«biotexnologiya» kafedrasi




Download 3.04 Mb.
bet26/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
Biotexnologiya (bio... va yun. techne — mahorat, sanʼat, logos — soʻz, taʼlimot) — q. x., sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari majmui. Biol. va texnika imkoniyatlarini birlashtiradigan ilmiy yoʻnalish. "B." terminining vujudga kelishiga Stenford universiteti (AQSH; 1973) bir guruh olimlarining har xil xossaga ega irsiy molekulalarini biriktirib rekombinant DNK (istalgan organizmdan ajratilgan DNKning ikki yoki undan ortiq qismlarini in vitro sharoitida birikishidan vujudga kelgan hosila) olishi sabab boʻldi. Shundan keyin biol. fani yutukdaridan kelib chiquvchi, yaʼni tirik organizmlar hayot faoliyatida ishtirok etadigan barcha kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarni oʻrganish natijalari tatbiq etilgan texnologik jarayonlarni ifodalashda "B." terminidan foydalanila boshlandi. B. mikrobiologiya, biokimyo, bioorganik kimyo, molekulyar biologiya, fiziologiya, genetika, molekulyar genetika, genetik injeneriya va boshqa yutugʻiga asoslanadi. B.ning mikrobiologik B., membranalar B.si, immobillashgan fermentlar B.si, xujayra B.si, gen va xujayra injeneriyasi B.si kabi sohalari mavjud.
Mikrobiologik B. mikroorganizmlar hayot faoliyatidagi jarayonlarga asoslangan boʻlib, bu sohada fermentli preparatlar, antibiotiklar, aminokislotalar, gormonlar, oqsil moddalari va xalq xoʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur metabolitlar sintez qilinadi. Mac, Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya institutida mikrobiologik B. asosida oʻsimlik chiqindilari (gʻoʻzapoya, changʻaloq, somon va chiqindilar)dan chorva mollari uchun ozuqa tayyorlashga erishildi; ayrim mamlakatlar (Braziliya)da maxsus mikroblar vositasida sellyulozadan qand yoki spirt olish, mol goʻngidan metan gazi olish B.si (ayniqsa, Xitoy, Braziliya va Yevropa mamlakatlarida) juda yuqori iqtisodiy samara bermoqda.
Membranalar va immobillashgan fermentlar B.si vositasida xilmaxil jarayonlarni oʻlchash va nazorat qilish uskunalari ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, fermentlar imobillashganda (biror bir sathga kimyoviy biriktirilganda) ularning aktivligi ortib, funksional holati bir qadar muddatga uzayadi. Bundan foydalanib biotexnologik jarayonlar (mas, membranalar oʻtkazuvchanligini boshqarish usuli, fermentlarni mobillash va boshqalar) yaratilgan. Bu sohada OʻzMU biol. va kimyo fakulteti (B. O. Toshmuhamedov, O. K. Toshmuhamedova, A. I. Gagelgans, M. M. Rahimov va boshqalar)ning hissasi katta.
Xujayra B.si oʻsimlik, hayvon va odam xujayralarining sunʼiy sharoitda oʻsishi hamda koʻpayishi mikroorganizmlarnikiga oʻxshashligiga asoslangan. Odam va hayvon xujayralarini sunʼiy oʻstirish nodir biologik preparatlar, antitelalar va oqsil gormonlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini berdi. Oʻsimlik, hayvon va odam kasalliklarini aniqlash uchun monoklonal antitelalar (boshlangʻich birgina xujayra avlodlari ishlab chiqaradigan antitelalar) asosida oʻta sezuvchan diagnostik vositalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti krshidagi "Radiopreparat" korxonasida va OʻzR Sogʻliqni saklash vazirligining Onkologiya va radiologiya institutida rak kasalligining ayrim turlarini oddindan aniklaydigan biotexnologik vositalar ishlab chiqarilmoqda.

Download 3.04 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Download 3.04 Mb.