|
Biopreparatlar ishlab chiqarishda mehnatni
|
bet | 15/109 | Sana | 22.02.2023 | Hajmi | 3.04 Mb. | | #43169 |
Bog'liq Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft WordBiopreparatlar ishlab chiqarishda mehnatni
muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash.
Mamlakatimizning asosiy qonuni - Oʻzbekiston Respublikasining qomusi faqatgina mehnat qilishga emas balki, salamatlikni saqlashga kafolat beradi. Bir qator davlat va nodavlat tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitini yaxshilash borasida tinmay gʻamxoʻrlik qilib keladi. Mamlakatda mehnat xavfsizligi standartlar tizimi faoliyat koʻrsatmoqda. Har qanday sanoat yoʻnalishi oʻziga xos boʻlgan texnologiyalarga ega, bu esa loyihalash, qurilish, foydalanish va tuzatish jarayonlarida oʻziga xos boʻlgan texnika xavfsizligi qoidalari va normalarini ishlab chiqishni taqazo qiladi. Mikrob biotexnologiyasi ham bundan mustasno emas. Mamlakatimizda mikrobiologiya sanoati hozircha rivoj topmagan boʻlsada, bu muammo bilan shugʻullanadigan mutaxassislar mikrobiologiya sanoatida xavfsizlik qoidalaridan xabardor boʻlishlari shart.
Xavfsizlik ishlarining asosi korxonani loyihalash vaqtida qoʻyiladi. Qurilish va ta’mirlash qurilish qoidalari va normalariga asosan olib boriladi. Sexlar, laboratoriyalar, bulimlar qurilayotganda xavfli ish sharoitlari: yongʻin va boshqalarniyu sodir boʻlishining oldini olish maqsadida rejalar tuziladi.
Birlamchi va tayyor maxsulotlar saqlaydigan omborxonalarni joylanishi va jihozlanishi yongʻinga qarshi qoidalardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oson uchadigan va yonadigan suyuqliklar, quruq achitqilar va boshqa biopreparatlar alohida, maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlanadilar va bu omborxonalar ishlab chiqarish binosidan uzoqroqda boʻlishi kerak.
Yongʻindan xavfli kategoriyaga organik erituvchilar, yoqilgi gazlari saqlanadigan yoki kuchli chang chiqarish bilan aloqador boʻlgan jarayonlar oʻtadigan sexlar kiradi. Bunday sexlar alohida binolarda joylashishi yoki boshqa sexlardan yongʻin va portlashdan saqlaydigan devorlar bilan ajratilgan boʻlishlari kerak. Har bir sexda yongʻin boʻlganda chiqadigan eshiklari boʻlishi, binoni tomi esa portlash boʻlganda oson koʻchadigan boʻlishi kerak.
Yongʻin sodir boʻlganda, oʻchirish uchun barcha ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari maxsus oʻt oʻchiruv uskunalarini avtomatik tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ish jarayonida kuchli tovush chiqaradigan uskunalar (separa-torlar, sentrifugalar, trubo havo haydovchilar va h.k.) maxsus, tovush chiqarmaydigan xonalarda joylanishi kerak. Bunday asbob-uskunalarni oʻrnatishda esa ularni taglariga maxsus yostiqchalar yoki amortizatorlar qoʻyish kerak, chunki qattiq tovushlar ishchilarni bosh ogʻrigiga duchor qilishi, tez charchaydigan, hatto qoʻloq-larini kar ham qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun ham bu tadbirga alohida e’tibor bermoq kerak. Texnologik jarayonlarni toʻxtovsiz amalga oshirish maqsadida zavodning barcha sexlari, usqurma va omborxonalari bir-birlari bilan aloqador boʻlishi kerak.
Ozuqa muhiti uchun kerak boʻlgan barcha ximikatlar va moddalar, erituvchilar va boshqa suyuq yoki gazsimon mahsulotlar maxsus truboprovodlar orqali har bir moddani xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
14202-69 GOST asosida truboprovodlar har xil ranglarga boʻyalgan boʻladi: suv - yashil, bugʻ - qizil, havo - koʻk, gazlar - sariq, kislotalar - toʻq sariq, ishqor - binafsha, yonuvchi va yonmaydigan suyuqliklar - qoʻngʻir, har xil moddalar (ozuqa muhiti, kultural suyuqlik) kul rang. Yongʻinga qarshi truboprovodlar qizil rangga boʻyalgan boʻlishi kerak.
Quruq mahsulatlarning havo bosimi yordamida transportirovka qilishda, truboprovodlarga portlashning oldini oluvchi klapanlar yoki yoriluvchan membranalar oʻrnatish kabi maxsus xavfsizlik choralari qoʻllaniladi.
Ishlab chiqarish xonalarida uskuna va jihozlarni joylashtirishda ularga qoʻlay va xavfsiz xizmat koʻrsatish, hamda ta’mirlash ishlarini oʻtkazish imkoniyatlarini e’tiborga olish lozim. Oʻrnatilgan uskuna va jihozlar qatorlari orasida nazorat jihozlarini doimiy ravishda kuzatish va xizmat koʻrsatish uchun qoʻlay yoʻlkalar boʻlmogi kerak. Xizmat koʻrsatish maydonchalari, oʻtish joylari va zinalari mustahkam toʻsiqlar va notekis _gʻadir-budir) pillapoyalar bilan jihozlanadi.
Biopreparatlar olish texnologik jarayonining har bir bosqichi oʻziga xos xususiyatlarga ega va ular albatta texnologik reglament tuzishda e’tiborga olinadi. Texnologik reglamentda "Jarayonni xavfsiz yurgizishning asosiy qoidalari" boʻlimining boʻlishi shartdir.
Mikrobiologiya sanoati zavodlarida juda ham murakkab uskunalar keng qoʻllaniladi, ya’ni bosim ostida ishlovchilar (gidroliz uskunasi, fermentyor va x.k.), yuqori haroratda (quritgich, bugʻlat-gich qurilmasi va o.k.), detallari yuqori tezlikda aylanuvchi uskunalar (separatorlar, sentrifugalar va x.k.) va boshqalardir. Ushbu uskunalarda ishlash uchun texnika xavfsizligi instruksiyasi ishlab chiqiladi va bosh injener tomonidan tasdiqlanib, koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi. Uskunada ishlovchilar uchun instruksiyani bajarish majburiy hisoblanadi. Ushbu uskunalarning uzluksiz ishlashining asosiy sharti - ekspluatasiya qoidalariga aniq rioya qilish va rejali-ogohlantiruvchi ta’mirni oʻz vaqtida oʻtkazishdir. Rejali-ogohlantiruvchi ta’mir oʻtkazishning muddatlarini oʻzgartirish yoki past kategoriyali ta’mir bilan almashtirilishi faqat bosh muxandis ruxsati bilan amalga oshiriladi va maxsus akt tuziladi. Ta’mirga muxtoj uskuna juda toza qilinib, zararli moddalardan yuvilgan boʻlishi kerak. Ta’mirdan keyin uskuna ekspluatasiyaga topshirilishidan oldin boʻsh ilatib tekshiriladi.
Texnika xavfsizligi nuqtai nazaridan, yuqori bosim bilan ishlovchi uskunalarda alohida e’tibor berib ishlash talab qilinadi. 67 kPA dan yuqori boʻlgan ortiqcha bosim bilan ishlovchi uskunalarning ekspluatasiyasi maxsus "Bosim ostida ishlovchi idishlarni tuzilishi va xavfsiz ekspluatasiya qilish qoidariga toʻgʻri kelishi shart. Bosim ostida ishlovchi uskunalarning ishlash xavfsizligi, eng avvalo uskunaning qoʻlay bogʻlanganligi bilan ta’minlanadi, ya’ni bugʻ, gaz yoki suyuqlik oʻtkazuvchi har qanday truboprovoddan oʻchirish yoki uskunadagi suyuqlikni toʻkish va gazni chiqarib tashlash mumkin boʻladi. Bundan tashqari, hamma nazorat-oʻlchov uskunalari ishonchli bajarilgan, sifatli bogʻlangan langan boʻlishi kerak.
Elektrotexnik jihozlar texnologik jarayonlarning barcha bosqichlarida ishlatiladi va shuning uchun, ishchilarni elektr toki urishidan zararlanish xavfi tugʻilishi mumkin. Ayniksa, elektr priborlarini yongʻin va portlash xavfi boʻlgan xonalarda oʻrnatish "Elektr qurilmalarni oʻrnatish qoidalari"ga toʻgʻri kelishi kerak. Hamma elektr dvigatellar, oʻt oldirgich qurilmalar, ya’ni uchqun beruvchi uskunalar germetiklangan va portlash xavfisiz ishga tushirish uchun yasalgan boʻlishi kerak.
Ishlab chiqarishda eng katta xavfni dielektrik boʻlgan suyuqliklar, bugʻlar, gazlar va kukunsimon moddalarning bir-biriga qoʻshilishidan hosil boʻluvchi statik holatdagi elektr tashkil qiladi. Statik elektr razryadi natijasida hosil boʻluvchi uchkunlar yonilgʻi gaz va changlarni alanga oldirish qobiliyatiga egadirlar. Bunday oodisalardan himoyalanishning eng oddiy yoʻli texnologik uskunani yerga ulashdir va natijada statik elektr zaryadlari vujudga kelishi va toʻplanishining oldini oladi.
Mikrobiologik sanoat korxonalarida eng katta xavf boʻlib zavod xonalaridagi havo hisoblanadi. Bu - hamma sex va boʻlinmalarga ta’luqlidir. Bunday havo tarkibida qoʻyidagilar boʻlishi mumkin: ozuqa muhiti tayyorlash boʻlimida - ozuqaning quruq komponentlari changi; mahsulotni ajratish va ekstraksiya qilish bulimida - produsent kulturasi va erituvchilar bugʻi; quritish va qadoqlash boʻlimida - kukunsimon preparatlarning mayda zarrachalari, mikroorganizmlarning sporasi va boshqalardir. Changlanishni kamaytirish uchun alohida xona va jihozlarni germetik berkitish nazarda tutiladi.
Mikrobiologik sanoatning oʻzgacha xususiyati - ishlovchi xodimning biologik faol moddalar bilan kontaktidir. Ekish materialllarini tayyorlash, fermentasiya bosqichlarida va biomassa boʻlimida mikroorganizmlarning tirik hujayralari va quritish, maydalash, standartlash va qadoqlash bosqichlarida faolsizlangan quruq biomassa bilan kontaktda boʻlish ehtimoli bor. Ishchining nafas olish yoʻllari orqali tushgan biologik faol moddalarni uzoq vaqt ta’siri oʻta ta’sirchan shaxslarda har xil turdagi allergik reaksiyalarni qoʻzgʻatishi mumkin. Xuddi shunday sharoitlarda ishlaganda respiratorlardan foydalanish zarur.
Biologik faol moddalarning produsentlari sifatida ishlatilgan mikroorganizmlar szlarining patogenlik xususiyatlari bilan farqlanadi. Ularning ba’zi-birlari shartli patogenlarga qoʻshiladi va koʻpchiligi kam patogen yoki umuman patogen emasdirlar. Candida avlodiga mansub shartli-patogen mikroorganizmlar inson terisi ostida, shilimshiq pardasida va oshqozon-ichak tizimida rivojlanishi mumkin. Ular kandidoza deb nomlangan kasallik qoʻzgʻatuvchilardir. Kasallik bilan holsizlangan inson organizmi, modda almashinuvi yoki avitaminoz bilan ogʻriganda kandidoza kasaliga duchor boʻlishga moyildir.
Mikrobiologik sanoat ishlab chiqarishida ishlovchilar uchun normal sharoit suruvchi ventilyatorlar yordamida ushlab turiladi. Ish xonalariga yuboriladigan havo avval tozalanadi va optimal haroratgacha istiladi. Havodagi toksik gaz va bugʻlarning miqdori doimo nazorat qilinadi. qoʻyida mikrobiologik ishlab chiqarishda ishlatiladigan ba’zi moddalarning ish zonasi havosidagi ilojsiz qoʻyilgan miqdorlari keltirilgan, mg/m3:
|
| |