|
Takrorlash uchun savollar
|
bet | 29/109 | Sana | 22.02.2023 | Hajmi | 3.04 Mb. | | #43169 |
Bog'liq Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft WordTakrorlash uchun savollar:
Nanotexnologiya deganda qanday tushunchalarga egasiz?
Nanostrukturalarni izohlab bering?
Nanobo‘lakchalarga izoh bering?
Genetik xavf haqida nimalarni bilasiz?
3.2. Amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari
1-mavzu: Dori-darmonlar, vaksinalar, diagnostika preparatlari
Mashg‘ulotning maqsadi: Soʻnggi oʻn yilliklar davomida biologiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi biotexnologiyaning an’anaviy yoʻnalishlariga, texnik mikrobiologiya va texnik biokimyo yoʻnalishlariga yangiliklarni kiritibgina qolmay, balki genetik va hujayraviy muhandislik kabi yangi istiqbolli yoʻnalishlarni maydonga keltirdi. Endilikda biotexnologiya moddiy resurslar, energiya ta’minoti va atrof-muhit muhofazasi muammolarini sanoat ishlab chiqarishi miqyosida ilmiy asoslangan tarzda hal qilish masalalarini yechishga qodir boʻlib bormoqda
Dori-darmonlar, vaksinalar, diagnostika preparatlari mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
Biologiya va tibbiyotni rivojlanishi, bu sohadagi tadqiqot usullarini kuzatish usullaridan sekin-asta molekulyar va atom darajasidagi usullarga oʻtib borishi bilan tavsiflanadi. Nanobiotexnologiya usullarini tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishi, tibbiyotda yangi yoʻnalish-“nanomeditsina” yoʻnalishini paydo boʻlishiga olib keldi. Nanomeditsina kasalliklarga diagnoz qoʻyish va ularni davolashni molekulyar darajada bajarishni taqozo qiladi. Nanomeditsinani usullari har xil nanoboʻlakchalardan ehtiyojli hujayralarga dori moddalarni va DNK fragmentlarini manzilga yetkazish maqsadida foydalanishni oʻz oldiga qoʻyadi.
Nanotexnologiyalar kerakli preparatni nafaqat hujayraga, balki uni ma’lum qismiga (organoidlariga) ham yetkazib bera oladi. Yangi usullar preparatlarning ta’sir davrini choʻzish va ularni ikkinchi darajali ta’sirini ancha pasaytirish imkonini ham beradi.
Nanotexnologiyalar kasalliklarga diagnoz qoʻyish usullarini mukammallashtiradi. Nanoboʻlakchalardan foydalanish tirik organizmda rak va boshqa kasal hujayralarni axtarib topish imkonini beradi va nanotexnologiyalarning sezgirligini oshishiga olib keladi.
Nanomeditsinani asosiy yoʻnalishlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
* faol dorivor moddalarni manzilga yetkazish;
* nanometr darajasidagi yangi usullar va davolash vositalarini yaratish;
* tirik organizmda va laboratoriya sharoitida (in vivo va in vitro) nanodiagnostika;
* toʻqima injeneriyasi;
* tibbiyot implantlari.
Dori qabul qilishni bugungi kunda ishlatiladigan usullari quyidagi kamchiliklarga ega:
Organizmga nazariy zarur boʻlganidan 10-100 marta koʻproq dori dozasi yuboriladi. Bunga sabab, dorini butun organizm organlari boʻylab tarqalishi va ehtiyojli organga juda kam miqdorda yetib borishi.
Organda ehtiyoj boʻlgan dorini konsentratsiyasi kam boʻlganligi va u organizmdan tez chiqib ketishi hisobiga dorini tez-tez qabul qilishga toʻgʻri kelishi.
Organizmga kiritilgan dori butun organizmga ta’sir etishi, uning (organizm) funksiyasini buzishi va natijada “qoʻshimcha”, keraksiz samaraning paydo boʻlishi.
Koʻplab dorilarni suvda yomon erishi tufayli ularni organizmga kiritish hamda organ-nishon yetarli miqdorda yetkazib berishda muammolarning paydo boʻlishi.
Buning uchun dorilarni kerakli, ya’ni ehtiyojli manzilga yetkazishni yoʻlga qoʻyish kerak. Ammo barcha tirik hujayralar tashqaridan kirib keladigan “kuch”lardan, shu jumladan dorilardan ham tabiiy toʻsiqlar yordamida himoyalangan. Shuning uchun, hujayrani tabiiy toʻsiqlardan yoʻl ochishi uchun tadqiqotchilar zabardast tabiat bilan kurashga tushadi. Nanoboʻlakchalarni mana shu xususiyatlari nanooʻlchamdagi dorivor moddalar yaratish imkonini berdi.
Bunday vositalarni yaratish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur:
Dorivor moddalarni vaqtidan oldin parchalanishidan himoya qilish;
Suvda erimaydigan moddalarni organizmga soʻrilish darajasini koʻpaytirish;
Har xil darajada organizmdagi biologik toʻsiqlarni oʻtish;
Dorivor moddalarni manzilga yetkazilishini amalga oshirish.
Vaksinatsiya (emlash) – bu sun’iy immunitet hosil qilish bgʻlib, organizmga patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini yuborgandan keyin unga qarshi maxsus antitelo ishlab chiqariladi.
Vaksinatsiya profilaktika maqsadida va davolash maqsadida gʻtkaziladi. Vaksina, patogen mikroorganizmlarning tirik, lekin kuchsiz shtammlaridan tayyorlansa, samarasi yaxshiroq bgʻladi (tahminan 10-15 %), gʻlgan mikroorganizmlar shtammlardan tayyorlangan vaksinalar organizmda uzoq muddat immunitet hosil qilishini talab qiladi. Hozirgi zamonaviy tibbiyotda ikkala turdagi vaksinalar ham gʻtkaziladi, ayniqsa noaktiv (gʻlgan mikroorganizmlar) vaksina maktab yoshigacha bgʻlgan bolalarda koʻp qgʻllaniladi.
|
| |