• Ma’lumotlar bet I Fanning oʻquv dasturi
  • OʻUMning elektron varyanti 468
  • III.1. Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari 1-ma’ruza: Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari. Reja
  • Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar
  • Kelishildi: Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi, dotsent




    Download 3.04 Mb.
    bet2/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    Kelishildi:


    Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi, dotsent____________R.F.Roʻziqulov

    M U N D A R I J A





    Ma’lumotlar

    bet

    I

    Fanning oʻquv dasturi

    4

    II

    Fanning ishchi oʻquv dasturi

    5

    III

    Fanning asosiy oʻquv materiallari:

    6

    3.1

    Ma’ruza mashgʻulotlari uchun oʻquv materiallari

    6

    3.2

    Amaliy mashgʻulotlar uchun oʻquv materiallari

    131

    3.3

    Laboratoriya mashgʻulotlari uchun oʻquv materiallari

    -

    3.4

    Mustaqil ta’lim boʻyicha oʻquv materiallari

    247

    3.5

    Fan boʻyicha glossariy (oʻzbek, rus, ingliz tillarida)

    249

    IV

    Fan boʻyicha oʻtkaziladigan attestatsiyalar uchun savollar:

    275

    4.1

    1 OB uchun ooʻz aki savollar (120 ta)

    275

    4.2

    2 OB uchun ooʻz aki savollar (120 ta)

    279

    4.3

    YaB uchun ooʻz aki savollar (300 ta)

    284

    4.4

    1 OB uchun yozma ish savollari (150 ta)

    296

    4.5

    2 OBuchun yozma ish savollari (150 ta)

    302

    4.6

    YaB uchun yozma ish savollari (500 ta)

    308

    4.7

    1 OB uchun test savollari (200 ta)

    327

    4.8

    2 OB uchun test savollari (200 ta)

    352

    4.9

    YaB uchun test savollari (500 ta)

    376

    V

    Fan boʻyicha baholash me’zonlari

    437

    VI

    Fan boʻyicha tarqatma materiallar

    438

    VII

    OʻUMning elektron varyanti

    468












    I.Fanning o‘quv dasturi

    II.Fanning ishchi dasturi

    III. Fanning asosiy o‘quv materiallari
    III.1. Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari
    1-ma’ruza: Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari.
    Reja:
    1. Biotexnologiya va bioinjeneriya fanining paydo boʻlishi rivojlanish tarixi.
    2. Bioxavfsizlik haqida tushuncha.
    3.Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari.
    Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar: biotexnologiya, bioxavfsizlik, bioinjeneriya, Oʻzbekistonda biotexnologiya fani yutuqlari.
    Maruza mavzusi bayoni.
    Biotexnologiya va uning fundamental, strategik yadrosi boʻlgan biomuxandislik (bioinjeneriya) tirik organizmlarning asosiy xususiyatlari avloddan-avlodga oʻtish, oʻzgaruvchanlik, moslashuvchanlik, chidamlilik, energiya va massa almashinuvi, hosildorlik va sifat singari xususiyatlarini hosil boʻlish mexanizmlarini oʻrganadi va shu mexanizmlarga tayanib ish tutadi. Biologik obyektlarni xususiyatlarini oʻzgartirish maqsadida ularni genetik tuzilishiga tashqaridan “ta’sir koʻrsatish”, ularni modifikasiya qilish yoʻlidagi harakatlar obyektlarning tuzilishi va asosiy vazifalarini (funksiyalarini) qayta qurilishiga olib keladi. BundAay oʻzgarishlar oldindan bashorat qilib boʻlmaydigan voqealarga sabab boʻlishi mumkinligi, koʻpchilik insonlarni tashvishga solib kelmoqda.
    Tabiatni, qolaversa, insoniyatning har xil genetik oʻzgartirilgan, oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan himoya qiluvchilar harakati yildan-yilga koʻpayib (kuchayib) borishi biotexnologiyaning, ayniqsa, uning strategik yadrosi boʻlgan biomuxandislik fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi, iqtisodiy zararga olib kelishi mumkin.
    Biotexnologiya va biomuxandislik fani erishgan yutuqlarni hamda XXI asrda amalga oshirilishi lozim boʻlgan loyihalarni bu yoʻnalishda sodir boʻladigan hatti-harakatlarni qiyosiy oʻrganish natijasida dunyoning koʻpchilik olimlari ilmiy va iqtisodiy asoslangan, real voqeylikka ega boʻlgan ishonch bilan, biotexnologiya - bu XXI asrda rivojlanishi zarur boʻlgan, insoniyat uchun xizmat qiladigan asosiy fanlardan biri ekanligini xitob qilmoqdalar.
    Bu haqda zamonaviy biotexnologiya va biomuxandislik fanlari paydo boʻlgandan beri oʻtgan yarim asr davomida erishilgan yutuqlar ham guvohlik berib turibdi. Shunday ekan, bundan keyin biotexnologiya va biomuxandislikni rivojlantirish hamda bu rivojlanish natijasida insoniyat va atrof-muhit uchun xavf tugʻilmasligiga qanday ilmiy asoslar bor?
    1960-1970 yillarda gen va hujayra injeneriyasi, hujayra biologiyasi va kimyosi, oqsil va fermentlar injeneriyasi, texnikaviy mikrobiologiya hamda texnikaviy bioximiya yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli paydo boʻlishi bilan biotexnologiya paydo boʻla boshlagan. Lekin biologik usulda ishlab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan bizga ma’lum. Masalan, non, vino, sut mahsulotlari, pish­loq ishlab chiqarish, bijgʻitish. Тibbiyotda ishlatiladigan dori­larni ishlab chiqarish usullariga qaraganda energiya xom ashyoni koʻp talab qilmaydi. Bu usulning yana bir qulaylik tomoni shundaki, bu jarayon natijasida hosil boʻlgan chiqindilar kam va ular albatta yana bir boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Biotexnologiya key­ingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda. Shunday tarmoqlar dastlab 1976 yili Amerikada, keyinchalik esa Yevropada va Yaponiyada paydo boʻldi. Biotexnologiya jarayonlari mikrobiologiya sanoati, oʻsimlik va hayvon seleksiyasi, fermentlar ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, tibbiy dori-darmonlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi kunda biotexnologiya usullari asosida koʻplab (4500 ga yaqin) antibiotiklar olinmoqda.
    Molekulyar biologiya va genetika biotexnologiyaning nazariy asosi hisoblanadi. Biotexnologiya fani yoʻnalishlariga gen, hujayra va fermentlar injenerligi, texnologik bioenergetika, membrana texnologiyasi, immunobiotexnologiya, ekologik biotexnologiya kabi boʻlimlar kiradi. Shu yoʻnalishlar yordamida hozirgi paytda seleksiya va urugʻchilik, oʻsimlikshunoslik va chorvachilikdagi dolzarb muammolar hal qilinmoqda. Jumladan veterinariya sohasida yangi preparatlar olish, toza garmonlar olish va ularni ishlatish texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Suv havzalari, tuproqni, havoni biotexnologik ob’ektlar va uslublar yordamida tozalash muammosi hal qilinmoqda.
    Yangi genetik usullarning paydo boʻlishi bilan irsiyatni organizm darajasida qayta tuzish imkoniyati tugʻildi. Yadrosiz tuxum hujayraga shu organizmning somatik hujayra yadrosini koʻchirib oʻtkazish bilan genotipi bir xil boʻlgan organizmlarni olish mumkin. Agar shu usulni sut emizuvchilarda oʻtkazilsa, juda katta amaliy foydaga erishish mumkin. Chunki qoramollar, qoʻylar va boshqa qishloq xoʻjalik hayvonlari orasida sersut, seryogʻ, serjun, goʻshtdorlari uchraydi. Jinsiy koʻpayishda bu yaxshi belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin.
    Shunday qilib, biotexnologiya fanining asosi hujayra, molekulyar biologiya va gen injenerligi hisoblanadi. Hozirgi kunda amaliyotda biotexnologiya asosida sanoat mikrobiologiyasi, mikrobiologik sintez keng koʻlamda rivojlanmoqda. Bularga antibiotiklar, muhim aminokislotalar va oʻsishni boshqaradigan biologik aktiv moddalar olish industriyasi kiradi. Lekin hozirgi vaqtgacha yuqori darajada rivojlangan organizmlar uchun molekulyar biologiya koʻzga koʻrinarli amaliy natija bera olmadi. Shu bilan birgalikda qishloq xoʻjaligining koʻpchilik sohasida, masalan oʻsimlik va hayvonlar hujayrasi texnologiyasi, mikrobiologik yoʻl bilan havodan azot olish, himoya qilish, veterinariya va ekologiya, oʻsimlik va hayvonlar ontogenezini kimiyaviy usulda (garmon yordamida) boshqarish va boshqa sohalarda ishlar olib borilmoqda. Ana shu sohalar amaliy natija berish uchun, uning quyidagi boʻlimlari yuqori darajada rivojlangan boʻlishi kerak:
    1. Oʻsimlikshunoslik, chorvachilik va veterinariya gen injenerligi.
    2. Qishloq xoʻjaligi fani va amaliyotda hujayra texnologiyasi.
    3. Chorvachilikda embrionlar transplantatsiyasi va hujayra injenerligi.
    4. Qishloq xoʻjalik mikrobiologiyasida biotexnologik yoʻnalishlar.
    5. Oʻsimliklarni oʻsishi va rivojlanishini boshqaradigan biologik aktiv moddalarni (garmonlarni) oʻrganish.
    Oʻzbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi. Bio­texnologiya Oʻzbekistonda eng kenja fanlardan boʻlib, uning ta­rixi uzoqqa bormaydi (qadimiy biotexnologlar: non yopish, qattiq tayyorlash va h.k. bundan istisno). Bu fan asosan Oʻzbekiston Fan­lar Akademiyasining mikrobiologiya institutida hamda Respub­lika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda (Yangiyoʻl biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, Qoʻqon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda. Biotexnologiya ixtisosligi boʻyicha birinchi oʻzbek akademigi A.Gʻ.Хolmurodov (1939-1996) fuzarim avlodiga mansub zamburugʻlardan NAD-koferment va vitaminlar kompleksi (V guruhga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 va h.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Akademik M.I.Mavloniy Oʻzbekistonda uchraydigan achitqi zamburugʻlarini tahlil qilib, ularni nonvoy­chilik, vinochilik va chorvachilikka qoʻl keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus hamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
    Professor Q.D.Davronov sobiq ittifoqda birinchilardan boʻlib yogʻ parchalovchi ferment-lipazani tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni koʻp shaklliligi sabablarini tahlil qila turib, har bir biotexnologiya jarayoni uchun oʻziga xos spetsifik­likka ega boʻlgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotga tasdiqlab berdi. Q.Davronov yaratgan "Yer malxami" biopreparati, azot yutuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan boʻlib, mamalakatimiz qishloq xoʻjaligida keng qoʻllanilmoqda. Bundan tashqari Q.D.Davronov raxbarligida sellyulozaligini biokarkasini (gʻoʻzapoya, somon, kanop poyasi, apelka va boshqalar, maxsus tayyorlangan bazidiomitsetlarning fermentlari ishtirokda tabiiy sellyulozaligini birikmalari parchalanishini amaliyotda koʻrsatib berildi.
    B.f.d. J.Тoshpulatov, somon va gʻoʻzapoya parchalashda "traxo­derma xarzianum" deb atalmish zamburugʻ fermentlaridan foyda­lanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiyani amaliyotga qoʻllash taklif va mulohozalarini chop etdi. J.Тoshpulatov yaratgan bu texnologiya qoʻllanilganda somonda sha­kar miqdori 6-7 % ga yetgani, unda vitaminlar, aminokislotalar boʻlganligi va shu tufayli samonni oziqa birligi oshganligi is­botlab berilgan.
    Tabiatni, qolaversa, insoniyatning har xil genetik oʻzgartirilgan, oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan himoya qiluvchilar harakati yildan-yilga koʻpayib (kuchayib) borishi biotexnologiyaning, ayniqsa, uning strategik yadrosi boʻlgan biomuxandislik fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi, iqtisodiy zararga olib kelishi mumkin.
    Biotexnologiya va biomuxandislik fani erishgan yutuqlarni hamda XXI asrda amalga oshirilishi lozim boʻlgan loyihalarni bu yoʻnalishda sodir boʻladigan hatti-harakatlarni qiyosiy oʻrganish natijasida dunyoning koʻpchilik olimlari ilmiy va iqtisodiy asoslangan, real voqeylikka ega boʻlgan ishonch bilan, biotexnologiya - bu XXI asrda rivojlanishi zarur boʻlgan, insoniyat uchun xizmat qiladigan asosiy fanlardan biri ekanligini xitob qilmoqdalar.
    Bu haqda zamonaviy biotexnologiya va biomuxandislik fanlari paydo boʻlgandan beri oʻtgan yarim asr davomida erishilgan yutuqlar ham guvohlik berib turibdi. Shunday ekan, bundan keyin biotexnologiya va biomuxandislikni rivojlantirish hamda bu rivojlanish natijasida insoniyat va atrof-muhit uchun xavf tugʻilmasligiga qanday ilmiy asoslar bor?
    1960-1970 yillarda gen va hujayra injeneriyasi, hujayra biologiyasi va kimyosi, oqsil va fermentlar injeneriyasi, texnikaviy mikrobiologiya hamda texnikaviy bioximiya yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli paydo boʻlishi bilan biotexnologiya paydo boʻla boshlagan. Lekin biologik usulda ishlab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan bizga ma’lum. Masalan, non, vino, sut mahsulotlari, pish­loq ishlab chiqarish, bijgʻitish. Тibbiyotda ishlatiladigan dori­larni ishlab chiqarish usullariga qaraganda energiya xom ashyoni koʻp talab qilmaydi. Bu usulning yana bir qulaylik tomoni shundaki, bu jarayon natijasida hosil boʻlgan chiqindilar kam va ular albatta yana bir boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Biotexnologiya key­ingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda. Shunday tarmoqlar dastlab 1976 yili Amerikada, keyinchalik esa Yevropada va Yaponiyada paydo boʻldi. Biotexnologiya jarayonlari mikrobiologiya sanoati, oʻsimlik va hayvon seleksiyasi, fermentlar ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, tibbiy dori-darmonlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi kunda biotexnologiya usullari asosida koʻplab (4500 ga yaqin) antibiotiklar olinmoqda.
    Molekulyar biologiya va genetika biotexnologiyaning nazariy asosi hisoblanadi. Biotexnologiya fani yoʻnalishlariga gen, hujayra va fermentlar injenerligi, texnologik bioenergetika, membrana texnologiyasi, immunobiotexnologiya, ekologik biotexnologiya kabi boʻlimlar kiradi. Shu yoʻnalishlar yordamida hozirgi paytda seleksiya va urugʻchilik, oʻsimlikshunoslik va chorvachilikdagi dolzarb muammolar hal qilinmoqda. Jumladan veterinariya sohasida yangi preparatlar olish, toza garmonlar olish va ularni ishlatish texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Suv havzalari, tuproqni, havoni biotexnologik ob’ektlar va uslublar yordamida tozalash muammosi hal qilinmoqda.
    Yangi genetik usullarning paydo boʻlishi bilan irsiyatni organizm darajasida qayta tuzish imkoniyati tugʻildi. Yadrosiz tuxum hujayraga shu organizmning somatik hujayra yadrosini koʻchirib oʻtkazish bilan genotipi bir xil boʻlgan organizmlarni olish mumkin. Agar shu usulni sut emizuvchilarda oʻtkazilsa, juda katta amaliy foydaga erishish mumkin. Chunki qoramollar, qoʻylar va boshqa qishloq xoʻjalik hayvonlari orasida sersut, seryogʻ, serjun, goʻshtdorlari uchraydi. Jinsiy koʻpayishda bu yaxshi belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin.
    Shunday qilib, biotexnologiya fanining asosi hujayra, molekulyar biologiya va gen injenerligi hisoblanadi. Hozirgi kunda amaliyotda biotexnologiya asosida sanoat mikrobiologiyasi, mikrobiologik sintez keng koʻlamda rivojlanmoqda. Bularga antibiotiklar, muhim aminokislotalar va oʻsishni boshqaradigan biologik aktiv moddalar olish industriyasi kiradi. Lekin hozirgi vaqtgacha yuqori darajada rivojlangan organizmlar uchun molekulyar biologiya koʻzga koʻrinarli amaliy natija bera olmadi.
    Oʻzbek olimlaridan M.M.Murodov, Т.Yu.Yusupov, Т.GʻGʻulomova, A.Ergashev, A.I.Nuriddinov, Z.R.Axmedova, S.M.Хodjiboyeva, Z.F.Ismoilov, I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda bio­texnologiyaning rivoj­lantirish ustida chuqur ilmiy va amaliy ishlar olib bormoqdalar.
    Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfni kamaytirish bilan bogʻliq tushunchalardan biri bu Ekologik xavfsizlik. Bu oʻzimizni atrof-muhit duch keladigan tahdidlardan himoya qilishning bir usuli va odamlarni yashash uchun butun atrof-muhitga qaram qilib qoʻyadi. Atrof-muhit xavfsizligi shaharlarni, mamlakatlarni, kompaniyalarni va umuman jamiyatni rivojlantirishning juda muhim yoʻnalishiga aylandi. Atrof-muhit xavfsizligi gʻoyasi, uning kontseptsiyasini tinglash bilan, oʻzingizni ekologik xavf-xatarlardan qanday himoya qila olishingizga bogʻliq. Soʻnggi asrlarda bizning geosiyosiy hayot tarzimiz tubdan oʻzgardi. Tarixiy jihatdan, odamlar duch keladigan xavflardan biri bu qurolli toʻqnashuvlarda oʻzlarining harbiy siyosati edi. Biroq, bugungi kunda bizning dushmanimiz oʻzgargan. Endi ular biz duch keladigan va bu muammolarni hal qilish uchun birlashishimiz kerak boʻlgan global muammolardir. Yangi ekologik muammolarning paydo boʻlishi biz ularga qarshi kurashish uchun yangi texnologik ishlanmalarga ega boʻlishimiz kerakligini anglatadi. Shuning uchun ekologik xavfsizlik global muammoni himoya qilishning bir qismi sifatida qaraladi. Unga har ikkala institutsional darajadagi qulay xalqaro yondashuv yaqinlashadi. Har bir mamlakatda ekologik xavfsizlik boʻyicha oʻz milliy siyosati mavjud. Bu har bir mamlakatda alohida rivojlanish uchun yopishib qolishi muqarrar, chunki bu istiqbolga bogʻliq. Harbiy xavfsizlik keng qamrovli qarashga yoʻl ochadigan joylar mavjud, bu ekologik xavfsizlikka boʻlgan ehtiyoj bilan birga oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy beqarorlik, qashshoqlik va boshqalar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga harakat qiladi. Ijtimoiy, insoniy, iqtisodiy va atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan sanalarni keltirish biroz murakkab. Biroq, Shuni aniq aytish mumkinki, 20-asrning XNUMX-yillaridan boshlab ular ekologik ong va ekologik harakatning birinchi paydo boʻlishi edi. Atrof-muhit tarixidagi muhim moment 80-yillarda boʻlib, aynan shu erda ekologik xavfsizlik gʻoyasi, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy va insoniy unsurlar keng ommalasha boshladi. Keyinchalik, 90-yillarda FAO inson huquqlari kontseptsiyasining keng doirasi sifatida "inson xavfsizligi huquqlari" tushunchasini birinchi boʻlib kiritdi. Boshqacha qilib aytganda, insonlar oʻzaro uygʻunlikda yashashlari mumkin boʻlgan sogʻlom muhitga ega. a bundan oldin aytib oʻtganimizdek, ekologik xavfsizlik biz joylashgan davlatlarga va ularning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik rejimiga bogʻliq. Har bir aniq vaziyatda biz tahlil qilinishi kerak boʻlgan va farqlovchi xususiyatlar mavjud boʻlgan cheksiz omillarni topishimiz mumkin. Biz Oʻrta er dengizi atrof-muhit xavfsizligi haqida gaplashamiz, chunki bu bizni qiziqtiradi. Ushbu turdagi ekologik xavfsizlik masalalarida:

    • Oʻrta er dengizi choʻllanishi: insonlarning barcha tabiiy hududlarni urbanizatsiya qilish harakati tufayli. Oʻsimliklar qatlami vayron boʻlganligi sababli tuproq eroziyasi tezligi oshadi va qurgʻoqchilikka qoʻshilib, choʻllanish va biologik xilma-xillikni yoʻqotishiga olib keladi. Choʻllanish muammosi tobora oʻsib bormoqda.

    • Iqlim oʻzgarishini oldindan koʻrish. Iqlim oʻzgarishi asosan butun Iberiya yarim oroliga ta’sir qiladi. Biz iqlim oʻzgarishi ta’siriga nisbatan geografik jihatdan zaif hududmiz. Bizga eng koʻp hujum qiladigan elementlar - qurgʻoqchilik, haroratning koʻtarilishi va eroziya.

    • Turlarning yoʻq boʻlib ketishi. Oʻrta er dengizi mintaqasining ekologik xavfsizligini hisobga olishning yana bir jihati. Choʻllanish tufayli koʻp miqdordagi biologik xilma-xillik va tabiiy ekotizimlar yoʻqoladi. Bu koʻplab turlarning yoʻq boʻlib ketishiga olib keladi va boshqalarni yoʻq boʻlish xavfiga olib keladi.

    • Haddan tashqari baliq ovlash: baliq ovlash darajasi turning qayta tiklanishidan kattaroqdir. Bu dengizlardagi oziq-ovqat zanjiridagi nomutanosiblikka va boshqa turlarning erta yoʻq boʻlib ketishiga olib kelishi mumkin. Ular, shuningdek, tasodifan tutilgan koʻplab baliq turlariga va boshqalarga xavf tugʻdiradi.

    • Suv resurslarining etishmasligi. Iqlim oʻzgarishi ta’sirida hisobga olinadigan jihat. Qurgʻoqchilik - bu Iberiya yarim orolida chastotasi va intensivligining oshishi bilan yuzaga keladigan meteorologik hodisa.

    • Oʻrmon yongʻinlari. Umumiy darajadagi oʻrtacha harorat yuqori boʻlganligi sababli, biz oʻrmon yongʻinlarining intensivligi va chastotasiga ega boʻlishimiz mumkin. Bunga qurgʻoqchilik va issiqlik toʻlqinlari vaqtlari qoʻshiladi. Oʻrmon yongʻinlari nafaqat ekotizimlarning sifatini yoʻq qiladi, balki biologik xilma-xillikni kamaytiradi. Bu turlarning yoʻq boʻlishining yana bir natijasidir.

    • Issiqlik toʻlqinlari. Ushbu hodisa oʻrtacha haroratning oshishi bilan bogʻliq.

    • Surunkali qurgʻoqchilik. Ular yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik darajasi pastligi bilan bogʻliq.


    Download 3.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kelishildi: Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi, dotsent

    Download 3.04 Mb.