• 4 (yaxshi) baho
  • VI. Fan bo‘yicha tarqatma materiallar Oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashda biotexnologik usullardan foydalanish istiqbollari
  • V. Fan bo‘yicha baholash me’zonlari




    Download 3.04 Mb.
    bet103/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    V. Fan bo‘yicha baholash me’zonlari
    Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
    5 ( a’lo) baho:
    Xulosa va qaror qabul qilish;
    Ijodiy fikrlar olish;
    Mustaqil mushohada yurita olish;
    Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
    Mohiyatini tushunish;
    Bilish, aytib berish;
    Tasavvurga ega bo‘lish;
    4 (yaxshi) baho:
    Mustaqil mushohada yurita olish;
    Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
    Mohiyatini tushunish;
    Bilish, aytib berish;
    Tasavvurga ega bo‘lish;
    3 (qoniqarli) baho;
    Mohiyatini tushunish;
    Bilish, aytib berish;
    Tasavvurga ega bo‘lish;
    2 (qoniqarsiz) baho:
    Dasturni o‘zlashtirmaganlik;
    Fanning mohiyatini bilmaslik;
    Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
    Mustaqil fikrlay olmaslik.

    VI. Fan bo‘yicha tarqatma materiallar
    Oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashda biotexnologik usullardan foydalanish istiqbollari
    Qishloq xoʻjaligida yetishtirilayotgan oʻsimliklaming katta qismi har yili turli xil kasalliklar hisobiga nobud boʻladi. Oʻsimlik kasalliklarini asosan uch toifaga mansub parazit mikroorganizmlar chaqiradi. Ular viruslar, bakteriya va zamburugʻlardir.
    Viruslar 300 ga yaqin turli xil qishloq xoʻjalik ekinlarida kasallik tugʻdiradi. Fitopatogen zamburugʻlar va bakteriyalarga nisbatan bu koʻrsatgich uncha yuqori emas: oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatadigan zamburug1 va bakteriyalaming soni bundan 100 marta koʻproqdir. Biroq virusli kasalliklaming xavfi, keltiradigan zarari, bakterial va zamburugʻli kasalliklarga nisbatan kam emas, balki ulardan yuqori hamdir. Kasallangan oʻsimliklarning tashqi koʻrinishi oʻzgaradi, hosilning sifati va miqdori kamayib ketadi.
    Virusli infeksiyalarga qarshi kurashning qiyinligi shundaki, ular oʻsimlik yoki hayvon organizmida obligat parazit hisoblanadi. Ulami yoʻqotish tirik organizm hujayralarining oʻzini nobud boʻlishiga sabab boʻladi. Viruslar bilan kasallangan oʻsimliklami amalda toʻliq davolash mumkin emas, ular bilan kurash usullari, asosan, viruslami kelib chiqishi va tarqalishini oldini olishga asoslanadi.
    Ekish materiallarini sogʻloʻllaashtirish va ulami virusli infeksiya- lardan himoya qilishda ajratib olingan toʻqima va organlardan foydalanish usuli keng imkoniyatlar ochdi.
    Tabiiy sharoitlarda oʻsimliklaming kasallik chaqiruvchi fitopatogen zamburugiar boshqa zamburug1 laming parazit holda yashab, koʻpayish holatlari ham koʻp uchraydi. Boshqa parazit zamburug‘larda rivojlanadigan parazit zamburugʻlar ikkilamchi tartibdagi giperparazitlar degan nom biian yuritiladi. Agar birinchi parazit qaysidir kasallikni chaqiruvchisi boʻlsa, ikkinchisidan shu kasallik bilan kurashda foydalanish mumkin.
    Biotexnologiyaning vazifasi ochiq va himoyalangan yer sharoitidagi fitopatogenlarga qarshi kurashda ishlatiladigan mikrobiologik preparatlami ishlab chiqarish jarayonlarining ishlanmasini tuzishdir.
    Oʻsimliklami kasalliklardan himoya qilishda mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan antibiotik moddalar alohida oʻrin tutadi. Ular evolutsiya jarayonida mikroorganizmlarning bir-biriga nisbatan kuchli kurash vositasi sifatida kelib chiqqan. Oʻsimliklami himoya qilishda ba’zi antibiotiklardan foydalanish biotexnologiyada yangi yoʻnalishlar turli xil agroximikatlar, ular orasida mikroblar asosida olingan gerbitsidlar, hayvonlardan olinadigan attraktantlar, ekdizonlar, fitogormonlar va boshqa xil moddalarni ham olish yoʻllari va qishloq xoʻjaligida qoʻllash istiqbollarini ochib berdi.Antibiotiklar fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladigan boshqa vositalarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ular oʻsimliklarning organ va toʻqimalariga oson kirib boradi, shuning uchun ulaming ta’sir etish mexanizmi tashqi muhit omillariga juda kam darajada bogʻliqdir. Oʻsimlik hujayralariga, ayniqsa, neytral tabiatli (xloramfenikol, pentsillin) oson oʻtsa, amfoterlari (xlortetratsiklin, oksitetrasikin) va asosli antibiotiklar (neomitsin, streptomitsin) qiyin oʻtadi. Oʻsimlik toʻqimalariga nisbatan hayvon toʻqimalari antibiotiklami birmuncha qiyin inaktivatsiyalaydi. Shunday qilib, antibiotiklarni oʻsimlik toʻqimalariga tez oʻtishi va ulaming a’zolar boʻylab tez tarqalishi, nisbatan qiyin parchalanishi fitopatogen mikrofloraning nobud boʻlishi uchun zarur antibiotiklar bilan ma’lum darajada toʻyinishga sharoit yaratadi.
    Olimlarning koʻplab tadqiqotlari natijasida antibiotiklaming oʻsimlik toʻqimalaridagi biologik faollligi hayvon toʻqimalariga nisbatan kuchliligi isbotlandi. Koʻpgina fitopatogen zamburugʻ va bakteriyalarni ular yordamida nobud qilish mumkinligi qayd etiladi.
    Oʻsimlikshunoslikda antibiotiklaman foydalanishga boʻlgan qiziqishning keskin ortishiga sabab, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishning oqibatlari va ular qoʻllanilgan oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hayvonlaming zaharlanishi bilan bogʻliqdir. Tuproqdan suv havzalariga tushgan zaharli kimyoviy moddalar suv hayvonlarining turli xil vakillari va boshqalarning ham nobud boʻlishiga olib keladi.
    Antibiotiklar birinchi marta oʻsimlik kasalliklariga qarshi ba’zi Yevropa mamlakatlari va AQSHda qoʻllanilgan. Streptomitsin, tetratsiklin bilan kombinatsiyada sabzavot va poliz ekinlarining bakterial kasalliklariga qarshi qoʻllanilgan. Keyinroq ayni shu maqsadda siklogeksemid va grizeofulvin ishlatila boshlandi. Xorijiy mamlakatlarda oʻsimliklarni kasalliklardan himoya qilishda hozir ham tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan antibiotiklar ishlatiladi. Masalan, agrisept preparati 37% li streptomitsin sulfat, fitomitsin 20%li streptomitsin nitrat, agrimitsin 10-15% li streptomitsin va oksitetratsiklinning 10:1 nisbati va hokazolardan iboratdir.
    Shuni ham qayd etish lozimki, odamda kasallik tugʻdiradigan koʻplab mikroorganizmlar tuproq va oʻsimliklar yuzasida uchraydi. Oʻsimliklarga tibbiyot maqsadlarida foydalaniladigan antibiotiklar bilan ishlov berish odamlarda kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlami chidamlilik belgisiga koʻra tanlanishiga va oqibatda tibbiyotda qoʻllaniladigan antibiotiklarning samarasi pasayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun keyingi yillarda aynan oʻsimliklarda kasallik tugʻdiruvchi mikroorganizmlarga qarshi qoʻllaniladigan antibiotiklarni izlab topishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bunday izlanishlar Yaponiyada keyingi 15 yil ichida koʻp miqdorda preparatlar - blasti-tsidin, kasuga- min, validamitsin, sellotsidin, tetranaktin ishlab chiqarish borasida keng koʻlamda ish olib borilmoqda.
    Oʻsimliklarning turli kasallik va zararkunandalariga qarshi dunyoning koʻplab mamlakatlari Kanada, Niderlandiya, Avstraliya, Ruminiya, Polsha, Misr, Pokiston va Filippin, Yaponiyada ishlab chiqarilgan antibiotik va sintetik fungitsidlar tutuvchi kompleks preparatlar qoʻllanilmoqda.
    Hozirgi vaqtda pomidor va boshqa oʻsimliklarda soʻlish, un shudring kabi kasalliklarga qarshi oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan preparatlar AQSH da ishlab chiqarilayotgan boʻlsa, Hindistonda aurefungin, Belgiyada nikomisin ishlab chiqarilmoqda. Ulaming ta’sir doirasi keng boʻlib bakterial va zamburugʻli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.
    Bunday antibiotiklardan biri fitobakteriomisin, u bakteriya va zamburug‘larga qarshi keng spektrga ega. Uni Actinomyces lavendulae aktinomitsetidan ajratib olinadi. Fitobakteriomitsin asosida bir necha xil tovar koʻrinishidagi preparatlar ishlab chiqariladi: urugʻlarga ishlov berish uchun 2-5% li fitobakteriomitsin dusti, oʻsimliklarga sepish uchun fitolavin 100 ning 10% li eruvchan kukuni qoʻllaniladi.
    Fitobakteriomitsinning 12% li dusti loviya bakterioziga, 5% lisi bugʻdoy va ildiz chirishiga qarshi qoʻlaniladi. Urugiarga ekish oldidan ishlov berilganda loviya oʻsimligida bakterioz bilan kasallanish 70% ga kamayishi va hosildorlik 1,5-3 s/ga oshishi aniqlangan. Umuman, bu preparatlami urugʻlarga ekish oldidan ishlov berishda 2-3kg/t miqdorda qoʻllaniladi.
    Olingan tadqiqot natijalarining koʻrsatishicha, fitobakteriomitsin gʻoʻza gommozi, dukkakli ekinlarda fuzarioz soiish, vertitsillyoz soʻlish, qoraqatda antraknoz, bedada dogʻlanish kabi kasalliklarga qarshi kurashda yaxshi samara beradi.
    Preparatlarning samaradorligini aniqlash asosida uni sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyasi yoʻlga qoʻyilgan. Yangi texnologik ishlanmalami amaliyotga joriy etish, ulami qoʻllash samardorligining ortishiga sabab boʻlgan, bunday preparatlami qoʻllash yetishtiriladigan hosil tannarxining arzon boʻlishiga olib keladi.
    Fitolavin 100 fitobakteriomitsinning faol moddasi hisoblanadi. Uni bugʻdoy va arpa urugʻlarida ildiz chirishi va soya oʻsimligida bakteriozni oldini olish uchun purkaladi.
    Trixotetsin keng spektrdagi ta’sir doirasiga ega antibiotik. Uni pushti rang trixotetsium (Trichothecium roseum) zamburugʻidan ajratib olinadi. Bu nekrotrof mikroorganizm giperparazit sifatida koʻplab fitopatogen zamburugʻlarda uchraydi. Trixotetsiumning zamburugʻlarda parazitlik qilishi uning tarkibida zamburugʻlarga qarshi trixotetsin antibiotigi ajralib chiqishi bilan bogʻliq. Bu antibiotik zamburug1 gifalarini nobud qiladi va pushti trixotetsium ularga joylashib olib, nobud boʻlgan hujayralardan oziq moddalarini shimib oladi.
    Trixotetsin 10% li eruvchan kukun yoki 20% li dust sifatida ishlab chiqariladi. Uni ekish oldidan urug‘larga ishlov berish, oʻsimliklarda ilk kasallik belgilari koʻrinishi bilan purkaladi. Trixotetsin ochiq va himoyalangan yer sharoitida yetishtiriladigan bodringni un shudring, tamakining un shudring, uzumning oidium, danak mevali daraxtlaming monial kuyishi, olma pashshasi kasalliklariga qarshi qoʻllaniladi.
    Mikroorganizmlarda antagonizm xususiyati ancha ilgari aniqlangan. Ulami 20-yillarda antibiotiklar kashf ctulganga qadar fitopatogen mikrofloraga qarshi qoʻllanilgan. Aktinomitsetlar va mikolitik bakteriyalar zigʻir, gʻoʻza, sabzavot ekinlari, danakli mevalarning kasalliklariga qarshi qoʻllanilganda ijobiy samara bergan.Antagonist mikroblardan tuproqni sogʻloʻllaashtirish maqsadida ham foydalaniladi.Antibiotiklar kashf etilgach, mikroorganizmlaming oʻzi emas, balki ular ajratib chiqaradigan moddalar qoʻllaanila boshlandi. Biroq hozirda ham koʻpchilik mamlakatlarda mikrob preparatlari ishlab chiqarilmoqda. Ular oʻsimlik kasalliklariga qarshi nobud qiluvchi ta’sir koʻrsatadi. Shu yoʻsinda ushbu sohada ikki xil yoʻnalish antibiotiklar va mikrob antogonistlardan foydalanish tarmoqlari kelib chiqdi. Oʻsimlik urugʻlaridagi infeksiyalar va oʻsimliklaming oʻsuv davridagi kasalliklariga qarshi ishlov berish uchun antibiotik moddalaridan foydalanilsa, oʻsimlik qoldiqlari bilan birga saqlanib qolgan tuproq infeksiyalariga qarshi yoki tuproqni boyitish maqsadida kompost sifatida mikrob antagonistlarning oʻzidan yoki toza kulturasidan foydalaniladi. Chunki antibiotiklaming oʻzidan foydalanish samaradorligi past boʻlib, bu ularning tuproq mikroorganizmlari ishtirokida tez parchalanib ketishi bilan bogʻliqdir. Antagonist sifatida bakteriyalar, viruslar, zamburugʻlar qoʻllanilishi mumkin.
    Antagonsit zamburugʻlar orasida trixoderma avlodi vakillari keng qoʻllaniladi. Trixoderma mevali daraxtlar kuydirgisiga qarshi qoʻllaniladi. Hozirda AQSHda trixodermani yeryongʻoq sklerotiniyasiga qarshi tuproqqa berish maqsadida ishlab chiqarish usullari takomillashtirilmoqda. Fransiyada uzumning qoʻngʻir chirish kasalligiga qarshi trixoderma preparatlari bilan ishlov berish ijobiy natijalar bergan. Isroilda kartoshkaning rizoktonioz kasalligi va boshqa kasalliklariga qarshi trixodemin preparati ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
    Trixodermin preparati trixoderma zamburugʻini turli xildagi oʻsimlik chiqindilari va boshqa substratlar (non maoʻz i, somon, gʻalla chiqindilari, torf) da oʻstirish asosida olinadi. U tuproqda uchraydigan turli xil qishloq xoʻjalik ekinlarining kasalliklari ildiz chirishi, zigʻir oʻsimligi kasalliklari, gʻoʻzaning vertisellez soʻlishi va boshqalarga qarshi qoʻllaniladi.
    Yashil trixoderma (Trichoderma viridae) va u asosida ishlab chiqarilgan preparat tarkibida ikki xil antibiotik gliotoksin va viridin boʻlib, ular antibakterial va zamburug‘larga qarshi ta’sir xususiyatiga ega.
    Trixodermin chuqur davoʻllai ekish usulida maxsus uskunada oʻstirish yoʻli bilan olinadi.
    Tadqiqot natijalarining koʻrsatishicha, bugʻdoy urug‘lariga ekish oldidan 4 kg/ ga miqdorda trixodermin bilan ishlov berish oʻsimliklarning butun vegetatsiya davoʻlida kasallanishini 54-71% ga kamaytirib, hosilni 2 s/ga oshiradi.
    Trixoderminni torf chiqindisi solingan tuvakchalarga 50 mg miqdorda kiritish bodringni ildiz chirish bilan kasallanishini 60% ga kamaytirib, hosilini 31-74% ga oshiradi. 1 gr trixoderminni gʻoʻza oʻsimligida qщёllash samaradorligi +51,2% ga teng.
    Biotexnologiya va gen muhandisligi usullari oʻsimlik kasalliklariga qarshi mikroorganizmlaming odam va hayvonlarga zararsiz va yuqori samarador yangi shakllarini yaratishga imkon beradi.

    Download 3.04 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. Fan bo‘yicha baholash me’zonlari

    Download 3.04 Mb.