Biopreparatlar ishlab chiqarishda mehnatni




Download 3.04 Mb.
bet106/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
Biopreparatlar ishlab chiqarishda mehnatni
muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash.
Mamlakatimizning asosiy qonuni - O‘zbekiston Respublikasining qomusi faqatgina mehnat qilishga emas balki, salamatlikni saqlashga kafolat beradi. Bir qator davlat va nodavlat tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitini yaxshilash borasida tinmay g‘amxo‘rlik qilib keladi. Mamlakatda mehnat xavfsizligi standartlar tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Har qanday sanoat yo‘nalishi o‘ziga xos bo‘lgan texnologiyalarga ega, bu esa loyihalash, qurilish, foydalanish va tuzatish jarayonlarida o‘ziga xos bo‘lgan texnika xavfsizligi qoidalari va normalarini ishlab chiqishni taqazo qiladi. Mikrob biotexnologiyasi ham bundan mustasno emas. Mamlakatimizda mikrobiologiya sanoati hozircha rivoj topmagan bo‘lsada, bu muammo bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar mikrobiologiya sanoatida xavfsizlik qoidalaridan xabardor bo‘lishlari shart.
Xavfsizlik ishlarining asosi korxonani loyihalash vaqtida qo‘yiladi. Qurilish va ta’mirlash qurilish qoidalari va normalariga asosan olib boriladi. Sexlar, laboratoriyalar, bulimlar qurilayotganda xavfli ish sharoitlari: yong‘in va boshqalarniyu sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida rejalar tuziladi.
Birlamchi va tayyor mahsulotlar saqlaydigan omborxonalarni joylanishi va jihozlanishi yong‘inga qarshi qoidalardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oson uchadigan va yonadigan suyuqliklar, quruq achitqilar va boshqa biopreparatlar alohida, maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlanadilar va bu omborxonalar ishlab chiqarish binosidan uzoqroqda bo‘lishi kerak.
Yong‘indan xavfli kategoriyaga organik erituvchilar, yoqilgi gazlari saqlanadigan yoki kuchli chang chiqarish bilan aloqador bo‘lgan jarayonlar o‘tadigan sexlar kiradi. Bunday sexlar alohida binolarda joylashishi yoki boshqa sexlardan yong‘in va portlashdan saqlaydigan devorlar bilan ajratilgan bo‘lishlari kerak. Har bir sexda yong‘in bo‘lganda chiqadigan eshiklari bo‘lishi, binoni tomi esa portlash bo‘lganda oson ko‘chadigan bo‘lishi kerak.
Yong‘in sodir bo‘lganda, o‘chirish uchun barcha ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari maxsus o‘t o‘chiruv uskunalarini avtomatik tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ish jarayonida kuchli tovush chiqaradigan uskunalar (separa-torlar, sentrifugalar, trubo havo haydovchilar va h.k.) maxsus, tovush chiqarmaydigan xonalarda joylanishi kerak. Bunday asbob-uskunalarni o‘rnatishda esa ularni taglariga maxsus yostiqchalar yoki amortizatorlar qo‘yish kerak, chunki qattiq tovushlar ishchilarni bosh og‘rigiga duchor qilishi, tez charchaydigan, hatto qo‘loq-larini kar ham qilib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham bu tadbirga alohida e’tibor bermoq kerak. Texnologik jarayonlarni to‘xtovsiz amalga oshirish maqsadida zavodning barcha sexlari, usqurma va omborxonalari bir-birlari bilan aloqador bo‘lishi kerak.
Ozuqa muhiti uchun kerak bo‘lgan barcha ximikatlar va moddalar, erituvchilar va boshqa suyuq yoki gazsimon mahsulotlar maxsus truboprovodlar orqali har bir moddani xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
14202-69 GOST asosida truboprovodlar har xil ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi: suv - yashil, bug‘ - qizil, havo - ko‘k, gazlar - sariq, kislotalar - to‘q sariq, ishqor - binafsha, yonuvchi va yonmaydigan suyuqliklar - qo‘ng‘ir, har xil moddalar (ozuqa muhiti, kultural suyuqlik) kul rang. Yong‘inga qarshi truboprovodlar qizil rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Quruq mahsulatlarning havo bosimi yordamida transportirovka qilishda, truboprovodlarga portlashning oldini oluvchi klapanlar yoki yoriluvchan membranalar o‘rnatish kabi maxsus xavfsizlik choralari qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish xonalarida uskuna va jihozlarni joylashtirishda ularga qo‘lay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, hamda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish imkoniyatlarini e’tiborga olish lozim. O‘rnatilgan uskuna va jihozlar qatorlari orasida nazorat jihozlarini doimiy ravishda kuzatish va xizmat ko‘rsatish uchun qo‘lay yo‘lkalar bo‘lmogi kerak. Xizmat ko‘rsatish maydonchalari, o‘tish joylari va zinalari mustahkam to‘siqlar va notekis _g‘adir-budir) pillapoyalar bilan jihozlanadi.
Biopreparatlar olish texnologik jarayonining har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ular albatta texnologik reglament tuzishda e’tiborga olinadi. Texnologik reglamentda “Jarayonni xavfsiz yurgizishning asosiy qoidalari” bo‘limining bo‘lishi shartdir.
Mikrobiologiya sanoati zavodlarida juda ham murakkab uskunalar keng qo‘llaniladi, ya’ni bosim ostida ishlovchilar (gidroliz uskunasi, fermentyor va x.k.), yuqori haroratda (quritgich, bug‘lat-gich qurilmasi va o.k.), detallari yuqori tezlikda aylanuvchi uskunalar (separatorlar, sentrifugalar va x.k.) va boshqalardir. Ushbu uskunalarda ishlash uchun texnika xavfsizligi instruksiyasi ishlab chiqiladi va bosh injener tomonidan tasdiqlanib, ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi. Uskunada ishlovchilar uchun instruksiyani bajarish majburiy hisoblanadi. Ushbu uskunalarning uzluksiz ishlashining asosiy sharti - ekspluatasiya qoidalariga aniq rioya qilish va rejali-ogohlantiruvchi ta’mirni o‘z vaqtida o‘tkazishdir. Rejali-ogohlantiruvchi ta’mir o‘tkazishning muddatlarini o‘zgartirish yoki past kategoriyali ta’mir bilan almashtirilishi faqat bosh muxandis ruxsati bilan amalga oshiriladi va maxsus akt tuziladi. Ta’mirga muxtoj uskuna juda toza qilinib, zararli moddalardan yuvilgan bo‘lishi kerak. Ta’mirdan keyin uskuna ekspluatasiyaga topshirilishidan oldin bo‘sh ilatib tekshiriladi.
Texnika xavfsizligi nuqtai nazaridan, yuqori bosim bilan ishlovchi uskunalarda alohida e’tibor berib ishlash talab qilinadi. 67 kPA dan yuqori bo‘lgan ortiqcha bosim bilan ishlovchi uskunalarning ekspluatasiyasi maxsus bosim ostida ishlovchi idishlarni tuzilishi va xavfsiz ekspluatasiya qilish qoidariga to‘g‘ri kelishi shart. Bosim ostida ishlovchi uskunalarning ishlash xavfsizligi, eng avvalo uskunaning qo‘lay bog‘langanligi bilan ta’minlanadi, ya’ni bug‘, gaz yoki suyuqlik o‘tkazuvchi har qanday truboprovoddan o‘chirish yoki uskunadagi suyuqlikni to‘kish va gazni chiqarib tashlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, hamma nazorat-o‘lchov uskunalari ishonchli bajarilgan, sifatli bog‘langan langan bo‘lishi kerak.
Elektrotexnik jihozlar texnologik jarayonlarning barcha bosqichlarida ishlatiladi va shuning uchun, ishchilarni elektr toki urishidan zararlanish xavfi tug‘ilishi mumkin. Ayniksa, elektr priborlarini yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan xonalarda o‘rnatish “Elektr qurilmalarni o‘rnatish qoidalari”ga to‘g‘ri kelishi kerak. Hamma elektr dvigatellar, o‘t oldirgich qurilmalar, ya’ni uchqun beruvchi uskunalar germetiklangan va portlash xavfisiz ishga tushirish uchun yasalgan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarishda eng katta xavfni dielektrik bo‘lgan suyuqliklar, bug‘lar, gazlar va kukunsimon moddalarning bir-biriga qo‘shilishidan hosil bo‘luvchi statik holatdagi elektr tashkil qiladi. Statik elektr razryadi natijasida hosil bo‘luvchi uchkunlar yonilg‘i gaz va changlarni alanga oldirish qobiliyatiga egadirlar. Bunday oodisalardan himoyalanishning eng oddiy yo‘li texnologik uskunani yerga ulashdir va natijada statik elektr zaryadlari vujudga kelishi va to‘planishining oldini oladi.
Mikrobiologik sanoat korxonalarida eng katta xavf bo‘lib zavod xonalaridagi havo hisoblanadi. Bu - hamma sex va bo‘linmalarga ta’luqlidir. Bunday havo tarkibida qo‘yidagilar bo‘lishi mumkin: ozuqa muhiti tayyorlash bo‘limida - ozuqaning quruq komponentlari changi; mahsulotni ajratish va ekstraksiya qilish bulimida - produsent kulturasi va erituvchilar bug‘i; quritish va qadoqlash bo‘limida-kukunsimon preparatlarning mayda zarrachalari, mikroorganizmlarning sporasi va boshqalardir. Changlanishni kamaytirish uchun alohida xona va jihozlarni germetik berkitish nazarda tutiladi.
Mikrobiologik sanoatning o‘zgacha xususiyati - ishlovchi xodimning biologik faol moddalar bilan kontaktidir. Ekish materialllarini tayyorlash, fermentasiya bosqichlarida va biomassa bo‘limida mikroorganizmlarning tirik hujayralari va quritish, maydalash, standartlash va qadoqlash bosqichlarida faolsizlangan quruq biomassa bilan kontaktda bo‘lish ehtimoli bor. Ishchining nafas olish yo‘llari orqali tushgan biologik faol moddalarni uzoq vaqt ta’siri o‘ta ta’sirchan shaxslarda har xil turdagi allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin. Xuddi shunday sharoitlarda ishlaganda respiratorlardan foydalanish zarur.
Biologik faol moddalarning produsentlari sifatida ishlatilgan mikroorganizmlar szlarining patogenlik xususiyatlari bilan farqlanadi. Ularning ba’zi-birlari shartli patogenlarga qo‘shiladi va ko‘pchiligi kam patogen yoki umuman patogen emasdirlar. Candida avlodiga mansub shartli-patogen mikroorganizmlar inson terisi ostida, shilimshiq pardasida va oshqozon-ichak tizimida rivojlanishi mumkin. Ular kandidoza deb nomlangan kasallik qo‘zg‘atuvchilardir. Kasallik bilan holsizlangan inson organizmi, modda almashinuvi yoki avitaminoz bilan og‘riganda kandidoza kasaliga duchor bo‘lishga moyildir.
Mikrobiologik sanoat ishlab chiqarishida ishlovchilar uchun normal sharoit suruvchi ventilyatorlar yordamida ushlab turiladi. Ish xonalariga yuboriladigan havo avval tozalanadi va optimal haroratgacha istiladi. Havodagi toksik gaz va bug‘larning miqdori doimo nazorat qilinadi. qo‘yida mikrobiologik ishlab chiqarishda ishlatiladigan ba’zi moddalarning ish zonasi havosidagi ilojsiz qo‘yilgan miqdorlari keltirilgan, mg/m3:


Download 3.04 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Download 3.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biopreparatlar ishlab chiqarishda mehnatni

Download 3.04 Mb.