• Irsiy kasalliklar
  • «biotexnologiya» kafedrasi




    Download 3.04 Mb.
    bet31/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    Reproduktiv salomatlik –  bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bogʻliq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yoqligi 
    bolibgina qolmay, balki тoʻliq jismoniy,aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir. 
    Reproduktiv huquq – bu barcha er xotin juftliklar va alohida shaxslarning bolalar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tugʻilish vaqti haqida erkin hamda toʻliq ma’suliyat hisi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart boʻlgan ma’lumot va vositalarga ega boʻlishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish. Ohirgi yillarda “Reproduktiv salomatlik va huquq” konsepsiyasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu konsepsiya onalik va bolalikni muhofaza qilishga katta e’tibor beradi.
    1) Reproduktiv salomatlik konsepsiyasini rivojlanishi 1990-yil Fathalla tushunchasi (inson reproduksiyasi taraqqiyogʻti tekshirish maxsus dasturining raxbari). Reproduktiv salomatlik nafaqat reproduktiv davrida kasallik va patologiyalarniboʻlmasligi, balkijismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatnitoʻliqligidir. 1992-yil Oilaniejalashtirish halqaro federatsiyasifaoliyati reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan. 1993yil Akusherginekologlarning halqaro kongressireproduktiv salomatlikning 4 ta asosiy elementini belgiladi: 
    1. Homiladorlikdan saqlanishninazorat qilish. Nafaqat homiladorlikdan saqlanish, balki bepushtlikni davolash ham zarur. 
    2. Har bir ayol bexatar homiladorlik va tugʻish huquqiga ega. 
    3. Barcha yangi tugʻilgan chaqaloqlar solom va baquvvat bgʻlishlari kerak. 
    4. Jinsiy infeksiyalardan xalos bgʻlish kerak.
    Irsiy kasalliklar - genetik informatsiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo boʻlib, nasldan-naslga oʻtadi. Mutatsiyalar tashqi muhit omillari (ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm va hujayralardagi salbiy taʼsirlar oqibatida roʻy berishi mumkin.
    I. k. asosan, klinikgenealogik usul bilan oʻrganiladi, bunda avlodlar shajarasi tuziladi. Bu usul yordamida I. k. (autosomdominant, autosom-retsessiv va jins bilan bogʻliq kasalliklar)ning turli yoʻllar bilan nasldannaslga utishi aniqlanadi. Autosomdominant kasalliklarda, kasallik autosomada joylashgan dominant genlar orqali nazorat qilinadi. Bunda kasallik har avlodda 50% dan ortiq hollarda uchraydi. Braxidaktiliya, araxnodaktiliya, retinoblastoma, psoriaznnng maʼlum bir turlari va b. shu yoʻl bilan nasldannaslga oʻtadi.
    Autosom-retsessiv I.k. da patologik retsessiv genlar ota-onada boʻlsa, kasal bola tugʻilish ehtimoli bor, shuning uchun bu kasalliklar har avlodda uchramaydi. Lekin, bu ehtimollik oʻzgargan gen tutuvchi yaqin qarindoshlar oʻrtasida oila qurilganda oshadi. Bularga fenilketonuriya, mi-okloniya, epilepsiya, oligofreniyaiknt maʼlum bir turlari va b. misol boʻla oladi. Maʼlum bir autosomdominant va autosom-retsessiv I. k. (mas, dalto-nizmnit maʼlum bir turi, gemofiliya A, sideroaxrestik anemiya va b.) jins bilan bogʻliq holda nasldannaslga oʻtadi.Irsiy belgilarning ayrim xususiyatlarini oʻrganishda egizaklar usulidan ham foydalaniladi. Maʼlumki, egizaklar bir tuxumli yoki ikki tuxumli boʻladi. Bir tuxumli egizaklar genotip va tashqi koʻrinishlarining bir xilligi (fenotip) hamda bir jinsga mansubligi bilan tavsiflanadi. Ikki tuxumli egizaklar genotipi har xil va bir-biridan tashqi koʻrinishi, jinsi bilan farq qiladi. Egizaklar usuli ayrim kasalliklarning nasldannaslga oʻtish qonuniyatlarini oʻrganib kolmay, organizmning ayrim I. k. ga moyilligini ham aniqlash imkonini beradi.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




    Download 3.04 Mb.