|
-mavzu: Oʻsimliklar va hayvonlarni himoya qilish vositalari, biologik oʻgʻitlar
|
bet | 35/109 | Sana | 22.02.2023 | Hajmi | 3.04 Mb. | | #43169 |
Bog'liq Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word5-mavzu: Oʻsimliklar va hayvonlarni himoya qilish vositalari, biologik oʻgʻitlar
Mashg‘ulotning maqsadi:Oʻsimliklarni har xil kasalliklardan muhofaza qilishga oid antibiotiklardan tashqari mikrobiologik ishlab chiqarish sanoati patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, mikroskopik zamburug‘lar va viruslar) asosida zararli hashoratlarga qarshi kurashda foydalaniladigan preparatlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyildi.
Oʻsimliklar va hayvonlarni himoya qilish vositalari, biologik oʻgʻitlar mavzusidan uslubiy koʻrsatma
Jahonda har yili zararkunanda-hashoratlar tomonidan qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga 100 mlrd.dollar zarar yetkaziladi. Zararkunanda-hashoratlarning har xil ximikatlarga nisbatan chidamliligi oshib borayotgani uchun ularga qarshi samarali kurash choralarini qidirish talab qilinaboshlandi. Hozirgi kunda dunyoning har xil mamlakatlarida 30 dan ziyod biologik entopatogen preparatlar ishlab chiqariladi. Ular zararkunanda hashoratlarning ayrim turlariga nisbatan maxsus ta’sir koʻrsatish qobiliyatiga ega boʻlib, odamlar, issiqqonli hayvonlar, qushlar va foydali hashoratlar uchun beziyon preparatlar hisoblanadi. Mikroorganizmlar negizida olinadigan entomopatogen preparatlar tabiiy sharoitlarda ishlab chiqilganligi va yana qaytadan tabiiy sharoitlarga mikrob patogen sifatida qaytarilganligi sababli biosenozlarda noqulay oʻzgarishlarni yuzaga chiqarmaydi hamda xududning ekologik holatini ham izdan chiqarmaydi. Bu narsa ularni an’anaviy ishlatilib kelinayotgan kimyoviy insektisidlardan istiqbolli ekanligini isbotlaydi. Mikrobiologik sanoat ishlab chiqarishi tomonidan ishlab chiqariladigan entomopatogen preparatlarni uch guruhga boʻlish mumkin:
1. Bacillus thuringiensis negizida ishlab chiqariladigan - entobakterin-3,dendrobatsillin, insektin, toksobakterin.
2. Beauveria bassiana zamburug‘i negizida ishlab chiqariladigan - boverin preparati.
3. Yadro poliedrozi virusi negizida ishlab chiqariladigan - virin-ENSH, virin-EKS preparatlari.
Hamma mikrobli preparatlar namlanadigan kukun yoki pasta, ba’zan dust, granula, kapsulalashtirilgan kukun, kristall holatlarda ishlab chiqariladi.
|
| |