Xalqaro loyihalar va tashabbuslar




Download 3.04 Mb.
bet25/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
Xalqaro loyihalar va tashabbuslar. Nanomateriallardan foydalanishni biologik xavfsizlik boʻyicha ishlarni, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish (OESR) Tashkiloti huzurida tashkil qilingan sanoat materiallari boʻyicha ishchi guruh koordinatsiya qiladi. Nanomateriallarni potensial xavfini aniqlash boʻyicha yaratilgan davlatlararo dasturni bajarishda 20 dan koʻproq mamlakatlar ishtirok etadi. Mana shu dastur doirasida nanomateriallarni atrof muhitdagi miqdori, ularni tirik organizmlar uchun potensial toksinligi monitoring qilinadi.
Xullas, nanosanoat bilan shugʻullanadigan mamlakatlarda nanotexnologiyalarni, nanomateriallarni har xil turlarini xavfsizligiga, ularni toksinlik xususiyatlariga katta e’tibor bilan qaraladi. AQSH, Yaponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda bu muammoga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar oʻtkazilib turiladi.
Masalan, “Rusnanotech 2010” deb atalgan III – Xalqaro forumda maxsus “Nanosanoat va nanotexnologiyalarning mahsulotlarini inson salomatligiga xavfsizligi” seksiyasi faoliyat koʻrsatgan. Bu seksiya ishida davlat tashkilotlarini, ilmiy tashkilotlar va biznesni Rossiyalik, Yevropa mamlakatlari va AQSHdan kelgan vakillari ishtirok etganlar. Nanosanoat va nanotexnologiya mahsulotlarini inson salomatligiga xavfsizligini ta’minlash boʻyicha seksiya 1 chi navbatdagi vazifalari quyidagicha belgilagan:

  1. Nanomateriallarni xavfsizligini baholash, ularni ishlab chiqarishda va ishlatilganda xavfni baholash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish.

  2. Ishchi zonani havosi, ishlatiladigan suv va suv toʻplanadigan hovuzlarda, ozuqa mahsulotlarida, maishiy kimyo vositalarida, nanoboʻlakchalar va nanomateriallarni saqlanishini gigiyenik me’yorlarini ishlab chiqish.

  3. Havoda, suvda, tuproqda, oziq ovqat mahsulotlarida, maishiy kimyo vositalari tarkibida nanomateriallarni topish va miqdoriy aniqlashni yuqori samarador usullarini ishlab chiqish.

  4. Nanotexnologiya va nanomateriallarni xavfsizligini ta’minlash va baholash sohasida yuqori kvalifikatsiyaga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish.

  5. Nanotexnologiyalarni nazorat qilish va nanomateriallardan foydalanish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish.

  6. Nanotexnologiyalarni xavfsizligi sohasida toʻplangan ilmiy tadqiqotlarni natijalari boʻyichaxalqaro ma’lumotlar almashishni kengaytirish.

  7. Nanoxavfsizlik boʻyicha, shu jumladan nanomateriallarni xossalari va ularni biologik ta’sirini oʻrganish sohasidagi toʻplangan bilimlarni xalqaro bazasini yaratish.

Biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanishida yirik reaktorlarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni har xil manbadan iborat boʻlgan asosga fermentlar yoki mikroorganizmlar hujayralarini immobilizatsiyalangan holda joylashtirish asosida amalga oshirish ulkan imkoniyatlar yaratadi. Biotexnologik sintez jarayonlarini shu yoʻsinda tashkil qilish juda qimmatli fermentlar va mikroorganizmlarning hujayralaridan uzoq muddatlarda foydalanish hamda ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil qilish imkoniyatini beradi. Immobilizatsiyalangan fermentlardan foydalanib sanoat ishlab chiqarishi miqyosida kraxmaldan fruktozani ajratib olish yoʻlga qoʻyilgan. Hozirgi paytda ifloslangan oqova suvlarni tozalash va immobilizatsiyalangan tizimlar yordamida glyukoza va qator xoʻjalik ehtiyoji uchun zarur boʻlgan moddalarni ajratib olish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Biotexnologiyaning istiqbolli yoʻnalishlaridan yana biri gen muhandisligi asosida mikroorganizmlarning yangi shtammlari-produsentlarni yaratish va shu asosda aminokislotalar, shuningdek gormonal va boshqa biofaol preparatlarni ajratib olish muammolarini hal qilish hisoblanadi. Bu xil yoʻnalishdagi ishlarning yaqqol misoli sifatida ilk bor insulin, interferon, oʻsish gormonlari va boshqa biofaol moddalarni mikrobiologik sintez yoʻli bilan ajratib olinganligini keltirib oʻtish mumkin. Genetik muhandislik asosida genetik materialni bir xil organizmlardan, jumladan yuqori darajada taraqqiy etgan organizmlardan bir hujayrali organizmlarga koʻchirib oʻtkazish orqali amalga oshiriladigan yangi biotexnologik sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarini ochish mumkin boʻladi.
Biotexnologiyaning rivojlanishini istiqbollarida mikrobiologik oʻg‘itlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish vositalarini assortimenti tamoman yangilanadi va kengayadi, natijada yangidan yangi biopreparatlar ishlab chiqariladi hamda ulardan amaliyotda keng foydalaniladi. Yaqin kelajakda tarkibida kraxmal va sellyuloza boʻlgan mahsulotlardan va sut mahsulotlari chiqindilaridan fruktoza, galaktoza, glyukoza-fruktozali sharbatni enzimatik sanoat ishlab chiqarishi orqali ishlab chiqish yoʻlga qoʻyiladi.
Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollaridan yana bir yoʻnalishi adenozintrifosfat (ATF) ni, ya’ni tirik mavjudotlarning universal akkumulyatorini sanoat miqyosida ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu moddani sanoat miqyosida ishlab chiqarish hujayrasiz tizimlarda enzimatik sintezni amalga oshiruvchi biokimyoviy sanoat ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
Biotexnologiya kelajakda ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta’minlash, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilarini bevosita xoʻjaliklarni oʻzida yem-oziqa oqsili, yengil oʻzlashtiriladigan karbonsuvlar va hayvonlar uchun yem-oziqalarning boshqa xillarini, shuningdek ikkilamchi yoqilg‘i (biogaz), oʻg‘itlar konservantlar ishlab chiqarishni uddasidan chiqadi.

Download 3.04 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Download 3.04 Mb.