qilib, tanlab olingan, koʻp yillik oʻsimliklarni sifat belgilari hisoblanadi.
    Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashni eng asosiy bosqichlaridan biri - ularni sanitariya-gigiena ekspertizasidan oʻtkazishdir.
    Mamlakatimizda bunday markazlarga hozircha ehtiyoj sezilgani yoʻq. Bunga asosiy sabab, yuqorida aytib oʻtilgan maqsadlarning yoʻqligidir. Rossiyada bu vazifani Rossiya tibbiyot akademiyasiga qarashli Oziq-ovqat instituti bajaradi. Bunday ixtisoslashgan markazlar barcha rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Fransiya, Kanada, Germaniya, Italiya, Xitoy va h.k.) tashkil etilgan boʻlib, ularning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109




    Download 3.04 Mb.