|
«biotexnologiya» kafedrasi
|
bet | 18/109 | Sana | 22.02.2023 | Hajmi | 3.04 Mb. | | #43169 |
Bog'liq Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft WordAmmiak 20 Sulfat kislotasi 1
Aseton 200 Xlorid kislotasi 5
Benzin 300 Uglevodorodlar 300
Yem-xashak achitqisi 6 Formalin (formal-
|
Natriy gidroksid 0,5 degid boʻyicha) 0,5
Metil spirti 5 CCl4 20
Azot oksidi 5 Etil spirti 1000
|
Havo almashtirishni takrorlash soni bunday xonalarda olib borilayotgan jarayonlarga bogʻliqdir. Demak, toza kulturalar boʻlimi uchun havo almashtirishni takrorlash soni 3 ga teng, lekin azot kislotasi haydovchi nasoslar oʻrnatilgan xonalar uchun 12 ga tengdir. Ish joylarida 12.1.005-76 GOST "Ish zonasi havosi. Umumiy sanitar-gigiyenik talablar"ga binoan xavo tarkibi muntazam nazorat qilinadi.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish javobgarligi bevosita boʻlinmalarning (sex, uchastka, laboratoriya boshliqlari) rahbarlariga yuklatiladi va butun korxona uchun javobgarlikni direktor va bosh muxandis oʻz zimmalariga oladilar.
Elektrotexnik jihozlar texnologik jarayonlarning barcha bosqichlarida ishlatiladi va shuning uchun, ishchilarni elektr toki urishidan zararlanish xavfi tug‘ilishi mumkin. Ayniksa, elektr priborlarini yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan xonalarda o‘rnatish “Elektr qurilmalarni o‘rnatish qoidalari”ga to‘g‘ri kelishi kerak. Hamma elektr dvigatellar, o‘t oldirgich qurilmalar, ya’ni uchqun beruvchi uskunalar germetiklangan va portlash xavfisiz ishga tushirish uchun yasalgan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarishda eng katta xavfni dielektrik bo‘lgan suyuqliklar, bug‘lar, gazlar va kukunsimon moddalarning bir-biriga qo‘shilishidan hosil bo‘luvchi statik holatdagi elektr tashkil qiladi. Statik elektr razryadi natijasida hosil bo‘luvchi uchkunlar yonilg‘i gaz va changlarni alanga oldirish qobiliyatiga egadirlar. Bunday oodisalardan himoyalanishning eng oddiy yo‘li texnologik uskunani yerga ulashdir va natijada statik elektr zaryadlari vujudga kelishi va to‘planishining oldini oladi.
Mikrobiologik sanoat korxonalarida eng katta xavf bo‘lib zavod xonalaridagi havo hisoblanadi. Bu - hamma sex va bo‘linmalarga ta’luqlidir. Bunday havo tarkibida qo‘yidagilar bo‘lishi mumkin: ozuqa muhiti tayyorlash bo‘limida - ozuqaning quruq komponentlari changi; mahsulotni ajratish va ekstraksiya qilish bulimida - produsent kulturasi va erituvchilar bug‘i; quritish va qadoqlash bo‘limida-kukunsimon preparatlarning mayda zarrachalari, mikroorganizmlarning sporasi va boshqalardir. Changlanishni kamaytirish uchun alohida xona va jihozlarni germetik berkitish nazarda tutiladi.
Mikrobiologik sanoatning o‘zgacha xususiyati - ishlovchi xodimning biologik faol moddalar bilan kontaktidir. Ekish materialllarini tayyorlash, fermentasiya bosqichlarida va biomassa bo‘limida mikroorganizmlarning tirik hujayralari va quritish, maydalash, standartlash va qadoqlash bosqichlarida faolsizlangan quruq biomassa bilan kontaktda bo‘lish ehtimoli bor. Ishchining nafas olish yo‘llari orqali tushgan biologik faol moddalarni uzoq vaqt ta’siri o‘ta ta’sirchan shaxslarda har xil turdagi allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin. Xuddi shunday sharoitlarda ishlaganda respiratorlardan foydalanish zarur.
Biologik faol moddalarning produsentlari sifatida ishlatilgan mikroorganizmlar szlarining patogenlik xususiyatlari bilan farqlanadi. Ularning ba’zi-birlari shartli patogenlarga qo‘shiladi va ko‘pchiligi kam patogen yoki umuman patogen emasdirlar. Candida avlodiga mansub shartli-patogen mikroorganizmlar inson terisi ostida, shilimshiq pardasida va oshqozon-ichak tizimida rivojlanishi mumkin. Ular kandidoza deb nomlangan kasallik qo‘zg‘atuvchilardir. Kasallik bilan holsizlangan inson organizmi, modda almashinuvi yoki avitaminoz bilan og‘riganda kandidoza kasaliga duchor bo‘lishga moyildir.
Mikrobiologik sanoat ishlab chiqarishida ishlovchilar uchun normal sharoit suruvchi ventilyatorlar yordamida ushlab turiladi. Ish xonalariga yuboriladigan havo avval tozalanadi va optimal haroratgacha istiladi. Havodagi toksik gaz va bug‘larning miqdori doimo nazorat qilinadi. qo‘yida mikrobiologik ishlab chiqarishda ishlatiladigan ba’zi moddalarning ish zonasi havosidagi ilojsiz qo‘yilgan miqdorlari keltirilgan, mg/m3:
Ammiak 20 Sulfat kislotasi 1
Aseton 200 Xlorid kislotasi 5
Benzin 300 Uglevodorodlar 300
Yem-xashak achitqisi 6 Formalin (formal-
|
Natriy gidroksid 0,5 degid bo‘yicha) 0,5
Metil spirti 5 CCl4 20
Azot oksidi 5 Etil spirti 1000
|
Havo almashtirishni takrorlash soni bunday xonalarda olib borilayotgan jarayonlarga bog‘liqdir. Demak, toza kulturalar bo‘limi uchun havo almashtirishni takrorlash soni 3 ga teng, lekin azot kislotasi haydovchi nasoslar o‘rnatilgan xonalar uchun 12 ga tengdir. Ish joylarida 12.1.005-76 GOST "Ish zonasi havosi. Umumiy sanitar-gigiyenik talablar"ga binoan xavo tarkibi muntazam nazorat qilinadi.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish javobgarligi bevosita bo‘linmalarning (sex, uchastka, laboratoriya boshliqlari) rahbarlariga yuklatiladi va butun korxona uchun javobgarlikni direktor va bosh muxandis o‘z zimmalariga oladilar.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir ishchi texnika xavfsizligi bo‘yicha instruktajdan o‘tadi. Asbob-uskunachilar, ya’ni murakkab jihozlarga xizmat ko‘rsatuvchilar maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar va shu uskunada ishlash xuquqini olish uchun imtihon topshiradilar. Bo‘linma xodimlarining texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlari muntazam ravishda tekshirilib boriladi; muntazam ravishda birlamchi o‘t o‘chirish vositalarining ahvoli tekshirilib turiladi.
Mikrobiologik sanoatning ba’zi-bir ishlab chiqarish uchastkalari ishchilari individual himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Qo‘llarini kislota, ishqor va erituvchilarning suvli eritmalarini zararli ta’siridan himoya qilish uchun qo‘lqop va himoya surtmalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ishlab chiqarishning achituvchi-qichituvchi (xlor, ammiak va boshqalar) moddalar bilan aloqada ishlashga to‘g‘ri keladigan uchastkalarida har xil himoya ko‘zoynaklaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish zararlaridan himoyalanadigan laboratoriya va sex ishchilari maxsus kiyim va poyafzal bilan ta’minlanadi.
Mikrobiologik sanoat korxonasining har bir ishchisi ishlab chiqarishning o‘ziga xosligini yaxshi bilmogi, texnika xavfsizlik qoidalarini va shaxsiy sanitariya gigiyenasini so‘zsiz bajarmog‘i kerak. Individual himoyalanish vositalaridan foydalanish, ishdan keyingi iliq dush, ish kiyimlarining changini qoqish va sterlizasiya qilish, qo‘l yuvish va ovqatlanishdan oldin og‘izni chayqash, qo‘yingki eng oddiy va zarur profilaktika choralari har bir mikrobiologik sanoatda ishlovchi ishchiga odat tusiga aylanishi kerak.
Mikrobiologik sanoat korxonalaridagi eng muhim tadbir, bu hamma ishchilarni muntazam profilaktika tibbiy kurikdan o‘tkazishdir va bu tadbir yuzaga kelgan kasallikni o‘z vaqtida ogoxlantirish uchun xizmat qiladi.
|
| |