«biotexnologiya» kafedrasi




Download 3.04 Mb.
bet16/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
Ammiak 20 Sulfat kislotasi 1
Aseton 200 Xlorid kislotasi 5
Benzin 300 Uglevodorodlar 300
Yem-xashak achitqisi 6 Formalin (formal-

Natriy gidroksid 0,5 degid boʻyicha) 0,5
Metil spirti 5 CCl4 20
Azot oksidi 5 Etil spirti 1000

Havo almashtirishni takrorlash soni bunday xonalarda olib borilayotgan jarayonlarga bogʻliqdir. Demak, toza kulturalar boʻlimi uchun havo almashtirishni takrorlash soni 3 ga teng, lekin azot kislotasi haydovchi nasoslar oʻrnatilgan xonalar uchun 12 ga tengdir. Ish joylarida 12.1.005-76 GOST "Ish zonasi havosi. Umumiy sanitar-gigiyenik talablar"ga binoan xavo tarkibi muntazam nazorat qilinadi.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish javobgarligi bevosita boʻlinmalarning (sex, uchastka, laboratoriya boshliqlari) rahbarlariga yuklatiladi va butun korxona uchun javobgarlikni direktor va bosh muxandis oʻz zimmalariga oladilar.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir ishchi texnika xavfsizligi boʻyicha instruktajdan oʻtadi. Asbob-uskunachilar, ya’ni murakkab jihozlarga xizmat koʻrsatuvchilar maxsus tayyorgarlikdan oʻtadilar va shu uskunada ishlash xuquqini olish uchun imtihon topshiradilar. Boʻlinma xodimlarining texnika xavfsizligi boʻyicha bilimlari muntazam ravishda tekshirilib boriladi; muntazam ravishda birlamchi oʻt oʻchirish vositalarining ahvoli tekshirilib turiladi.
Mikrobiologik sanoatning ba’zi-bir ishlab chiqarish uchastkalari ishchilari individual himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak. Qoʻllarini kislota, ishqor va erituvchilarning suvli eritmalarini zararli ta’siridan himoya qilish uchun qoʻlqop va himoya surtmalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ishlab chiqarishning achituvchi-qichituvchi (xlor, ammiak va boshqalar) moddalar bilan aloqada ishlashga toʻgʻri keladigan uchastkalarida har xil himoya koʻzoynaklaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish zararlaridan himoyalanadigan laboratoriya va sex ishchilari maxsus kiyim va poyafzal bilan ta’minlanadi.
Mikrobiologik sanoat korxonasining har bir ishchisi ishlab chiqarishning oʻziga xosligini yaxshi bilmogi, texnika xavfsizlik qoidalarini va shaxsiy sanitariya gigiyenasini soʻzsiz bajarmogʻi kerak. Individual himoyalanish vositalaridan foydalanish, ishdan keyingi iliq dush, ish kiyimlarining changini qoqish va sterlizasiya qilish, qoʻl yuvish va ovqatlanishdan oldin ogʻizni chayqash, qoʻyingki eng oddiy va zarur profilaktika choralari har bir mikrobiologik sanoatda ishlovchi ishchiga odat tusiga aylanishi kerak.
Mikrobiologik sanoat korxonalaridagi eng muhim tadbir, bu hamma ishchilarni muntazam profilaktika tibbiy kurikdan oʻtkazishdir va bu tadbir yuzaga kelgan kasallikni oʻz vaqtida ogoxlantirish uchun xizmat qiladi.
Texnika xavfsizligi va sanoat sanitariya qoidalarini oʻrganish har bir talaba uchun shartdir.

Download 3.04 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Download 3.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«biotexnologiya» kafedrasi

Download 3.04 Mb.